Amonova sabohatning



Download 412,49 Kb.
bet1/10
Sana08.07.2022
Hajmi412,49 Kb.
#758250
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMONOVA SABOHAT Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish KURS ISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
MOLIYA TA‘LIM YO’NALISHI
3-BOSQICH SM 219-GURUH TALABASI
AMONOVA SABOHATNING
„MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT“ FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Mavzu: Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish

Bajardi: S. AMONOVA


Qabul qildi: ______________________

Termiz-2022


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI VA ULARDAN FOYDALANISH. BOZOR VA UNING VAZIFASI. TANLOV: ISTE'MOLCHI NIMANI XOHLAYDI
1.1.Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish …………..……6
1.2. Bozor va uning vazifasi. Tanlov: iste'molchi nimani xohlaydi………………..10
II BOB. ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TAHLILINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI
2.1.Ishlab chiqarish imkoniyatlari holati va ulardan foydalanish
samaradorligining tahlili…………………………………………………………..17
2.2.Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish jarayoniga
ta’sir etuvchi omillar tahlili va uni mukammallashtirish
yo’nalishlari………..……………………………………….………………….….24
XULOSA………………………………………………………………………….28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng
iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan
holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning
ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu borada ta’kidlash joizki, “Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish,
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir
loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida
bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari
hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb
etildi va o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami
investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan
ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el
investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini barpo etishga yo’naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7
milliard 400 million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti
qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi”1.
Ma’lumki, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxona
ishlab chiqarish faoliyatini mo’’tadil yuritishi va uning samaradorligini oshirish
uchun moddiy resurslar bilan etarli darajada ta’minlangan va ulardan samarali
foydalangan bo’lishi talab etiladi. Bu borada, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan
samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha
xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof
foydasi ortadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan
o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring
sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-
nazardan xo’jalikning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan ta’minlanishi va ulardan
foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ular asosida mavjud
imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish katta ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda
iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobining ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab
chiqarish imkoniyatlaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish
natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini
tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.
Buning uchun esa, ishlab chiqarish imkoniyatlarining holati va ulardan foydalanish
taxlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish
maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, ishlab chiqarish imkoniyatlarini
tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib
olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali
foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular
sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi. O’z navbatida,
ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish holati asosan buxgalteriya hisobi va
hisoboti ma’lumotlariga asosan baholanganligi sababli, ular hisobini to’g’ri
tashkil etish va yuritish talab etiladi biri hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlar, korxonalarda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali
foydalanish jarayoni hisobi va tahlili borasida hanuzgacha muhim va o’z
echimini kutayotgan zaruriy masalalardan biri bo’lib qolayotganligi va shu bois,
bu borada hisob va tahlil sohasida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini
taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb
ekanligini ko’rsatmoqda.


Download 412,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish