Analitik kimyo



Download 399,2 Kb.
bet1/10
Sana01.02.2022
Hajmi399,2 Kb.
#424015
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XASANOV SUROJBEK 191-KIMYO


O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO KAFEDRASI


191-GURUH TALABASI XASANOV SUROJBEKNING
ANALITIK KIMYO”FANIDAN TAYYORLAGAN



MAVZU: TITRIMETRIK ANALIZ USULLARI, SINFLANISHI.


Topshirdi:______________________ S.XASANOV


Qabul qildi:______________________D.A. Dushamov


Urganch-2021
MAVZU:TITRIMETRIK ANALIZ USULLARI, SINFLANISHI.
REJA:




KIRISH

I.

ASOSIY QISM

1.1.

Titrimetrik analiz usullarining sinflanishi.

1.2.

Kislota-asoslititrlash.

1.3.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari asosida titrlash.

1.4.

Cho'ktirish reaksiyasi asosida titrlash.

1.5.

Kompleksionometrik titrlash.

II.

TAJRIBA QISM

2.1.

NaOH eritmasining titrini aniqlash

2.2.

Sirkadagi sirka kislota miqdorini aniqlash

III.

XULOSA

IV.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



KIRISH
Bugungi kunda analitik kimyo fani asosan ikkita yo'nalishda rivojlanmoqda:

  1. yuqori sezgirlikka ega bo'lgan analitik priborlar ishlab chiqarish orqali instrumental analizmetodlari.

  2. Spetsiftik tanlanuvchan yuqori sezgirlikka ega bo'lgan reagentlar sintez qilish va ularni amaliyotda qo'llash va analizda qo'llash orqali.

Rivojlangan mamlakatlar: Germaniya, Angliya, Yaponiya, AQSH davlatlarida rivojlanish asosan 1- yo'nalish bo'yicha bormoqda. SNG davlatlari shujumladan O'zbekistonda asosan 2- yo'nalish bilan analitikkimyo fani rivojlanmoqda.
Hajmiy, ya'ni titrimetrik analizda reakaiyaga kirishayotgan moddalarning aniq hajmi o’lchanadi va ulardan birining ma'lum konsentratsiyasi asosida ikkinchisining noma'lum konsentratsiyasi aniqlanadi. Konsentratsiyasi ma'lum bo'lgan va uning yordamida boshqa eritmadagi moddaning konsentratsiyasi aniqlanadigan eritma titirlangan yoki standart ishchi eritma deyiladi.
1ml eritmadagi erigan moddaning grammlar soni odatda titr deb ataladi. Titrimetrik analiz bajarilish jihatdan gravimetrik analizga nisbatan birmuncha afzallikka ega. Masalan hajmiy analizda reaksiya mahsulotini ko'p vaqt oladigan tarozida tortish `rniga, reaktivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titrlangan eritmasi bilan reaksiyaga sarflangan hajmni aniq o'lchanadi. Ammo titrimetrik analizdagi natijalarning aniqligi gravimetric analizdagiga qaraganda birmuncha kam bo'ladi. Titrlash jarayonida reaksiyaga kirishayotgan moddalarning miqdorlari aralashmada ekvivalentiga tenglashganini ko'rsatuvchi ekvivalentlik nuqtasi kuzatiladi. Shu nuqtada sarflangan standart ishchi eritmaning hajmi belgilanadi va titrlash to'xtatiladi.
Titrimetrik analizda ekvivalentlik nuqtasini belgilashga imkon beradigan moddalar indikatorlar, rangli reaktivlar bo'lib, ular reaksiya jarayonida o'z rangini o'zgartiradi.Odatda rangli yoki loyqa eritmalarni indikotorlar bilan titrlab bo'lmaydi, chunki bunda indicator rangining o'zgarishini bilish qiyin bo'ladi.
Bunday hollarda ekvivalentik nuqtasini belgilash uchun titrlashda eritmaning ba‘zi fizik xossalari o'zgarishidan foydalaniladi.
Hajmiy analizning tortma analizdan eng muhim farqi shundaki, reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq muvofiq keladigan, aniqlanayotgan moddaga kimyoviy jihatdan ekivalent bo’lgan miqdorda olinadi. Analiz natijalarni hisoblash ham ekvivalentlik qoidasiga asoslanadi. Titrlash esa ancha tez bajarilish bilan tortma analizdan farq qiladi. Titrlashda ancha tez boradigan reaksiyalargagina qo’llash mumkin. Sekin boradigan reaksiyalarda ekvivalentlik nuqtasini aniq belgilash qiyin bunda titrlash albatta o’tkazilib yuboriladi. Bundan tashqari qo’shilayotgan reaktivning titrlangan eritmasi faqat aniqlanayotgan modda reaksiyaga kirishishga sarf bo’lishi, ya’ni titrlashda analiz natijalarini aniq hisoblashga halaqit beradigan qo’shimcha reaksiyalar sodir bo’lmasligi kerak. Eritmada tegishli reaksiyalarning borishiga yoki uning ekvivalentlik nuqtasini belgilashga to’sqinlik qiladigan moddalar bo’lmasligi lozim.
1 .Reaksiya amalda qaytmas bo’lishi kerak. Bu shart titrimetrik metodda juda muhim.
2. Reaksiya tamom bo`lish vaziyati yaxshi belgilanishi lozim.
3.Titrimetrik analizda qo’llaniladigan reaksiyalar amalda tez birzumda borishi kerak.
4. Reaksiya bajariladigan tashqi sharoitning o’zgarishi reaksiyaning borishiga va oxirgi mahsulotlar xossalariga tasir qilmasligi kerak.
5. Titrimetrik aniqlashda qo’shimcha reaksiyalar bormasligi kerak.
6. Ekvivalent nuqtani aniqlashga va asosiy reaksiyaning borishiga halaqit beruvchi moddalar oldindan yo’qotilishi lozim.
Titrimetrik metodni gravimetrik metodga nisbatan farq qiladigan tomonlari bor. Aniqlanishlarni bajarishda massani o’lchash hajmni o’chash bilan almashtiriladi. Kimyoviy reaksiyaning mahsulotlari miqdorini aniq o’lchashga asoslangan gravimetric analizdan farqli, bu metodda boshlang’ich moddalar miqdori topiladi.
Bir eritma boshqasiga mo’l miqdorda emas, balki qat’iy ekvivalent miqdorda qo’shiladi.
Titrimetrik metodning asosiy afzalligi aniqlashlarning tez bajarishidir.
Chunki hajimni o’lchash massani o’lchashga nisbatan ancha kam vaqtni egallaydi. Titrimetrik metodning aniqligi gravimetrik metodni aniqlik darajasidan kamroq bo’lishiga qaramay, uning aniqlik darajasi texnik maqsadlar uchun shuningdek, ilmiy maqsadlar uchun yetarlidir.



Download 399,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish