Ilova
Ayrim reaktivlarni tayyorlash metodikasi
Alizarin. Uning to’yingan eritmasi 96% li spirtda tayyor- lanadi.
Ammoniy sulfid (NH4)2S. Ammiakning to’yingan eritmasidan 200 ml olib, unga erimay qolgunga qadar vodorod sulfid gazi yuttiriladi, so’ngra hosil bo’lgan critmaga 200 ml konscntrlangan ammiak eritmasi qo’shiladi va eritma hajmi 1 litrga yetkaziladi.
Ammoniy karbonat (NH4)2C03. 96 g tuz olinib, hovonchada maydalanadi va 1 litr 2 n NH4OH da eritiladi.
Vismutnitrat 0,5n Bi(N03)3. 80,6 gramm Bi(N03)3-5H20 tuzi 200 ml distillangan suvda eritiladi, so’ngra eritmaga 5 ml konscntrlangan nitrat kislota qo’shilib, eritmaning hajmi 1 litrga yetkaziladi.
Difenilamin. 100 ml konscntrlangan sulfat kislotada (p=l,84 g/ml) 1 g reaktiv eritiladi.
Yodli suv. 50-60 ml suvda 1 g KI, 0,5 g yod eritilgach, eritmaning hajmi distillangan suv bilan 100 ml ga yetkaziladi.
Magnezial aralashma. MgCl2’ 6H20 va NH4CI tuzlaridan 100 g dan olinib, aralashma ustiga 50 ml konsentrlangan ammiak eritmasi qo’shiladi va eritmaning hajmi distillangan suv qo’shib 1 litrga yetkaziladi.
Molibdat suyuqligi. 75 g ammoniy molibdat 0,5 1 suvda eritiladi. Hosil bo’lgan eritmani 0,5 litr 32% li HN03 eritmasi ustiga solinadi. (Buning aksini qilmaslik kerak!) Bunda avvaliga molibdat kislotasining oq cho’kmasi hosil boiadi, so’ngra u eriydi. 48 soatdan so’ng cho’kma (agar u hosil bo’lsa) eritmadan ajratib olinadi.
Natriy geksanitrokobaltat (III) Na3[Co(N02)6]. 50 g kobalt (111) xlorid CoCl2- 6H20 tuzi 50 ml issiq suvda eritiladi. Shu vaqtning o’zida 150 g natriy nitrit NaN02 tuzi 500 ml suvda eritiladi. Eritmalar sovigandan so’ng bir-biri bilan aralashtiriladi, hosil bo’lgan aralashma aralashtirilib turgan holda mo’rili shkafda isitiladi, so’ngra 50 ml 50% li sirka kislota qo’shiladi. Bunda cho’kma tushadi. Cho’kmani filtrlab eritmadan ajratib olgach, filtrat reaktiv sifatida ishlatiladi.
Natriy nitroprussid Na2Fe(CN)5N02H20. 20 g reaktiv 100 ml suvda eritiladi. Hosil bo’lgan critma qorong’i joyda saqlanadi. Reaktiv juda zaharli!
Nessler reaktivi. 200 ml li o’lchov kolbasida 32 g HgJ2 va 20 g KJ suvda eritiladi va eritmaning hajmi distillangan suv bilan 200 ml ga yetkaziladi. Hosil boigan eritmadan 20 ml olib, uning ustiga 30 ml konsentrlangan KOH qo’shiladi. Tayyor bo’lgan reaktiv qorong’i joyda saqlanadi.
Qalay (II) xlorid SnCl2. O’lchov kolbasiga 56,4 g tuz olib, uning ustiga 500 ml suv, 50 ml konsentrlangan xlorid kislota eritmasi qo’shiladi va aralashmaning hajmi distillangan suv bilan 1 litrga yetkaziladi.
K+ ionlari uchun reaktiv Na2PbCu(N02)6. Tarkibida kaliy tuzlari bo’lmagan 2 g NaN02, 0,9 g (CH3COO)2Cu H20 va 1,6 g (CH3C00)2Pb-3H20 0,2 ml 30% li sirka kislota bilan kislotali muhitga kcltirilgach, 15 ml distillangan suvda eritiladi. Hosil bo’lgan eritma beqaror bo’lib, vaqt o’tishi bilan eskiradi. Eritma shliflangan shisha idishlarda saqlanadi.
Simob (I) nitrat Hg2(N03)2. 1 litrli o’lchov kolbasiga 56,1 g tuz olib 100 ml 2 n HN03 eritmasida eritiladi va eritma hajmi distillangan suv bilan 1 litrga yetkaziladi.
Qo’rg’oshirt (II) nitrat Pb(N03)2. 82,8 g Pb(N03)2 tuzi 1 litrli o’lchov kolbasiga solinadi, uning ustiga 500 ml distillangan suv, 5 ml suyultirilgan (1:1) nitrat kislota va o’lchov kolbasining bclgisigacha distillangan suv qo’shiladi.
Kurkumin qog’ozi. Ko’k tasmasimon filtr qog’oziga kurkuminning spirtdagi eritmasi shimdiriladi. So’ngra filtr qog’ozi ammiak va kislota bug’lari bo’lmagan uyda quritiladi, qorong’i joyda saqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
М.Э.Полеес,Ч.Н.Душечкина. Аналитическая химия. М., «Медицина», 1987.
M.E.Poleyes. Analitik kimyo. Т., «Meditsina», 1988.
В.П.Зенчик. Аналитическая химия. М., «Медицина», 1971.
Ф.М.Шемякин, А.Н.Карпов, А.Н.Брусенцов. Аналитическая химия. М., «Высшая школа», 1965.
V.N.AIekseyev. Yarim mikrousul bilan qilinadigan ximiyaviy sifat analizi kursi. Т., «O’qituvchi», 1976.
V.N.AIekseyev. Miqdoriy analiz. Т., «O’qituvchi», 1963.
А.Н.Крешков, A.A.Ярославцев. Курс аналитической химии. М., «Химия», 1964.
А.Н.Крешков, А.А. Ярославцев. Курс аналитической химии. М., «Химия», 1964.
В.Д. Пономарев. Аналитическая химия. М., «Медицина», 1982.
В.П. Васильев. Аналитическая химия. Гравиметрические и титриметрические методы анализа. М., «Высшая школа», 1989.
Г.А.Мелентьева, Л.А.Антонова. Фармацевтическая химия. М., изд. «Медицина», 1985.
G.A. Madrahimova. Farmatsevtik kimyo. Т., «Abu Ali ibn Sino», 2003.
A.Y. Ibodov. Farmatsevtik kimyo. Т., «Abu Ali Ibn Sino», 1996.
М.Д. Машковский. Лекарственные средства. М., «Торсинг», Харьков, 1997.
Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 1. R. Kelnera, J.-Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
Analiticheskaya ximiya. problemы i podxodы. tom 2. R. Kelnera, J.-M. Merme, M. Otto, G.M. Vidmer. - M. Mir, Izdatelstvo AST, 2004
Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2008. 1 - jild (lotinda)
Xaritonov Yu.Ya., Yunusxodjaev A.N., Shabilalov A.A., Nasirdinov S.D. «Analitik kimyo. Analitika». Fan. T. 2013. 2 - jild (lotinda)
Fayzullaev O. «Analitik kimyo asoslari» Yangi asr avlodi, 2006.
Mirkomilova M. «Analitik kimyo». O’zbekiston, Toshkent. 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |