2.To’sh-til osti mushagi (m. sternohyoideus) to’sh suyagi dastasini orqa yuzasidan, o’mrov suyagining to’sh uchi va orqa to’sh o’mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagining pastki chekkasiga birikadi.
Faoliyati: til osti suyagini pastga tortadi.
Innervatsiyasi: ansa cervicalis.
Qon bilan ta’minlanishi: a.thyroidea inferior, a.cervicalis superficialis.
3.To’sh-qalqonsimon mushagi (m. sternothyroideus) to’sh suyagi dastasini orqa yuzasidan va I qovurg’a tog’ayidan boshlanib, qiqildoqning qalqonsimon tog’ayini qiyshiq chizig’iga birikadi.
Faoliyati: hiqildoqni pastga tortadi.
Innervatsiyasi: ansa cervicalis.
Qon bilan ta’minlanishi: a.thyroidea inferior, a.cervicalis superficialis.
Do'stlaringiz bilan baham: |