Befarqlik egri chizig`ining to`rt xususiyati
Befarqlik egri chizig`i iste’molchining afzal deb bilgan variantlarini ko`rsatib bera oladi. Biz befarqlik egri chizig`ining to`rtta afzalligini ko`rib chiqamiz:
Yuqoriroq befarqlik egri chiziqlarini pastlariga qaraganda afzal ko`rish.Odamlar odatda ko`proq tovarlar xarid qilishga odatlanishgan. Katta hajmdagi eng munosib tanlov befarqlik egri chizig`ida o`z ifodasini topadi. 2- chizmada keltirilgandek, yaxshiroq bo`lgan befarqlik egri chizig`i boshqalaridan ko`ra ko`proq ijobiy “xarakterga ega”. Shuning uchun iste’molchi yaxshiroq variantga ega bo`lishni xohlaydi.
Befarqlik egri chizig`i beqaror. Befarqlik egri chizig`i iste’molchining bir variantdan boshqasini afzal ko`rganda o`zini namoyish etadi. Ko`pincha, iste’molchiga ikkala mahsulot ham yoqadi. Shu sababli, agar birinchi mahsulot miqdori kamaysa, iste’molchini xursand qilish uchun ikkinchisiniki ortadi. Shu sababli, ko`pincha befarqlik egri chizig`i o`zgarib turadi.
Befarqlik egri chizig`I kesishmaydi. Buning rostligini ko`rish uchun, tasavvur qiling 3-chizmada ikkita befarqlik egri chizig`ikesishgan bo`lsin. A nuqta B nuqta kabi bir xil befarqlik egri chizig`i bo`lgani sababli, iste’molchini birdek qoniqtiradi. Qo`shimchasiga, B nuqta ham C nuqta kabi bir xil befarqlik egri chizig`i bo`lgani tufayli, C nuqta iste’molchini qoniqtira oladi. Ammo, bu nazariya C nuqta ikkala turdagi mahsulotdan ko`proq hajmda taklif etishiga qaramay, A va C nuqtalar iste’molchini birdek qoniqtira oladi degani. Taxminimizga zid holatda iste’molchi har doim ikkala mahsulotdan ham arzonroqqa ko`proq olishni afzal ko`radi. Shu tufayli befarqlik egri chizig`ikesishmaydi.
Befarqlik egri chizig`i bu ichki rozilikdir. Kishilar o`zlarida ortig’i bilan bo`lgan mahsulotlarni kamroq bo`lganiga qaraganda sotib yuborishni ko`proq xohlaydilar, shu paytda befarqlik egri chizig`i bu ichki rozilikdan kelib chiqadi. Misol tariqasida 4-chizmani muhokama qilamiz. A nuqtada iste’molchida bir nechta pitsa va ko`p miqdorda Pepsi borligi tufayli u och, ammo, umuman chanqamagan. Iste’molchining bitta pitsaga oltita Pepsi almashtirishga ko`ndirish mumkin: bitta pitsa = oltita Pepsi. Aksincha, B nuqtada iste’molchida kam Pepsi va ko`p potsa mavjud. Shu tufayli u och emas ammo juda chanqagan. Bu yerda u bitta Pepsiga bitta pitsa alishtirishga ham tayyor: bitta Pepsi = bitta pitsa. Xullas, befarqlik egri chizig`ining ichki hissiyot orqali qabul qilinishi iste’molchining qoniqib bo`lgan mahsulotlaridan voz kechishiga sababch bo`la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |