1 - LABORATORIYA ISHI
TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI. TERMOKIMYO.
TUZNING INTEGRAL ERISH ISSIQLIGINI ANIQLASH.
Ishdan maqsad: Biror birikmaning erish jarayonidagi (eritma hosil bo’lishidagi) ajralib cho’qayotgan yoki yutilayotgan issiqlikni aniqlash. Buning uchun har xil kalorimetrlardan foydalaniladi.
Kerakli qurilmalar va reaktivlar: kalorimetr, sekundomer, suvda yaxshi eriydigan tuzlar.
Fizik-kimyoviy hisoblar uchun moddalarning issiqlik sig’imlarini, erish sulfatlanish jarayonlarining, bug’lanish, suyuqlanish, sublimatlanish va kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlarini bilish kerak. Ushbu kattaliklarni o’lchash uchun turli xil eksperimental usullar mavjuddir. Uy haroratiga yaqin haroratlarda (20- 25°C) kalorimetrik usul keng qo’llaniladi. 1-rasmda keltirilgan eng sodda kalorimetr ikkita stakandan (1, 2) iborat. U qopqoq (3) bilan berkitilgan. Stakanlar orasidagi havo issiqlikni saqlash va issiqlik almashinishni kamaytirish uchun xizmat qiladi. 4-aralashtirgich, 5-Bekman termometri, 6-modda solingan ampula.
Oddiy laboratoriya kalorimetri qurilmasi.
1-rasm.
Kalorimetrik tajribalarda issiqlik effektining qiymati va ishorasi kalorimetrning haroratining o’zgarishdan (t) aniqdanadi.
Haroratning o’zgarishini grafikdan topiladi. Millimetrli qog’ozdagi koordinatalar chizig’ida abssissa o’qiga vaqt, ordinata o’qiga haroratning qiymatlari quyib chiziladi.
tt1t2
2-rasm.
Boshlang’ich davrning oxirgi nuqtasi (A) ni va tugalish davrining boshlang’ich nuqtasi (V) ni AV to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Shu chiziqning o’rtasidan abssissa o’qiga perpendikulyar tushiriladi (SD). SG kesma sistema haroratining xaqo’qiy o’zgarishini ko’rsatadi (t).
Kalorimetr yordamida issiqlik effektlarini hisoblash uchun sistemaning issiqlik sig’imlari yig’indisini (kalorimetr konstantasini) aniqlash lozim. U issiqlik almashinishida ishtrok etayotgan asbobning qismlari va eritma issiqlik sig’imlarini ularning massalariga ko’paytmasining summasiga tengdir:
K mici
Bu erda: mi - eritma va asbob qisimlarining massasi; si - ularning solishtirma issiqlik sig’imlari. Kalorimetr konstantasi kalorimetrik sistemaning issiqlik almashinishda ishtirok etayotgan qismlari haroratining 1~oS ga oshirish uchun sarflangan issiqlik miqdoriga (Jgrad) tengdir. K ning qiymatini topish uchun shisha idish, aralashtirgich va eritmaniig issiqlik sig’imlarini ularning massalariga ko’paytirib, ularning yig’indisi olinadi. Termometrning eritmaga botirilgan qismining issiqlik sig’imi 1,92 Jgrad. ga teng. Termometrning eritmaga botirilgan qismining hajmini bilish uchun oddiy suvga botirib turib, suyuqlikni ko’paygan qismini o’lchab olinadi (3-rasm).
3-rasm
Ba`zi bir xil moddalarning solishtirma issiqlik sig’imlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Modda
|
Solishtirma issiqlik sig’imi, Jgrad.
|
Latun
|
0,389
|
Mis
|
0,381
|
Shisha
|
0,791
|
Suv
|
4,184
|
Probka
|
2,029
|
Simob va shisha
|
1,924*
|
Do'stlaringiz bilan baham: |