b) chumoli kislotaning parchalanishi. Probirkaga 1-2 ml konsentrlangan chumoli kislotasi olib, ustiga taxminan shuncha konsentrlangan sulfat kislota quying. Probikani gaz o’tqazuvchi nayli tiqin bilan berkitib ohista qizdiring. Bunda chumoli kislotasi is gaziga parchalanadi va gazli nay uchini alangaga yaqinlashtirilganda ajralib chiqayotgan is gazi to’q havo rangda yonadi.
v) chumoli kislotaning oksidlanishi. Probirkaga 2-3 ml suyiltirilgan chumoli kislotasi, 1ml 10% li sulfat kislota eritmasi va 2-3 ml kaliy permanganatning 1% li eritmasidan quyib, probirkani gaz o’tqazuvchi nayli tiqin bilan berkiting. Probirkani qizdirayotganda gaz o’tqazuvchi nayning uchini ikkinchi probirkadagi ohakli suvga botiring. Qizdirish natijasida chumoli kislota oson oksidlanib, CO2 va suvga aylanadi, probirkadagi ohakli suv loyqalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |