1.4. Cho'ktirish reaksiyasi asosida titrlash.
Cho'ktrirish metodida titrlash jarayonida ayrim qiyin eriydigan birikmalar xosil bo’ladigan reaktsiyalardan foydalanildi.
Xajmiy analizda bunday reaksiyalarning ba’zilaridangina foydalanish mumkin va ular bir qator shartlarga javob berishi kerak:
a) Cho'kma amalda erimaydigan bo’lishi zarur
b) Cho'kma yetarli darajada tez xosil bo’lishi kerak
v) birgalashib cho’kish singari omillar analiz natijasiga ta’sir etmasligi lozim.
g) titrlash vaqtida ekvivalent nuqtani belgilash uchun imkoniyat bo’lishi kerak.
Ushbu talablar hajmiy analizda qo’llanilishi mumkin bo’lgan cho'ktrirish reaktsiyalari sonini juda kamaytirib yuboradi. Kumushning qiyin eriydigan tuzlarini quyidagi tenglama bo’yicha cho'ktrirish reaktsiyalariga asoslangan metodlar ayniqsa muxim axamiyatga ega:
Ag+ + An- = AgAn
Bu yerda An bilan Cl-, Br-, I, CNS- va boshqa anionlar ko’rsatilgan. Bu reaksiyaga asoslangan metodlar hajmiy analizning argentometriya bo’limini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda galogenlar qiyin eruvchan simob (I)- xlorid
Hg2Cl2 va simob (I) yodid Hg2J2 holida cho'ktrirish orqali ham aniqlanadi. Bu metod merkurometriya deb nomlanadi.
Yuqorida qayd etilgan metodlar pH i batafsilroq o’rganib chiqamiz. ARGENTOMETRIYA.
Xajmiy aniqlashlarning argentometriya usuli xlorid va bromid ionlarini kumush ionlari bilan cho'ktrirish reaktsiyalariga asoslangan: bunda qiyin eriydigan kumush galogenidlar xosil bo’ladi.
Cl- + Ag+ = AgCl Br- + Ag+ = AgBr
Bu metodda ishchi eritma sifatida AgNO3 eritmasi ishlatiladi.Agar biror modda tarkibidagi kumush ioni miqdori aniqlanayotgan bo’lsa, ishchi eritma sifatida
NaCl ning titrlangan eritmasi ishlatiladi. Argentometriya metodini to’liq tushunish uchun uning titrlash egri chizig’ini o’rganish muxim axamiyatga ega. Faraz qilayliq, masalan, NaCl ning 100 ml 0,1 n eritmasi 0,1 n AgNO3 eritmasi bilan titrlansin. hisobla pHi osonlashtirish maqsadida EKAgCl ning yaxlitlangan qiymati (l-10-10)dan foydalanamiz va titrlash vaqtida eritma hajmining o’zgarishini
nazarga olmaymiz. Dastlabki paytda (eritmaga AgNO3 qo’shmasdan avval) Cl- ionlarining eritmadagi kontsentratsiyasi NaCl ning umumiy kontsentratsiyasiga (10-1 M ga) teng bo’ladi. Cl- ionlari kontsentratsiyasining manfiy logarifmini pCl bilan belgilab, quyidagicha yozish mumkin:
pCl = -lg[Cl-]=-lg10-1=1
NaCl eritmasiga AgNO3 eritmasidan 90 ml qo’shilganidan keyin, ya’ni barcha Cl- ionlarining 90% i AgCl holida cho'kmaga tushgandan keyin uning eritmadagi kontsentratsiyasi 10 marta kamayadi. Shunga muvofiq pCl =2 bo’ladi.
[Cl-]*[Ag+] = 10-10 bo’lgani uchun eritmadagi Ag+ ionlarining kontsentratsiyasi:
bo’lishi kerak. Demak pAg = -lg[Ag+] = -lg10-8 = 8
Eritmaga AgNO3 eritmasidan 99 ml qo’shilganda (ya’ni NaCl ning 99% titrlanganda) pCl va pAg qiymatlari quyidagicha bo’ladi.
[Cl-]=10-3, pCl=3, [Ag+]=10-7, pAg=7
AgNO3 eritmasidan 99,9 ml qo’shilganda
[Cl-]=10-4, pCl=4, [Ag+]=10-6, pAg=6
Nihoyat agar NaCl ning 100 ml 0,l n eritmasiga ekvivalent miqdorda, ya’ni AgNO3 ning 0,l n eritmasidan 100 ml qo’shilsa AgCl ning to’yingan eritmasi xosil bo’ladi. Bu eritmada Cl- va Ag+ ionlarining kontsentratsiyalari o’zaro teng bo’ladi.
[Cl-]=[Ag+]= =10-5 g-ion/l pCl=pAg=5
Eritmaga 100,1 ml AgNO3 qo’shilgandan so’ng (ya’ni eritmada 0,1% ortiqcha AgNO3 bo’lganda) Ag ionlarining ortiqcha miqdorda AgNO3 ning 0,1 ml eritmasidagi Ag ionlarining miqdoriga teng bo’ladi. Xlor ionlarining kontsentratsiyasi NaCl dan 0,1 ml ortiq qo’shilganda qanday bo’lgan bo’lsa, Ag ionlarining kontsentratsiyasi ham xuddi shunsha ya’ni 10-4 g-ion/l ga teng bo’ladi.
[Ag+]=10-3, pAg=3, [Cl-]=10-7, pCl=7
Ekvivalent nuqta yaqinida pCl va pAg keskin o’zgaradi. Bu o’zgarish kattaligi NaCl va AgNO ning 0,l n eritmalari olinmay 1 n eritmalari olinganida keskin o’zgarish pCl=3 dan boshlanib pCl=7 da to’xtaydi, ya’ni pCl qiymati 2 birlikka emas, balki to’rt birlikka o’zgaradi. Aksincha, NaCl va AgNO3 eritmalarining kontsentratsiyalari kamaytirilganda titrlash egri chizig’ida keskin o’zgarish chegarasi juda qisqaradi va xatto yo’qolib ketishi ham mumkin. Titrlash egri chizig’idagi keskin o’zgarish reaktsiyaga kirishuvchi moddalar eritmalarining kontsentratsiyalaridan tashqari, cho'kmaga o’tuvchi moddaning EK qiymatiga ham bog’liq.Birikmaning eruvchanlik ko’paytmasi qancha kichik bo’lsa titrlash egri chizig’idagi keskin o’zgarish soxasi shuncha katta bo’ladi.Boshqa metodlardagi kabi cho'ktrirish metodida ham indikatorlardan foydalaniladi.Xlorni argentometriya usulda aniqlashda titrlash oxiri indikator - kaliy xromat (K2CrO4) yordamida bilib olinadi. (Mor metodi).
Kaliy xromatning indikator sifatida ishlatilishi uning kumush ionlari bilan
g‘isht-qizil rangli kumush xromat Ag2CrO4 Cho'kmasi xosil qilishiga asoslangan: CrO42- + 2Ag+ = Ag2CrO4
Kumush xromatning eruvchanligi (10-4 mol/1) kumush xloridning
1.25*10-4 mol/l yoki kumush bromidning 7.84*10-7 mol/1 eruvchanligidan ancha katta. Shuning uchun tarkibida Cl- yoki Br- ionlari bo’lgan eritmalar AgNO3 eritmasi bilan titrlanganda avval AgCl yoki AgBr cho'kmasi xosil bo’ladi.hamma galogenidlar cho’kib bo’lgandan so’ng CrO4- ionlari va Ag+ ionlari o’rtasida reaktsiya boshlanib, rangli cho'kma xosil bo’ladi. Limon sariq rangning ekvivalent nuqtasiga erishilganlikni ko’rsatuvchi och pushti rangga aylangani aniq sezilgan zaxoti titrlashni to’xtatish zarur. Rang o’zgarishini aniq sezib olish uchun «guvox» eritmadan foydalanish yana ham maqsadga muvofiqdir. Argentometriya metodining qo’llanilish soxasi biroz chegaralangan. Uni faqat neytral va Kuchsiz ishqoriy muxitda pH=7 dan 10 gacha bo’lganda qo’llash mumkin. Kislotali eritmalarda Ag2CrO4 cho'kmasi eriydi, kuchli ishqoriy muxitda esa Ag+ ionlari OH- ionlari bilan AgOH xosil qiladi va u parchalanib erimaydigan Ag2O va suvga aylanadi.
2AgOH = Ag2O + H2O
Ushbu metodni tarkibida NH4+ ionlari mavjud bo’lgan eritmalar ishtirokida qo’llab bo’lmaydi, chunki AgCl va Ag2CrO4 cho'kmalari kompleks ion [Ag(NH3)2]+ xosil qilib eriydi.
AgCl + 2NH4OH =[Ag(NH3)2]Cl + 2H2O
AgCrO4 + 2NH4OH =[Ag(NH3)2]2CrO4 + 2H2O
Argentometriya metodini K2CrO4 bilan cho'kma xosil qiladigan Ba2+, Pb4+, Bi3+ va boshqa ionlar ishtirokida, shuningdek rang o’zgarishini aniqlashga xalal beradigan rangli birikmalar mavjud eritmalarda ham qo’llab bo’lmaydi. Agar Cl- va Br- ionlari bo’lgan eritmalar tiniq va rangsiz bo’lsa, argentometriya analiz uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng qulay metod hisoblanadi. Shuni unutmaslik kerakki, tarkibida Ag+ ionlari bo’lgan eritmalami rakovinaga to’kmaslik kerak, ular maxsus idishga yig’iladi, chunki foydalanilgan eritmalardan Ag qayta ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |