Andijon davlat tibbiyot instituti


Ichish uchun eritmalar - Solutiones ad usum internum



Download 1,43 Mb.
bet11/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

Ichish uchun eritmalar - Solutiones ad usum internum
Ichish uchun eritmalar odatda 5-15 mldan (choy, desert, osh qoshiqlarda) hamda tomchilarda buyuriladi. Ba’zida ichishdan oldin eritmalar ozroq suv bilan yoki sut bilan (moyli eritmalar) suyultirib ichiladi.
1 osh qoshiqqa 15 ml eritma sig‘adi.
1 desert qoshiqqa 10 ml eritma sig‘adi.
1 choy qoshiqqa 5 ml eritma sig‘adi.
1 ml suvli eritmada 20 tomchi bo‘ladi
1 ml spirtli eritmada 40-50 tomchi bo‘ladi
1 ml moyli eritmada 10 tomchi bo‘ladi.

Ichish uchun eritmalarga ham retsept ikki xil ko‘rinishida, kengaytirilgan va qisqartirilgan tarzda yoziladi. Kengaytirilgan ko‘rinishda eritmaning tarkibiy qismlarining nomi, miqdori, M.f. sol. keyin D.S. yoki M.D.S. bilan tugallanadi.


Misollar: Kalsiy xloridi (Calcii chloridum, Calcium chloride) eritmasini osh qoshiqlarda ichish uchun 4 kunga 4 mahaldan buyurilsin. O‘DM 1,5 g.

4 kun x 4 = 16 Rp.: Calcii chloridi 24,0 yoki Rp.: Calcii chloridi 24,0


(Calcium chloride) (Calcium chloride)
1,5 g x 16 = 24 g Aq.destill. ad 240 ml Aq.destill. ad 240 ml
(Aqua destillata) (Aqua destillata)
16 x 15 ml = 240 ml M.f. sol. M.D.S. 1 osh qoshiqdan
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga kuniga 4 mahal
4 mahaldan ichish uchun. ichish uchun.

Ichish uchun eritmalarga retseptning qisqartirilgan ko‘rinishda eritmaning konsentratsiyasi foizlarda (%) ko‘rsatilish odat tusiga kirgan. Eritmaning protsentli konsentratsiyasi quyidagicha hisoblanadi:


1,5 g -15 ml eritmada (1 osh qoshiqda) Rp.: Sol. Calcii chloridi 10% - 240 ml


X g -100 ml eritmada (Calcium chloride)
X=1,5x100/15=10 g = 10% D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga
4 mahal ichish uchun.

Retseptning qisqartirilgan ko‘rinishi, ba’zan quyidagicha yozilishi ham mumkin:


Rp.: Sol.Calcii chloridi ex 24,0-240 ml
(Calcium chloride)
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun.
Natriy bromidi (Natrii bromidum, Sodium bromide) eritmasi 4 kun mobaynida 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahaldan ichishga buyurilsin. O‘DM 45 sg.
Kengaytirilgan ko‘rinishi:
Dorining umumiy miqdori: 4 x 3 = 12 x 0,45 g = 5,4 g
Eritmaning umumiy miqdori: 4x3=12x15ml=180 ml
Rp.: Natrii bromidi 5,4 yoki Rp.: Natrii bromidi 5,4
(Sodium bromide) (Sodium bromide)
Aq.destill. ad 180 ml Aq.destill. ad 180 ml
(Aqua destillata) (Aqua destillata)
M.f. sol. M. D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun.
3 mahal ichish uchun.
Qisqartirilgan ko‘rinishi:
Eritmaning protsentli konsentratsiyasi:
0,45 g -15 ml (1 osh qoshiqda) Rp.: Sol. Natrii bromidi 3%-180 ml
X g - 100ml (Sodium bromide)
X=0,45 x100/15=3 g = 3% D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun
Ichish uchun suvli eritmani tomchilarda buyurilganda hisoblangan tomchilarni bir oz suvda, moyli eritmani bir oz sutda (1 osh qoshiqda) suyultirib ichiladi.
Misol: Atropin sulfati (Atropini sulfas, Atropine)ning 10 ml eritmasi 5 tomchidan 1 osh qoshiq suvda suyultirib, kuniga 2 mahal ichish uchun buyurilsin. O‘DM 5dmg.
Eritmaning protsentli konsentratsiyasini hisoblash uchun 5 tomchi necha ml ekanligi topiladi.
1 ml suvli eritma 20 tomchi
X ml suvli eritma 5 tomchi X =1x5/20=0,25 ml.
100 ml eritmada necha gramm borligini topsak, protsentini topgan bo‘lamiz.
0,0005 g -0,25 ml eritmada
X g - 100 ml eritmada X=0,0005x100/0,25= 0,2 g = 0,2%
Rp.: Sol.Atropini sulfatis 0,2%-10ml
(Atropine)
D.S. 5 tomchidan 1 osh qoshiq suvda suyultirib,
kuniga 2 mahal ichish uchun.

Ichish uchun ofitsinal eritmalarga suyultirilgan xlorid kislotasi - xlorid kislotaning 8,2-8,4% li suvli eritmasi (Acidum hydrochloricum dilutum), nitroglitserinning 1% li spirtli eritmasi (Sol. Nitroglycerini spirituosae 1%), validol - (mentolning izovalerian kislotasining mentil efiridagi 25-30%li eritmasi - Validolum), retinol atsetatining 3,44%; 8,6% moyli eritmalari (Sol. Retinoli acetatis oleosae 3,44%; 8,6%) va boshqalar kiradi.


Retseptlarga misollar: 10 ml suyultirilgan xlorid kislotasi (Acidum hydrochloricum dilutum, Acidum hydrochloricum dilutum)ni 5 tomchidan 1 osh qoshiq suvda suyultirib, kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Ac. hydrochlorici dilutae 10 ml
(Acidum hydrochloricum dilutum)
D.S. 10 tomchidan 1 osh qoshiq suvda suyultirib,
kuniga 3 mahal ichish uchun.
5 ml validol (Validolum, Menthol in menthylisovaleriate)ni 5 tomchidan oq qandga shimdirib, til ostiga qo‘yish uchun buyurilsin.

Rp.: Validoli 5 ml


(Menthol in menthylisovaleriane)
D.S. 5 tomchidan oq qandga shimdirib,
til ostiga qo‘yish uchun.
Agar ofitsinal eritma faqat bir xil konsentratsiyada chiqarilsa, retseptda necha protsentligi ko‘rsatilsa ham, ko‘rsatilmasa ham, bo‘laveradi. Agar bir necha konsentratsiyalarda chiqarilsa, albatta, necha protsentligi ko‘rsatilishi shart (masalan, retinol atsetatining 3,44%li va 8,6 %li moyli eritmalari chiqariladi).

Misol: 10 ml retinol atsetati (Retinoli acetas, Retinol)ning 8,6% li moyli eritmasini 1 tomchidan 1 osh qoshiq sut bilan kuniga 1 mahal ichish uchun buyurilsin.


Rp.: Sol. Retinoli acetatis oleosae 8,6%-10 ml


(Retinol)
D.S. 1 tomchidan 1 osh qoshiq sut bilan
kuniga 1 mahal ichish uchun.
Ichish uchun eritmalarni og‘iz orqali yuborishni iloji bo‘lmaganda, to‘g‘ri ichak orqali (per rectum) ya’ni klizma - huqna qilish yo‘li bilan yuborish mumkin.
Huqnalar tozalovchi, oziqlantiruvchi va davolovchilarga bo‘linadi. Tozalovchi huqnada ichak pastki qismlarini tozalash maqsadida iliq suvdan yoki ichni suruvchi moddalardan qo‘shib foydalaniladi.
Oziqlantiruvchi huqnadan bemor og‘iz orqali ovqatlanishi qiyinlashganda foydalaniladi. Oziqaviy suyuqlik (250-300 ml) 38-40oS gacha ilitib yuboriladi.
Davolovchi huqnalar bemorga ham umumiy, ham mahalliy ta’sir olish maqsadida qilinadi. Dori moddasi huqna xolatda yuborilsa jigarga bormay to‘g‘ridan to‘g‘ri pastki venaga tushib, butun organizmga tarqaladi. Davolovchi huqna tozalovchi huqnadan keyin qilinadi.
Davolovchi huqnaga retsept miqdorlanmagan va kengaytirilgan ko‘rinishda yoziladi.
Misol: 1,5 g xloral gidrati (Chloralum hydratum, Chloral hydrate), 25 mldan kraxmal shilimshig‘i (Mucilago Amyli, Amylum) va suvdan iborat miksturani kechqurun uyqudan 20 min oldin 25 mldan huqna qilish uchun buyurilsin.

Rp.: Chlorali hydrati 1,5


(Chloral hydrate)
Mucil. Amyli
(Amylum)
Aq. destill. aa 25 ml
(Aqua destillata)
M.D.S. Huqna uchun. Miksturaning yarmi (25 ml)ni uyqudan 20 min
oldin to‘g‘ri ichakka sekin yuborish uchun.

Miqdorlangan ko‘rinishda ham yozish mumkin. Misol: Barbital natriy (Barbitalum-natrium, Barbitalum-natrium)ni 3 kun huqna qilinsin. O‘DM 3 dg. 1 kukun dorini ¼ stakan qaynatilgan iliq suvda eritib, kechqurun uyqudan 30 min oldin to‘g‘ri ichakka sekin yuborilsin.


Rp.: Barbitalum-natrii 0,3


(Barbitalum-natrium)
D.t.d. N. 3
S. 1 kukun dorini ¼ stakan qaynatilgan iliq
suvda eritib, uyqudan 30 min oldin
to‘g‘ri ichakka sekin yuborish uchun.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish