O‘quv-uslubiy boshqarma
boshligi: Q.M.Yusupov
Fanning ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar kiritildi.
Mustaqil ta’lim mavzulariga qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Fan bo‘yicha kurs ishlari mavzulari taqvimiy ro‘yxati kiritildi.
KIRISH
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Instrumental tahlil usullarifani farmatsiya fanlari orasida yetakchi o‘rinlardan biri bo’lib, uning maqsadi dori vositalarini tahlil qilishning instrumental usullarini talabalarga o’rgatish va o’sha asbob uskunadan foydalanish bo’yicha aniq bilim berish va ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir. Fanni o‘rganish natijasida kerakli bilim va amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan farmatsevt, MX talablari asosida dori vositasini sifatiga baxo bera olish malakasini egallashdan tashqari MX tuzish, tahlil usullari bilan solishtirish, dori vositalari tarkibidagi yot moddalarni aniqlash, dori vositalarining turg‘unligini oshirish va yaroqlilik muddatini uzaytirish masalalarini ham hal eta oladi. Dori vositalarining sifatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, ularning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi, murakkab tarkibli dori vositalari tahlilining o‘ziga xos tomonlari, qo‘llaniladigan kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarini tanlashni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
– dori moddalarning kimyoviy tuzilishi bilan uning fiziologik faolligi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini bilish;
– dori moddalarning va dori vositalarning tarkibida bo’lishi mumkin bo’lgan yot moddalar va ularning parchalanish mahsulotlarini aniqlash;
– dori vositalarining MX asosida yaratish va uni takomillashtirishhaqida tasavvurga ega bo’lishi;
– dori vositalarining tahlilini amalga oshirishning instrumental usullarini o’rganish va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarini hal eta olish;
– murakkab tuzilishga ega bo‘lgan dori moddalarni element tahlilining zamonaviy usullari asosida sifat va miqdoriy tahlilini bajara bilishi va ulardan foydalana olishi; – gomeopatik dori vositalari sifatini zamonaviy aspektda tahlil qila olish;
dorivor o‘simlik xom-ashyosi va fitopreparatlarning tahliliniamalgaoshirabilish;
– sanoatda ishlab chiqariladigan murakkab tarkibli dori vositalarining sifatini belgilash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |