Amonova sabohatning


II BOB. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish tahlilini amalga oshirish yo’nalishlari



Download 412,49 Kb.
bet6/10
Sana08.07.2022
Hajmi412,49 Kb.
#758250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMONOVA SABOHAT Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish KURS ISHI

II BOB. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish
tahlilini amalga oshirish yo’nalishlari

2.1 Ishlab chiqarish imkoniyatlari holati va ulardan foydalanish
samaradorligining tahlili
Korxonalarda moddiy resurslardan to’liq, bir me’yorda hamda samarali
foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan
ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Shu jumladan asosiy fondlar bilan
ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar va mablag’lar bilan ta’minlanganlik
darajasi hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida alohida
turlari bo’yicha ham hisoblash mumkin. Masalan stanoklar bilan, xom ashyo
bilan, elektr energiya bilan, yoqilg’i bilan va boshqa moddiy resurslar bilan
ta’minlanganligini aniqlash mumkin. Moddiy resurslardan foydalanishning
to’liqliligini asosan korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish
darajasi isbotlaydi. Korxonalarda mehnatni moddiy resurslar bilan
ta’minlanganlik darajasi. Uni jami moddiy resurslar qiymatini korxonada
mavjud bo’lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash
mumkin. Bu ko’rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar
qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin.
Uni alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan
ta’minganlik ko’rsatkichlari bo’yicha ham aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish imkoniyatlariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini
korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi
isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab
chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning
o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy
moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri
keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda materiallardan foydalanish samaradorlik

ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi.
Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab
chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga
taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar
qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti
qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu
ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har
bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi.
Materiallar xarajati koeffitsienti - haqiqiy sarflangan materiallar xarajatini
biznes rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan
ko’rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarish jarayonida
materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu
koeffitsient 1 dan katta bo’lsa moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini
bilish mumkin.
Material sig’imini alohida ko’rsatkichlari moddiy resurslarning ayrim
turlaridan samarali foydalanishni xarakterlaydi. Ular qatoriga yoqilg’i sig’imi,
material sig’imi, xom-ashyo sig’imi kabi ko’rsatkichlarni kiritish mumkin.
Odatda material sig’imini o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir etadi. Material
sig’imining omilli tahlilining tuzilishini quyidagi 4-chizma ko’rinishida
tasvirlash mumkin bo’ladi.
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlarining natijasi hamda samaradorligi
ularning material resurslari bilan ta’minlanganligiga bevosita bog’liqdir.
Chunki, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi
material resurslarining talab darajasda bo’lishligini ob’ektiv ravishda taqozo
etadi. Shuning bilan birgalikda u resurslar zamon talabiga ham mos kelishi
lozim. Korxonalarning material resurslariga bo’lgan talabini aniqlashda
me’yoriy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Ya’ni, qancha
stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy
resurslar bo’yicha alohida-alohida hisob-kitoblar qilinadi.


Download 412,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish