Potentsiometrik o’lchashlar.
Potentsiometriya (Potentsiometrik o’lchashlar) har xil elektr kimyoviy zanjirlardagi elektr yurituvchi kuchni o’lchash orqali elektrod potentsiallarini aniqlashga asoslangan usullar majmuidir. Potentsiometrik usullar orqali vodorod ko’rsatkichini (pH ni), suvning ion ko’paytmasini, qiyin eruvchan birikmalarning eruvchanlik ko’paytmasini, tuzlarning gidrolizlanishi, va dissotsialanish konstantalarini, ba'zi bir birikmalarning suvdagi eritmalarining aktivlik koeffitsentlarini va ko’pgina yana boshqa ko’rsatich va qiymatlarni aniqlash mumkin. Moddalar kontsentratsiyasini aniqlashda potentsiometrik titrlash, ayniqsa suvdan boshqa erituvchilar muhitlarida bu usul keng qo’llanilmoqda.
Bu usullarni aksariyati bilan sizlar analitik va noorganik kimyo fanlarni o’rganganingizda va fizik-kimyo fanidan labaratoriya-amaliy mashg’ulotlari davrida tanishgansiz va tanishasiz. Potetsiometrik usular orqali standart termodinamik funktsiyalarini ham aniqlash mumkin.
Ma'lumki jarayon davridagi ish izobarik potentsialni kamayishiga teng A-G va boshqa tomondan elektrokimyoviy jarayonlarda bajarilayotgan ish A=ZFE ga teng. Bulardan quyidagilarni keltirib chiqamiz.
Go- ZFEo dan
SoZF NoZF(Eo- T dEo T)
Eo ln Ka Ln Ka
Demak standart termodinamik potentsiallarini aniqlash uchun E0 -standart E.Yu.K. va uni temperaturaga qarab o’zgarishini bilish kerak.
Tayanch so’z va iboralar izohi.
Kimyoviy galvanik element. - kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmaga aytiladi.
Potentsiometriya - elektrokimyoviy zanjirlarda E.Yu.K. ni (elektrd potentsialini) o’lchashga asoslangan usullar majmuasiga aytiladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollar.
1.Kimyoviy galvanik element deb qanday qurilmaga aytiladi?
2.Kontsentratsion element deb qanday elementga aytiladi? Bu elemetlarda E.Yu.K. qanday vujudga keladi.?
3.Elektrolit tashimasidan ishlovchi kontsentratsion elementga misol keltiring.
4.Potentsiometrik o’lchashlar nimaga asoslangan?
5.Qanday kattaliklar (ko’rsatkichlar)ni potentsiometrik usulda aniqlash mumkin?
6.Yakobi-Daniel galvanik elementni tuzilishi va ishlash tamoyilini tushuntiring.
7.Qaysi elektrod musbat, qaysi biri manfiy bo’lishini oldindan qanday aytib berish mumkin?
8.Yakobi-Daniel elementida membrana o’rniga metal o’tkazgich qo’yilsa element ishlaydimi yoki yo’qmi?
9.Veston elementi tuzilishi, unda boradigan kimyoviy reaktsiyani keltiring. Bu qurilma nima uchun ishlatilishini izohlang.
10.Elektrolit tashib ishlovchi kontsentratsion elementni tushuntiring.
Adabiyotlar:
1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O’zbekiston”, 2000., 332-342 betlar.
2.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “Visshaya shkola”, 1988., 259-266 betlar.
3.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg’ulotlar G`B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.TillaevG` - 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O’zbekiston, 1999., 156-157 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |