Ingichka ichak
Ingichka ichak (intestinum tenue) hazm nayining eng uzun
qismi. U oshqozonning chiqish qismidan boshlanib o‘ng yon-
bosh chuqurchasida tugab, ko‘richakka o‘tadi. Ingichka ichakning
uzun ligi tirik odamda 2,2 m dan 4,4 m gacha, murdada esa 5–6 m,
ko‘ndalang o‘lchami boshlanish joyida 4,7 sm bo‘lsa, oxirida 2,5–
2,7 sm bo‘ladi. Ingichka ichakda so‘lak va oshqozon shirasi ta’si-
rida maydalangan ovqat bo‘tqasi ichak shirasi, oshqozon osti bezi
shirasi va o‘t ta’sirida parchalanadi. Bu yerda parchalangan oziqa
moddalar qon va limfa tomirlariga so‘riladi. Ingichka ichakda uch
qism: o‘n ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichak tafovut
qilinadi. Och va yonbosh ichakda ichaktutqichi bo‘lgani uchun in-
gichka ichakning tutqichli qismi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |