Darsning maqsadi: Oyoq suyaklarining qismlari haqida to`lik ma’lumot beris va ularni o`zaro birikishini tushintirib berish.
Kerakli asboblar: tablitsa, darslik, atlas, al’bom, skelet va suyaklar.
Ishning borishi. Oyoq suyaklarining qismlarini o`quv jihozlari yor-damida o’rganish, talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish va baholash.So`ngra tala-balar Amaliy darsi davomida ko`rib tushingan suyaklarni o’lchamlarini olib al’bomga rasmini tushiradilar.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Odamning oyoq skeletiga qarab anatomik jihatdan ta’riflang. Oyoq skeleti bo`limlarini rasmini chizing. Oyoq skeletini suyaklarini o`zaro birikishi haqida gapirib bering?
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.Chanoq suyagining qismlari.
2.Kichik boldir suyagi.
3.Oyoq panjasining kaft usti suyaklari.
Amaliy № 7
Mavzu: Bosh skelet suyaklarining tuzilishi va birikishi qonuniyatlarini o`rganish.
Nazariy tushuncha. Bosh suyaklari hammasi birga qo`shilib, kalla suyagini hosil qiladi. Kalla suyaklari, pastki jag`ni aytmaganda choklar bilan bir-biriga mahkam birikkan. Ular bosh miya va ba’zi sezgi organlari o`rnashadigan joy hosil qiladi. Bundan tashqari kalla suyaklari nafas yo`li va hazm sistemasining bosh bo`limlari uchun tayanch bo`lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan kalla suyagining ikki bo`limga-miya bo`limi va yuz bo`limiga ajratish rasm bo`lgan.
Bosh skeletining miya bo`limini ikkita juft suyak – chakka va tepa suyaklar bilan to`rtta toq suyak – peshona suyagi, g`alvirsimon, ponasimon suyak va ensa suyagi hosil qiladi. Bosh skeleti yuz bo`limining suyaklari jumlasiga olti juft suyak – yuqori jag, burun suyagi, ko`z yosh suyagi, yonoq suyagi va tanglay suyagi, shuningdek pastki burun chig`anog`i va ikkita toq suyagi – pastki jag` va dimog suyagi kiradi. Til osti suyagi ham yuz suyaklari qatoriga kiradi.
Bosh skeleti miya bo`limining suyaklari quyidagilar:
Ensa suyagi shaklan yassi kosachaga o`xshaydi. Uning qismlari katta ensa teshigini cheklab turadi, bu teshik bosh skeleti bo`shlig`ini umurtqa kanali bilan birlashtiradi. O`sha teshikning oldingi tomonida ensa suyagining asosiy qismi bor, u ponasimon suyakning asosiy qismi bilan qo`shilib, nishablik hosil qiladi.
Ponasimon suyak–orqa tomonda ensa suyagi bilan oldingi tomonda peshona suyagi o`rtasida, bosh skeleti miya bo`limining asosida joylashgan ( rasm). Tana va uch juft: katta qanotlar, kichik qanotlar va qanotsimon o`siqliklardan iborat. Tanasining ichki yuzasi bukilgan bo`lib, turk egariga o`xshaydi. Unda eng muhim sekretor bez-gipofiz turadigan chizik hosil bo`ladi.
Chakka suyagi - bosh skeleti suyaklari ichida eng murakkab suyak. Bu suyak ichida eshituv va muvozanat organi joylashgan. Suyak kanallari, jumladan yuz nervi kanali bilan ichki uyqu arteriyasining kanali shuningdek eshituv nayi kanalini suyak qismi shu suyakdan o`tadi.Chakka suyagi uch qismdan: tangachasimon tog`ora va toshsimon qism yoki piramidadan tashkil topgan.Tepa suyagi – to`rt burchakli botiq suyak plastinkasi bo`lib, plastinkadan tashqari hamma chetlari tishlidir. Tashqi yuzasida tepa dumbog`i ko`tarilib turadi.
Peshona suyagi peshona tangasi, juft ko`z kosasi qismlari va burun qismidan iborat. Tangasining o`ng va chap tomonida peshona dumboqlari bulardan pastroqda esa qosh usti ravoqlari bor. Qosh usti ravoqlari tagida peshona suyagi ko`z kosasi ustidagi o`tkir qirraga aylanadi.G`alvirsimon suyak-bosh skeletining ichkarisida yotadi va burun bo`-shlig`i bilan ko`z kosalari devorlarini hosil qilishda ishtirok etadi.Shaklan kubga o`x-shab ketadi. Ustki gorizontal plastinkadan iborat, shu plastinkadan tik pastga qarab per-pendikulyar plastinka chiqadi. Perpendikulyar plastinka burun bo`shdig`i to`sig`i tar-kibiga kiradi.
Bosh skileti yuz bo`lim suyaklarini quyidagi suyaklar hosil qiladi.Pastki burun chig`anog`i - bukilgan yupqagina mustaqil suyak plastinkasi bo`lib, yuqorida aytilgan ustki va o`rta burun chig`anoqlaridan pastda burun bo`shlig`ida uning yon devorida osilib tushib turadi.Ko`z yosh suyagi-ko`z kosasining medial devorida joylashgan kichkina suyakdir, uning ko`z yoshi egatchasi va qirrasi bor. Ko`z yoshi va burun kanal va ko`z yoshi xaltachasining chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi.Burun suyagi – uzunasiga chuzilgan to`rt burchakli plastinka shaklida, o`ng va chap burun suyaklari burun ustining suyak asosini hosil qiladi.
Ustki jag`-tana va to`rtta o`simtadan tashkil topgan.Tanasining to`rtta yuzasi: ol-dingi, orqa, ko`z kosasi va burun yuzalari bor. Tanglay suyagi-to`g`ri burchak ostida joylashgan ikkita plastinkasidan:burun bo`shlig`i yon devori tarkibiga kiruvchi per-pendikulyar plastinka va qattiq tanglayning orqa qismini hosil qiluvchi gorizontal plastinkadan tashqil topgan.Yonoq suyagi – o`zining kattaroq yoki kichikroq bo`lishi bilan yuz kengligi hamda shaklini belgilab beradi.
Pastki jag` – bosh skeletining birdan bir harakatchan suyagi bo`lib, tana va undan o`tmas burchak ostida chiqadigan juft shoxlardan tashkil topgan. Shunday qilib bosh skeleti suyaklari choklar yordamida bir biriga birikadi. Bosh skeleti yuz bo`limining suyaklari tekis chetlari bilan bir biriga taqalib turib, yassi choklarni hosil qilib birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |