Analitik kimyo



Download 2,28 Mb.
bet106/127
Sana22.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#153524
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
Bog'liq
Analitik kimyo 2-qism

Kyuveta tanlash. Kolorimetrning texnik ma’lumotlarida berilishi bo‘yicha o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashda yo‘l qo‘yiladigan absolyut xato 1% dan oshmasligi kerak. Kolorimetr shkalasining turli qismlarida ishlaganda eritmaning konsentratsiyasini aniqlashdagi nisbiy xato har xil bo‘ladi. Optik zichlikning qiymati 0,4 bo‘lganda, bu xato minimal bo‘ladi. Shuning uchun kolorimetrda ishlaganda, tegishli kyuvetani tanlash bilan optik zichlikning yuqorida aytilgan qismiga yaqin joylarida ishlash tavsiya qilinadi. Dastlab kyuveta eritma rangining intensivligini hisobga olib, chamalash orqali tanlanadi. Agar eritmaning rangi intensiv (to‘q) bo‘lsa, yorug‘lik yo‘lining uzunligi kam bo‘lgan kyuvetalar,

eritmaning rangi och bo’lgan hollarda esa qalin kyuvetalar qo’llash maqsadga muvofiqdir. Shunday yo‘l bilan tanlangan kyuvetaga eritma quyiladi va shu eritma uchun tanlangan yorugiik filtri yordamida uning optik zichligi o’lchanadi. Bir nechta eritmaning optik zichligi o’lchanayotgan bo’lsa, konsentratsiyasi o‘rtacha bo’lgan eritma kyuvetaga quyiladi. Agar o’lchangan optik zichlikning qiymati ~ 0,3—0,5 orasida bo’lsa, bu eritmalar bilan ishlashda aynan shu kyuveta tanlanadi. Bu shart bajarilmasa, boshqa kyuveta

tanlashga to‘g‘ri keladi. Optik zichlikning qiymati 0,5—0,6 dan katta bo’lsa, yorug’lik yo’lining uzunligi kam bo’lgan kyuveta, optik zichlik 0,3—0,2 dan kam bo’lgan hollarda esa qalinligi katta bo’lgan kyuveta tanlanadi. Darajalash chizmasini tuzish uchun standart eritmalar tayyorlanadi. 50 ml hajmli 5 ta o’lchov kolbasiga titri 0,1 mg/ml bo’lgan ammoniy-temir (III) achchiqtoshi eritmasidan darajalangan pipetka yordamida mos ravishda 0,3; 0,6; 0,8; 1,0; 1,2 ml quyiladi. Har bir kolbaga 1 ml dan suyultirilgan HNO3 eritmasi va 5 ml dan 10 % li NH4SCN eritmasi quyiladi. So‘ngra kolbaning belgisigacha distillangan suv to’ldiradi. Kolbalardagi eritmalar yaxshilab aralashtiriladi, shundan keyin tanlangan yorugiik flltri va tegishli kyuvetada eritmalarning optik zichliklari navbat bilan o’lchanadi. O’lchash natijalari asosida optik zichlikning eritmalar konsentratsiyalariga bog’liqlik chizmasi tuziladi. Buning uchun koordinata sistemasining abssissa o‘qiga standart eritmalarning konsentratsiyalari, ordinata o‘qiga esa ularga tegishli optik zichliklar qo‘yiladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish