Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
1.Formal kinetika deb nimaga aytiladi?
2.Reaktsiya tezligi nima?
3.Kimyoviy reaktsiyalar kinetik sinflanishini tushuntiring (molekulyarligi, tartibini izohlang).
4.Mono - , bimolekulyar reaktsiyalar tezlik konstantalari tenglamalarini keltirib izohlang.
5.Tezlik konstantasini mohiyatini izohlang.
6.Qanday reaktsiyalar oddiy reaktsiyalar deb ataladi?
7.Borayotgan reaktsiyani paralel yoki ketma-ketli ekanligini qanday aniqlasa bo’ladi?
8.Reaktsiya tartibi deb nimaga aytiladi.
9.Reaktsiya tartibini qanday aniqlash usullarini bilasiz?
10.Reaktsiya tezligiga haroratni ta'siri qanday? Vnat - Goff qoyidasini keltiring.
11.Raul qonuni haqida nimalar bilasiz?
Adabiyotlar:
1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O’zbekiston”, 2000., 408-428 betlar.
2.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “Visshaya shkola”, 1988., 297-300 betlar.
3.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg’ulotlar ?B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.Tillaev. - 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O’zbekiston, 1999., 249-251 betlar.
KIRISH
Fizikaviy kimyo-kimyoviy va fizikaviy xodisalarni, ularni tekshirish usullari bilan bog’lanishini o’rganadigan fanlarning nazariy asosidir.
Fizikaviy kimyo zamonaviy kimyogar texnologni dunyo qarashini shakillantirishda ahamiyati kattadir. Bunda nazariy bilimlarni o’zlashtirishda, keyingi mustaqil faoliyatida kerakli ko’nikmalar ortirishda va yangidan-yangi masalalarni xal qilishda imkoniyat beradigan laboratoriya mashg’ulotlarining ahamiyati g’oyat kattadir. Fizikaviy kimyoga oid laboratoriya ishlari bo’lajak bakalavrni bilim darajasini oshiradi, qachonki, tajribani ongli ravishda nazariy mazmunini tushinib qilinsa. Bu o’quv jarayonini o’zlashtirish samarasi ko’p jishatdan laboratoriya ishining mazmuni va quyilishiga bog’liqdir.
Qator sabablarga ko’ra fizikaviy kimyo laboratoriya ishlari ma`ruza materiallarini ketma-ketligi bilan xamoxang bilavermaydi. Shuning uchun ushbu uslubiy ko’rsatmada qisqacha nazariy bayon berilgan. Bu ishning mazmunini va moxiyatini tushunishga yordam berib, ma`ruza materiallarini chuqurroq atroflicha tushinishga va qizo’qish uyg’otishga xizmat qiladi.
Uslubiy ko’rsatmalarda ko’rsatilishicha har qaysi laboratoriya ishini bajarish uchun:
- tavsiya qilingan darslikdan ushbu ishga tegishli bilimi bilan atroflicha tanishish;
- ishlatiladigan asbob-uskunalarning tuzilishi va sxemasi bilan tanishish;
- tajribani texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda bajarish;
- ish natijasiga ko’ra hisobot tuzish kerak.
Hisobotda ishning, nomi, maqsadi va bajarilgan kuni ko’rsatilishi kerak; tajriba bajarishda qo’llanilgan asosiy tenglamalar, formulalar aniq va ravshan yozilishi kerak; olingan ma`lumotlarni jadvalga yozib, hisoblarni bajarish kerak.
- ishga oid grafik asosida hisoblarni bajarish kerak. Grafiklarni to’g’ri tuzish masshtablarni to’g’ri tanlanishiga va javoblarni aniqligiga bog’liq.
- o’lchashdagi xatolarni basholash kerak. Talaba shuni hisobga olishi kerakki, fizikaviy kimyoda natijalarni ko’pincha matematik usulda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |