Kimyoviy reaktsiyalar kinetik klassifikatsiyasi.
Kinetik nuqtai nazardan kimyoviy reaktsiyalarning bir qancha gruppalarga bo’lish mumkin, ya'ni ma'lum reatsiyalar orasida umumiylik borligini ko’ramiz. Kimyoviy reaktsiyalarning kinetik jiќatdan sinflashni birinchi bo’lib Vant-Goff taklif etdi. Bu sinflanishga (klassifikatsiyaga) binoan kimyoviy reaktsiyalar ikki xil alomatiga ko’ra: molekulyarligiga va tartibiga ko’ra sinflanadi.
Reaktsiyalarning molekulyarligi bir vaqtda to’qnashib kimyoviy reaktsiyaga kirishgan molekulalar turining soni bilan belgilanadi.
Bu jixatdan bir reaktsiyalar bir molekulyar (monomolekulyar), ikki molekulyar (bimolekulyar), uch molekulyar va shu kabi siflarga bo’linadi. Amaliyotda uch va undan ko’p molekulyar reaktsiyalar juda kam uchraydi.
Oddiy reaktsiyalar.
Bir vaqtda bitta reaktsiya borsa, oddiy reaktsiyalar deyiladi. Oddiy reatsiyalar mono-, bi-, ko’p molekulyaar bo’lishi mumkin. Monomolekulyar reaktsiyalarni sxematik ravishda quyidagicha ko’rsatish mumkin A VS...
Bu toifa ajralish reaktsiyalari, molekulalar ichida atomlarning qayta gruppalanishi, izomerlanish reaktsiyalari, radioaktiv parchalanish misol bo’la oladi.
Umuman olganda monomolekular reaktsiyalarning tezligi V=kC ga teng bo’ladi, bu yerda Sreaktsiyaga kirishuvchi moddaning kontsentratsiyasi bo’lib uni vaqt mobaynida kamayishini hisobga olsak va ikki tenglamadan o’ng tomonlarini tenglashtirsak Bundan hosil qilinadi. Integrallasak hosil bo’ladi; bu yerda A- integrallash doymisi, t=0 bo’lganda A=
-LnCo; bu erda Co- olingan moddaning dastlabki kontsentratsiyasi bo’lib, S esa t vaqtagi kontsentratsiyadir. A ning qiymatini o’rniga qo’ysak:
yoki kelib chiqadi.
Reaktsiyaga kirishuvchi moddaning miqdorini ularning kontsentratsiyasi bilan emas, balki olingan mollar soni bilan ifodalasak, bir qancha o’zgartirishlardan so’ng quyidagi tenglamani hosil qilish mumkin:
bu yerda a- dastlabki moddaning mollar soni; x-t vaqt ichida reaktsiyaga kirishgan qismi yuqoridagidan x=a(1-e-kt)
Bimolekular reaktsiyalarni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:
A+B= reaktsiya mahsuloti
Reaktsiya uchun A va B moddalardan a va b mol miqdorlarda olingan deb faraz qilaylik. Agar [A] = [B] =C
; ;
Biz ifodani integralasak:
, A- noaniq integral doimiysi. Uning fizik ma'nosi aniqlaymiz
T = 0 u holda
o’rniga qo’ysak,
Agar: bo’lsa,
Agarda A va B moddalarning dastlabki kontsentratsiyalari har xil bo’lsa yuqoridagi tenglama quyidagicha bo’ladi.
Uch molekula reaktsiyalarning (amalda kam uchraydigan) tezlik konstantasi, reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning kontsentratsiyasi o’zaro teng bo’lsa tezlik konstantasini quyidagi tenglamadan aniqlash mumkin
Reaktsiyaga kirishuvchi moddalar miqdorlari teng bo’lmasa tenglama ancha murakkab ko’rinishda bo’lib, uni echish uchun odatda EXM lardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |