Boshqaruv psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar, guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Fan psixologiyasi - ilmiy tadqiqot o‘tkazishning samaradorligini oshirish uchun psixologik ta’sir omillarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Fan psixologiyasi fanga oid boshqa sohalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarishda, ilmiy markazlarda ijtimoiy va individual xususiyatlarga ega bo‘lgan psixologik qonuniyatlarni tadqiq qiladi, insonning ijtimoiy qobiliyatlari, aqliy imkoniyatlari hamda ulardan unumli foydalanish omillarini tekshiradi. Kashfiyotlar amalga oshirilishi negizlari, mexanizmlari, shart-sharoitlari va unda inson omilining roli kabi holatlarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |