Yonbosh-chov nervi yuqoridagi nervga parallel yo‘naladi.
Bu nerv qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklari o‘rta-
sidan o‘tib, qorinning yon guruh mushaklarini innervatsiya qi-
ladi va chov kanaliga kiradi. Chov kanalining tashqi teshigidan
chiqqach, chov va qov sohasi, erlik olati ildizi, yorg‘oq (ayollar-
da katta uyatli lablar) terisini innerva tsiya qiladi.
4.
Son-jinsiy nervi katta bel mushagini teshib o‘tib, ikki: jin-
siy va son tarmoqlariga bo‘linadi. Jinsiy tarmog‘i chov kanali-
ga kirib erkaklarda moyakni ko‘taruvchi mushakni, moyakning
go‘shtdor pardasini va terisini hamda sonning medial yuzasi te-
risini innervatsiya qiladi. Ayollarda bachadonning yumaloq boy-
lamini, katta uyatli lab lar terisini, shuning dek, son kanali tashqi
teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Son tarmog‘i tomirlar
sohasi botig‘idan o‘tgach, son uchburchagi sohasi terisini inner-
vatsiya qiladi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |