Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. X.Rustamov. Fizik kimyo. T., "O’zbekiston", 2000 y., 78-85 betlar.
2. Fizik kimyo kursidan amaliy mashg’ulotlar. Institut talabalariga o’quv qo’llanma. / (B.N.Afanasev va boshq. Tarjimonlar: X.I. Akbarov, R.S.. Tillaev). 4-ruscha nashr. Tarjima. - T.: O’zbekiston, 1999 y., 56-65 ''betlar.
2- LABORATORIYA ISHI.
FAZALAR MUVOZANATI. BIR KOMPONENTLI SISTEMALAR.
2.1. SUYUQLIKLARNING TO’YINGAN BUG’ BOSIMINI
ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Suyuq moddalarning yashirin molyar bug’lanish issiqligini aniqlashni o’rganish.
Suyuqlikning bug’ bosimi atmosfera bosimiga tenglgashganda qaynash jarayoni boshlanadi. Suyuqlik isitilganda uning bug’ bosimi oshadi va ma`lum haroratda uni bug’ bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi, demak suyuqlikning qaynash haroratida bu ikkala bosim tenglashadi. Agar tashqi bosim o’zgarsa, qaynash harorati xam o’zgarishi kerak, chunki turli tashqi atmosfera bosimga suyuqlikning bug’ bosimi tenglashishi uchun, u turli darajada istilishi kerak. Masalan, tashqi atmosfera bosim bir atmosferaga teng suv – 100 oC qaynaydi. Tog’larda tashqi bosim bir atmosferadan kam, shunga ko’ra u yerlarda suv 100 oC dan pastroqda qaynaydi.
Ish bajarish tartibi: qaynash jarayonini turli bosim ostida olib borib, bu chog’da qaynash haroratining o’zgarishini o’lchash orqali yashirin bug’lanish issiqligini hisoblab topish mumkin. Bu vazifani amalda bajarish uchun tashqi bosimni o’zgartira olishga imkon beradigan qurilma kerak. Shunday moslama rasmda ko’rsatilgan: 1-tajriba uchun olingan suyuqlikni isitish uchun idish, 2-termometr, Z-elektroplita, 4-sovitgich, 5-tuzimni atmosfera bilan bog’lovchi jumrak, 6-manometr, 7-bufer idish (bosim tekis o’zgarishini ta`minlaydi), 8-tuzimni vakuum-nasos birlashtiruvchi jumrak.
Moslama yig’ilgandan so’ing, 5-jumrak bekitiladi. Sovichtichga suv yuboriladi. So’ng, 8-jumrakni ochib, vakuum-nasos yordamida tuzum ichidan havo tortib olinadi va manometrda simob ustinlarning farqi mumkin bo’lgan darajada katta bo’lgandan so’ng, 8-jumrak yopiladi. Suyuqlik (1) isitila boshlanadi va termometr o’zgarishini kuzatib, qaynash harorati aniqlanadi. So’ng 5-jumrakni juda xam oxistalik bilan ozgina ochib, tuzimga tashqaridan havo kirgiziladi (manometrda bosim 10-20 mm o’zgarsin). Bu bosimda yana qaynash harorati aniqlanadi. Shunday qilib suyuqlikning qaynash harorati bir necha xil bosimda o’lchash mumkin. Tajriba tamom bo’lganda (5) va (8) jumraklar ochilishi kerak. Bu tajriba uchun uskuna:
Idish (1), termometr (2), elektroplita yoki gorelka (3), sovitgich (4), tuzumni tashqi atmosfera bilan bog’lovchi jumrak (5) manometr (6), bufer idish (7), tuzumni vakuum-nasos bilan birlashtiruvchi jumrak (8) lardan iborat.
Tajriba jarayonida 5 va 8 jumraklar yopo’q bo’lishi kerak! 5 - jumrak faqat tuzumni bosimini o’zgartirishi uchun ochib-yopiladi!
Tajriba uchun ishlatiladigan qurilma
4-rasm
Qaynatilayotgan modda bilan fosfor parchalari.
Termometr.
Qizdiruvchi (elektr plitasi).
Sovutgich.
Atmosfera bilan tutashish krani.
Manometr.
Bosimni turg’unlashtiruvchi idish.
Havoni surib olish uchun kran.
Tajriba asosida olingan ma`lumotlar quyidagi jadvalga yoziladi:
2-jadval
№
|
Modda (suyuqlik)
|
Pa
|
Pm
|
Ps
|
lgP
|
Tk
|
1T10-3
|
|
Benzol
|
725
|
300
|
425
|
2,6284
|
313
|
3,20
|
|
Benzol
|
725
|
320
|
405
|
2,6075
|
323
|
3,15
|
|
Benzol
|
725
|
40
|
685
|
2,8357
|
333
|
3,00
|
|
Benzol
|
725
|
20
|
705
|
2,8482
|
343
|
2,92
|
|
Benzol
|
725
|
0
|
725
|
2,8603
|
353
|
2,84
|
Bu erda: Pa - tajriba o’tkazilayottandagi atmosfera bosim bo’lib, barometrdan yozib olinadi (mm, simob ustuni),
Pm - simob manometrdagi simob ustuni (mm, simob ustuni),
Pc - tuzumning bosimi, PcPa- Pm (mm, simob ustuni),
1gPc esa , Pc ning son qiymatining logarifmi,
Tk - qaynash harorati termometrdan yozib olinadi.
Olingan natijalar P - 1T - koordinatga quyib, tenglama (3) asosida topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |