Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 1,43 Mb.
bet24/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

HAR XIL DORI ShAKLLARI


Ko‘z plyonkalari - Membranulae ophthalmicae
(Ko‘z plyonkalari - bosh kelishik ko‘plikda Membranulae ophthalmicae, tushum kelishik ko‘plikda Membranulas ophthalmicas s. Lamellas)

Ko‘z plyonkalari 9 x 4,5 x 3,5 mm kattalikdagi steril polimer plyonkalar bo‘lib, o‘zida ko‘z suyuqligida eriydigan dori moddalari saqlaydi.


Germetik yopiq flakonlarda bunday plyonkalar stabilligi 1 yilgacha saqlanadi. Plyonkalar ko‘z kon’yunktivasiga qo‘yilgandan keyin ko‘z yoshi bilan tezda namlanib, sekin-asta polimer eriy boshlaydi. Kon’yunktiva ta’sirlanmaydi, ko‘rish buzilmaydi, chunki polimer eritmasi bilan ko‘z yoshi suyuqligining refraksiya koeffitsienti bir xil.
Ko‘z plyonkalari ishlatilganda dori moddaning kon’yunktiva bo‘shlig‘idagi konsentratsiyasi 24 soat va undan ortiqroq saqlanishi mumkin.
Ko‘z plyonkalarining ko‘z tomchilaridan afzalligi: dorilarni aniq me’yorlanishi (dozalanishi)ga imkon beradi, uzoq vaqt dorining terapevtik konsentratsiyasi saqlanadi, sterilligi oson saqlanadi va stabilligi kattadir.
Hozirda tibbiyot amaliyotida quyidagi ko‘z plyonkalari: pilokarpin gidroxloridi bilan (cum Pilocaropini hydrochlorido), atropin sulfati bilan (cum Atropini sulfate) (Atropine), florenal bilan (cum Florenalo), sulfapiridazin-natriy bilan (cum Sulfapyridazinum-natrio), neomitsin sulfati bilan (cum Neomycini sulfate), dikain bilan (cum Dicaino) va boshqalar ishlatiladi. Ko‘z plyonkalariga retsept qisqartirilgan ko‘rinishda yoziladi.

Misol: Pilokarpin gidroxloridi tutuvchi ko‘z plyonkasi (Mebranulae ophthalmicae cum Pilocarpini hydrochloride, Pilocarpine)dan 25 ta. 1 plyonkadan ko‘zga 1 martadan har kuni qo‘yish uchun.


Rp.: Mebranulae ophthalmicas


cum Pilocarpini hydrochlorido N.25
(Pilocarpine)
D.S. 1 plyonkadan ko‘zga 1 martadan har kuni qo‘yish uchun.


Aerosolum'>Aerozollar – Aerosola
(Aerozol - bosh kelishik birlikda – Aerosolum, tushum kelishik birlikda Aerosolum, bosh kelishik ko‘plikda – Aerosola, tushum kelishik ko‘plikda Aerosola)

Aerozollar (Aer yunoncha havo, solutio lotincha eritma) aerodispers sistemalar bo‘lib, dispers muhit sifatida havo, gaz yoki gazlar aralashmasi, dispersion faza sifatida qattiq yoki suyuq dorilarning 1 mikrometrdan bir necha o‘n mikrometrgacha bo‘lgan zarrachalaridan iboratdir.


Keyingi paytlarda aerozollar alohida ballonchalarda chiqarilib, ular klapan va purkagich qurilma bilan ta’minlangan. Ballon ichida dori preparati (eritma, emulsiya, suspenziya) va propellent (haydab, siqib chiqaruvchi) gazdan iborat. Propellent sifatida siqilgan gazlar, ko‘proq freon-12 (dixlordiftormetan) ishlatiladi. Ko‘rsatilgan aralashma ballon ichida 2-3 atmosfera bosim ostida bo‘lib, klapan 1 marta ezilganda o‘rtacha
davolash miqdor aerozol sifatida ajralib chikadi. Aerozol ballonlar ishlatishga qulay portativ, dori moddasi qurib qolmasligi va ifloslanmasligi bu dori shaklining afzalligi hisoblanadi. Tibbiyotda aerozollar ingalyatsiya uchun yoki sirtga ishlatiladi. Ingalyatsiya uchun aerozollardagi aerozol zarrachalari 0,5-10 mkm bo‘ladi. Aerozollar asosan o‘pka va yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Masalan: efatin, kamfomen, ingalipt aerozollari.
Aerozollarga retsept qisqartirilgan ko‘rinishda yoziladi. Retsept Aerosolum so‘zidan boshlanib, qanday ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Misol: 1 ta ballon kamfomen aerozoli (Aerosolum Camphomenum, Camphomenum). Sutkasiga 3 marta ingalyatsiya uchun (har bir ingalyatsiyada 3 martadan purkalsin).

Rp.: Aerosolum Camphomenum N. 1


(Camphomenum)
D.S. Sutkada 3 marta ingalyatsiya uchun
(har bir ingalyatsiyada 3 martadan purkalsin).
Sirtga ishlatiladigan aerozol ballonlar ichida eritmalar, linimentlar, ko‘pik plastik plyonka va boshqa holda bo‘ladi. Bu aerozollar dermatologiya, jarrohlik, doyalik (ginekologiya)da keng ishlatilmoqda. Masalan, kuygan joylarni va yaralarni davolash va oldini olish uchun oksitsiklozol, levovinizol, livian, tegrazol, legrazol, neogelazol va boshqalar (tarkibida antibiotiklar, antiseptik moddalar saqlaydi), og‘iz bo‘shlig‘i yalliglanishlarida Proposol aerozollaridan foydalanilmoqda.
Misol: 1 ta ballon oksitsiklozol (Oxycyclosolum, Oxycyclosolum) aerozoli. 2 kunda 1 marta terining jarohatlangan qismiga 1-3 sekund mobaynida, 20-30 sm masofadan purkash uchun.
Rp.: Aerosolum Oxycyclosolum N.1
(Oxycyclosolum)
D.S. Terining jarohatlangan qismiga 1-3 sekund mobaynida,
20-30 sm masofadan 2 kunda 1 marta purkash uchun.
3- ilovada qabul qilingan qisqartmalar:
A – «A» ro‘yxatiga kiritilgan dorilar; B – «B» ro‘yxatiga kiritilgan dorilar; g/kg – bemorning har bir kilogramm vazniga; O‘DM – o‘rtacha davolovchi miqdori; TB – ta’sir birlik; XB – xalqaro birlik; FB – fibrinolitik birlik; tab. – tabletka; qob. – qobiqli; kaps. – kapsula; er. – eritma; amp. – ampula; fl. – flakon; m/i – mushak (muskul) ichiga; v/i – vena ichiga; a/i – arteriya ichiga; t/o – teri ostiga.

Ilova № 1



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish