Ag++Cl- = AgCl
Reaksiyaning bajarilishi: 2t AgNO3 eritmasiga 2t HC1 eritmasidan qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi. CHo’kma suyultirilgan HNO3, H2SO4 erimaydi, faqatgina NH4OH eritmasida erib kompleks birikma diamin — kumush (I)—xloridni hosil qiladi.
AgC1+NH4ON= [Ag(NH3)2]C 1+2H2O
Hosil bo’lgan eritmaga NHO3 ta’sir ettirilsa yana cho’kma hosil bo’ladi.
[Ag(NH3)2]C1+2HNO3= AgC1+2NH4NO3
Ag+Kationiga hos reaksiyalar
Reaksiyalarni AgNO3 eritmasidan foydalanib o’tkaziladi.
1.Ishqorlar ta’siri. O’yuvchi ishqorlar va NH4OH Ag+ ionlari bilan dastlab oq cho’kma keyin esa qo’ng’ir cho’kmani hosil qiladi.
AgNO3+NaOH= AgOH+NaNO3
Ag++OH- = AgOH
2AgOH Ag2O+H2O
CHo’kma ammoniy gidroksidda erib diamin—kumush (I)— gidroksidini hosil qiladi.
Ag2O+4NH4OH=2[Ag(NH3)2]OH+3H2O
Reaksiyaning bajarilishi: 2—3 t AgNO3 eritmasiga 2—3g NaOH eritmasidan qo’shilganda avval--oq cho’kma, keyin esa qo’ng’ir cho’kma hosil bo’ladi.
2.Kaliy yodid KJ ta’siri. Kumush ionlari kaliy yodid bilan NH4OH da erimaydigan sariq cho’kmasini hosil qiladi.
AgNO3+KJ= AgJ+KNO3
Ag++J- = AgJ
Reaksiyaning bajarilishi: 2t AgNO3 eritmasiga, KJ eritmasi qo’shilganda sariq cho’kma hosil bo’ladi.
3.Kaliy xromat K2CrO 4 ta’siri.
2AgNO3+K2CrO4= Ag2CrO4+2KNO3
2Ag++CrO42 - = Ag2CrO4
Reaksiyaning bajarilishi: 1 —2t AgNO3 eritmasiga 1—2t K2CrO4 eritmasi qo’shilganda qizil gisht rangli cho’kma hosil bo’ladi.
Ag+ ioni NaBr bilan och sariq cho’kma AgBr, Na2HPO4 bilan sariq cho’kma (AgzRO4) larni hosil qiladi. Reaksiya tenglamalarni molekulyar va ionli holida yozib tajribalarni o’tkazing.
Pb2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni Pb(NO3)2 yoki (CH3COO)2Pb eritmasidan
foydalanib o’tkaziladi.
1.O’yuvchi ishqorlar ta’siri. NaOH yoki KOH Pb2+ ionlari bilan oq cho’kma Pb(OH)2 hosil qiladi.
Pb(NO3)2+2NaOH= Pb(OH)2+2NaNO3
Pb2++2OH- = Pb(OH)2
Reaksiyaning bajarilishi; 3 - 4t Pb(NO3)2 eritmasiga, 1— 2t NaOH eritmasi qo’shilganda oq cho’kma hosil qiladi. Olingan cho’kma ikki qismga bo’linadi, birinchisiga 2--3t HNO3, ikkinchisiga esa 2 —3t NaOH zritmasidan qo’shilganda, ikkala holda ham cho’kma eriydi. Demak, Pb(OH)2 amfoter gidroksid ekan.
Pb(OH)2+2HNO3=Pb(NO3)2+2H2O
Pb(OH)2+2KOH=K2PbO2+2H2O
2.Sulfatlar ta’slri. H2SO4 va uning eruvchan tuzlari Pb2+ ionlari bilan oq cho’kmani hosil qiladi.
Pb(NO3)2+H2SO4= PbSO4+2HNO3
Pb2++SO42- = PbSO4
Reaksiyaning bajarilishi: 2t Pb(NO3)2 eritmasiga 2t H2SO4 ertmasidan qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi. CHo’kma KOH eritmasi bilan qizdirilganda erib plyumbitlar hosil qiladi.
PbSO4+4KOH= K2PbO2+K2SO4+2H2O
3. Kaliy xromat K2CrO4 ta’slri.
Pb (NO3)2+ K2CrO4= PbCrO4+2KNO3
Pb2++CrO42 = PbCrO4
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3t Pb(NO3)2 eritmasiga 2—3t K2CrO4 eritmasidan qo’shilganda HNO3 va NaOH eritmasida eriydigan sariq cho’kma hosil bo’ladi.
PbCrO4+2HNO3=Pb(NO3)2+H2CrO4
4. Kaliy yodid KJ ta’slri. KJ, Pb2+ ionlari bilan issiq suvda, ortiqcha miqdorida eriydagan sariq cho’kmani hosil qiladi.
Pb(NO3)2+KJ= PbJ2+2KNO3
Pb2++2J- = PbJ2
Reaksiyaning bajarilishi: 2 —3t Pb(NO3)2 eritmasiga 1—2t KJ eritmasidan qo’shilganda sariq cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma ustiga 8 —10t H2O qo’yib, cho’kma to’liq eriguncha qaynab turgan suv hammomida qizdiriladi. So’ngra eritmali probirka vodoprovod jo’mragi ostida sovitilsa tilla rang cho’kma probirka devorlarida hosil bo’ladi. Dastlabki sariq cho’kmaga 5—6t KJ eritmasidan qo’shilganda cho’kma eriydi.
PbJ2+2KJ=K2[PbJ4]
Cu2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni CuSO4 yoki Cu(NO3)2 eritmasidan foydalanib o’tkaziladi.
1. Ishqorlar ta’siri. Su2+ ionlari NaON ta’siridan havo rang Cu(OH)2 ni hosil qiladi.
CuSO4+2NaOH= Cu(OH)2+Na2SO4
Cu2++2(OH)- = Cu(OH)2
Reaksiyaning bajarilishi: 2—3t CuSO4 eritmasiga, 4 —5t NaOH erigmasidan qo’shilganda havo rang cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kmani ikkiga bo’lamiz , birinchi suv hammomida qizdirilganda qora rangli CuO hosil bo’ladi, ikkinchisi esa NH4OH da erib tetramin — mis (II)—digidroksidni hosil qiladi.
Cu(OH)2 t CuO+H2O
Cu(OH)2+4NH4OH= [Cu(NH3)4](OH)2
2.Ammoniy gidroksid ta’siri. NN4OH Su2+ ionlari bilan gidrokso tuzining yashil cho’kmani hosil qiladi.
2CuSO4+2NH4OH= (CuOH)2SO4+(NH4)2SO4
Cho’kma ortiqcha NH4OH da erib tetramin—mis (II)— sulfatni hosil qiladi.
(CuOH)2SO4+(NH4)2SO4+6NH4OH= 2[Cu(NH3)4]SO4+8H2O
Reaksiyaning bajarilishi: 2 — 3t CuSO4 eritmasiga 1— 2t NH4OH eritmasidan qo’shilganda yashil cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kma to’liq eriguncha NH4OH eritmasidan qo’shilganda zangori eritma hosil bo’ladi.
3. Kaliy ferrosianid K4[Fe(CN)6 ] ta’siri.
2CuSO4+K4[Fe(CN)6]= Cu2[Fe(CN)6]+2K2SO4
2Cu2++[Fe(CN)6]4- = Cu2[Fe(CN)6]
Reaksiyaning bajarilishi: 2—t CuSO4 eritmasiga 2—3g K4[Fe(CN)6] eritmasidan qo’shilganda qizil—qo’ng’ir cho’kma- hosil bo’ladi.
4. Kaliy yodid KJ ta’siri.
2CuSO4+4KJ= Cu2J2+K2SO4+J2
2Cu2++4J- = Cu2J2+J2
Reaksiyaning bajarilishi: 2 - 3t CuSO4 eritmasiga 2 —3t KJ eritmasi qo’shilganda oq cho’kma hosil bo’ladi, cho’kmaning rangi ajralib chiqayotgan J2 hisobiga niqoblanib qoladi.
So’rov uchun savollar.
1. Qanday ion kompleks ion deb ataladi?
2. Kompleks hosil qiluvchi deb nimaga aytiladi?
3. Ligandlar nima?
4. Kordinasion soni nima?
5. K2[HgJ4] , K3[Fe(CN)6] , K4[Fe(CN)6] , Na3[Co(NO2)6] birikmalardagi kompleks hosil qiluvchi va kordinasion sonlarni ko’rsating?
6. Quyidagi tuzlarni K4[Fe(CN)6] , K3[Fe(CN)6] , Na3[Co(NO2)6], [Ag(NH3)2]Cl suvli eritmadagi dissosialanish tenglamalarini yozing?
7. CuS nint nitrat kislotada erish reaksiyasi tenglamasini yozing?
8. AgC1 ni NH4OH da erishish reaksiyasi tenglamasini yozing?
9. Nima sababdan AgJ cho’kmasi KCN da eriydi?
10. Kompleks tuz bilan qo’shaloq tuzining farqi nima?
11. Mis ionlari sariq qon tuzi eritmasi bilan qanday rangli cho’kma hosil qiladi?
12. Pb(OH)2 ni amfoterlik hossalarini nomoyon qiladigan reaksiya tenglamalarini yozing?
13. To’rtinchi gurux kationlaridai qaysi biriga reaktiv qo’shilganda tilla rang sariq tangasimon cho’kma hosil bo’ladi?
14. To’rtinchi gurux kationlarining birikmalarini qishloq ho’jaligida ishlatilishi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |