Anatomiya 2014. indd



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

Atrofiya

To‘qimalar oziqlanishining buzilishlaridan biri atrofiya – 

to‘qima va a’zolar hajmining kichrayishi hamda ular hujayralari-

ning sifatini o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. A’zoning tug‘ma ri-

vojlanmagan bo‘lishini – gipoplaziya tug‘ma bo‘lmasligini esa – 

ageneziya yoki ap laziya deb ataydilar.

Atrofiya – ko‘pincha, kasallikda rivojlanuvchi hayotiy jarayon-

dir. Fiziologik atrofiyada, masalan, ayrisimon bez yoshga qarab 

atrofiyaga uchrab yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi. Laktatsiya tu-

gagach, sut bezlari ham atrofiyaga uchraydi. Fiziologik atrofiyasi-

ni embrional davrdagi rivojlanishda ham kuzatish mumkin.

Qarilikda involyutsion jarayonlar ko‘pchilik a’zolarda rivojla-

nadi. Bu jarayonlarning boshlanishi birday bo‘lmay, surati ham 

har xildir. Ular organizm hayot faoliyatining pasayishi tufayli yuz 

beradi. Qarilik atrofiyasiga bezlar hajmining keskin kamayishi, 

teri elastikligini pasayishi, ichki a’zolar hajmining kichiklashishi, 

miya pushtasi qalinligining kamayishi bilan birga kechuvchi bosh 

miya atrofiyasi misol bo‘la oladi. 

Patologik atrofiya – fiziologik atrofiyadan asosan kelib chiqish 

sabablari bilan farq qiladi. 

Yetarli darajada ovqatlanmaslik tufayli yuz beradigan atro-

fiya – umumiy va mahalliy bo‘lishi mumkin. Umumiy atrofiya 

yoki kaxeksiya mun  tazam ochlikda yoki modda almashinuvining 

kuchli buzi lishlari natija si  da rivojlanadi. Kaxeksiya holdan toydi-

radigan og‘ir kasalliklarda: sil, xavf li o‘smalar, surunkali intoksi-

katsiyalarda kuza tilib, umuman ozib cho‘p – ustuxon bo‘lish va 

ichki a’zolarning atrofiyasi bilan davom etadi.

Mahalliy atrofiya arteriya ichi torayganda yetarli oziqlanmas-

lik tufayli rivojlanadi. Miya arteriyalarining aterosklerozi bosh 

miyaning atrofiyasiga, buyrak tomirlariniki esa – buyrak to‘qima-

sining atrofiyasiga va bujmayishiga olib keladi.



56

Nevrotik atrofiya yoki faoliyatsizlik natijasidagi atrofiya a’zo-

lar faoliyatini pasayishi tufayli rivojlanadi va mahalliy xarakterga 

ega bo‘ladi. Harakatsiz a’zoga qon kelishi kamayadi, modda al-

mashinuvi pasayadi, bu esa atrofiyaga olib keladi. Bunday atro-

fiya oyoq – qo‘l suyaklari singanda yoki bo‘g‘imlari shikastlan-

ganda uzoq vaqt immobilizatsiya holatida bo‘lganida vujudga ke-

ladi. Ba’zan parenximaning atrofiyasi bilan bir qatorda birikti-

ruvchi to‘qima elementlari o‘sib ketadi va biriktiruvchi to‘qima 

atrofiyalangan parenximaning o‘rnini qoplaydi. Bunday hollarda 

a’zo hatto kattalashishi ham mumkin. Bunday jarayon soxta gi-

pertrofiya nomi bilan yuritiladi.

Atrofiya – qaytishi mumkin bo‘lgan jarayon. Atrofiya sababini 

bartaraf qilinganda a’zo qayta tiklanadi. Masalan, singan joy bit-

gach, qo‘l-oyoqning funksiyasi tiklanishidan oldin atrofiyalangan 

mushaklar tiklanadi. Ammo og‘ir hollarda a’zoning to‘la tikla-

nishi yuz bermaydi. 


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish