7.2. Murakkab efirni (Sirka etil efirni) ishqor yordamida sovunlanishi.
Sirka etil efirining uyuvchi natriy yordamida sovunlanishi quyidagi tenglamada keltirilgan:
CH3COOC2H5 + NaOH CH3COONa + C2H5OH
Bu reaksiya ikkinchi tartibli, uning tezlik konstantasi quyidagicha ifodalanadi:
Bu erda V0, Vt va V - namunadagi ishqorning boshlangich davrida va oxirida titrlashga sarflangan kislota miqdori, ml V- titrlash uchun olingan reaksion aralashma 15-20 ml.
Ishni bajarish tartibi: Reaksiyaning xar bir vaqtida aralashmadagi ishqor miqdori titrlash yuli Bilan aniqlanadi. Titrlash vaqtida xam reaksiya davom etishi mumkin va O’lchash anikligi pasayishi mumkin. Buning oldini olish uchun reaksiyani sekinlashtirish usullaridan foydalaniladi. Bulardan biri xaroratni keskin pasaytirish, masalan olingan namunani muzga kuyish yuli Bilan yoki reaksiyaga kirishmagan ishqorni kislota Bilan neytrallash orkali erishiladi. Shuning uchun xar bir O’lchashda olingan namuna ortigi Bilan olingan kislotaga quyiladi. Kislotaning reaksiyaga olingan kontsentratsiyasi ishqor Bilan titrlanadi.
V0, Vt va V qiymatlarini bilish uchun titrlash uchun olingan kislota va boshlangich ishqorning kontsentratsiyalarining uzaro nisbatini aniqlash kerak.
Faraz qilaylik, Vn ml kislotani neytrallash uchun Vishk ml ishqor sarflansin. Unda ularning nisbati :
20 ml reaksion aralashmaning 10 ml ishqori bo’lgani uchun:
Faraz qilaylik, Vk kislotaga reaksion aralashma quyiladi, teskari titrlashga esa Vishk ml ishqor sarflanadi. Unda V = Vk - Vishk . (C ishk/ Ck)
Reaksiya amalga oshiriladigan kolbalar yaxshilab yuviladi va Bug Bilan ishlanadi.
Bug’latilgan kolbachalardan biriga 100 ml 1/60 n NaOH eritmasi quyiladi, ikkinchisiga 100 ml efir eritmasi quyiladi. Efir eritmasini tayyorlash uchun talaba laborantdan 10 ml efir olib, 100 l li ulchov kolbasiga kuyib, ustiga 100 ml gacha suv Bilan tuldiriladi. Ikala kolba termostatga ( T=25°C) urnatiladi. 20 minutdan so’ng ikala kolbadagi Suyuqliklar birlashtiriladi va reaksiya boshlanish vaqti belgilanadi. Efir Bilan ishqor aralashmasidan 20 ml namuna olinib, oldindan 20 ml 1/40 n HCl eritmasi quyiladi. Kislotaning miqdori xali efir Bilan reaksiyaga kirishmagan ishqorni neytrallash uchun etarli bo’lishi kerak. Kislotaning ortigi reaksiya uchun olingan kontsentratsiyali ishqor Bilan Fenolftalin ishtirokida titrlanadi (teskari titrlash). Aralashmali kolba zich yopiladigan kopkok Bilan berkitiladi, 5, 10, 20 va x.k. minutlardan keyin namunalar olinadi va yukorida kayd kilinganidek titrlanadi.
Ishning xisoboti: Natijalar 8-jadvalga kiritiladi.
8-jadval
Tajriba №
|
Vaqt, min
|
Kislota hagmi, ml , Vk
|
Titrlashga sarflangan ishqor hagmi, ml
|
t vaqtdagi kislota miqdori, mol
|
K
|
Vishk
|
Vg ishk
|
1
|
0
|
20
|
|
|
|
|
2
|
5
|
|
|
|
|
|
3
|
10
|
|
|
|
|
|
4
|
15
|
|
|
|
|
|
5
|
20
|
|
|
|
|
|
6
|
25
|
|
|
|
|
|
7
|
……
|
|
|
|
|
|
Sovunlanish reaksiyasi uy xaroratida taxminan bir sutkada tamomlanadi. Shuning uchun aralashma 24 soatga koldiriladi. Shundan so’ng titrlangan aralashma V ning qiymatini beradi. V reaksiyaning tugash vaqtiga tugri keladi. So’ng yukoridagi tenglama buyicha xar bir vaqt uchun reaksiyaning tezlik konstantasi xisoblanadi. Ulardan K –kirishgan ishqorning miqdori vaqt buyicha uzgarish egrisi chiziladi va reaksiya kinetikasining grafigi sifatida kuriladi.
Joriy nazorat savollari:
Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar.
Kimyoviy reaksiyalarning molekulyar va kinetik jixatdan sinflanishi.
Birinchi va ikkinchi tartibli reaksiyalarning kinetik tenglamalari.
Oddiy va murakkab reaksiyalar.
Reaksiya tartibi deb nimaga aytiladi.
Reaksiya tartibini aniqlash usullari.
Reaksiyaning tezlik konstantasini aniqlash.
Reaksiya tezligiga xaroratning ta`siri.
Aktivlanish energiyasini aniqlash.
Kimyoviy reaksiyalar kinetikasini urganishning Amaliy axamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |