Sotsial psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar.
Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot holatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Diniy psixologiyani o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) din psixologiyasi differensiatsiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g)diniy rasm-rusumlar psixologiyasi; d) xurfikrlilik ta’limi psixologiyasi kabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |