Kasallikni oldini olish va bemorlarni davolashdagi muvaf-
faqiyat sog‘ayish mexanizmlarini to‘la-to‘kis ochish, shu mexa-
nizmlar faoliyatini kuchaytirish va kasallikni paydo qiladigan
agentlarni bartaraf etishga bog‘liqdir.
Kasallik ko‘rinishida bir-biri bilan bog‘langan patologik o‘zga-
rishlar va himoya reaksiyalarini tafovut qilmoq zarur. Organizm-
ning barcha himoya funksiyalari nerv tizimi tomonidan idora qi-
linadi. Ba’zi hollarda bu ta’sirlanishga nisbatan reflektor javob,
boshqalarda esa ancha murakkab kompleks reaksiyadir.