4.qalqonsimon-til osti mushagi (m. thyrohyoideus) qalqonsimon tog’ay qiyshiq chizig’idan boshlanib, til osti suyagi tanasi va katta shoxiga birikadi.
Faoliyati: til osti suyagi gimirlamay turganida qisqarsa, hiqildoqni yuqoriga tortadi.
Innervatsiyasi: ansa cervicalis.
Qon bilan ta’minlanishi: a.thyroidea inferior, a.cervicalis superficialis.
Bo’yinning chuqur guruh mushaklari
Bo’yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruhlarga bo’linadi. Lateral guruhga: umurtqa pog'onasining yon tomonida joylashgan oldingi, o’rta va orqa narvonsimon mushaklar kiradi. Medial guruhga umurtqa pog'onasining oldida joylashgan umurtqa oldi mushaklari: bo’yinning uzun mushagi, boshning uzun mushagi, boshning oldingi to’g’ri mushagi, boshning yon tarafdagi to’g’ri mushagi kiradi.
Lateral guruh mushaklari
Do'stlaringiz bilan baham: |