lashishiga ay tiladi. Odatda, gipertrofiyalangan a’zoning funksiyasi
ham kuchayadi. Gipertrofiya, ko‘pincha, ammo hamma vaqt ham
emas, kompensator mos lashish sifatida rivojlanadi. Gipertrofiya
ning o‘lchami yoki hujayralar soni ortadi (giperplaziya). Ba’zan bir
vaqt ning o‘zida ham u ham bu hol kuzatiladi. Chin gipertropiya
ning buzilishi bilan bog‘langan bo‘lishi ham mumkin. Bu, odat-
da, a’zo funksiyasining kuchayishi bilan o‘tadi. Soxta gipertropiya
o‘sib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan kattalashishiga aytiladi. A’zoning
mum kin. Masalan, falajlangan oyoq hajmining kattalashishi uning
masining zo‘r berib ko‘payishi tufayli kuzatiladi.
57
digan gipertrofiya ishchi gipertrofiya deb ataladi. Ishchi giper-
trofiya mutlaqo sog‘ lom kishilarda kuzatilishi mumkin. Bunday
hollarda uning paydo bo‘lishi patologik jarayonga bog‘liq emas.
Gav da mushaklarining bunday gipertrofiyasi jismoniy mehnat bi-
lan shug‘ullanadigan shaxslarda, sportchilarda kuzatiladi.
Patologiya sharoitida ishchi gipertrofiya qandaydir patologik
ko‘ rinish tufayli mazkur a’zoning zo‘r berib ishlashga ehtiyoj tu-
g‘ilganda kompensator jarayon sifatida rivojlanadi. Bunday giper-
trofiya kompensator gipertrofiya deb yuritiladi.
Ishchi va kompensator gipertrofiyaning ko‘p uchraydigan
ko‘rinish laridan biri yurak gipertrofiyasidir. Yurak zo‘r berib ish-
lashi natijasida har bir mushak tolasining o‘lchami ortadi va yu-
rak kattalashadi. Yurak har ikki bo‘lagining keskin gipertrofiyasi-
da yurak birnecha marta kattalashgan bo‘ladi: bunday yurak «nov-
vos» yuragi deb ataladi. Uning og‘irligi 700–900 g chap qorincha
devorining qalinligi esa 2,5–2,8 sm ga yetishi mumkin. Ishchi gi-
pertrofiya silliq mushakli a’zolarda va bezli a’zolarda ham sodir
bo‘lishi mumkin. Bir buyrak o‘sib yetilmaganda yoki patologik
jarayon bilan shikastlanganda ikkinchi buyrakning gipertrofiya-
si rivojlanadi. Yo‘q bo‘lgan a’zo yoki uning qismi funksiyasining
o‘rnini bosish bilan yuzaga kelgan gipertrofiya vikar gipertrofiya
deb ataladi. Agar miokard gipertrofiyasining rivojlanishiga olib
kelgan sabab yurak dekompensatsiyasi rivojlanishiga qadar barta-
raf etilsa, yurak o‘lchamlari va og‘irligi asta-sekin kamayib mo‘ta-
dillanishi mumkin. Bu esa aslida miokard gipertrofiyasi qaytar ja-
rayon ekanligini ko‘rsatadi. Moddalar almashinuvining neyro –
gumoral idora etilishining buzilishi oqibatida kelib chiqqan giper-
trofiyalar bir vaqtda ko‘pchilik a’zolarda yoki ularning ayrimlari-
da rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: