Ushbu ko‘rsatkichlar tahlili
natijalaridan kelib chiqib,
aytishimiz mumkinki, milliy qimmatli qog‘ozlar bozori va uning
savdo tizimining umumiy iqtisodiyotdagi roli juda past. Bu esa
bizdan bozor infratuzilmalarining aynan
ushbu sektorining rolini
oshirishni talab etadi. Zero, qimmatli qog‘ozlar bozori savdo
tizimi infratuzilmaviy salohiyati imkoniyatlari toMiq amalga
oshirilmayapti.
Yuqoridagi jadval m a’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, bozor
infratuzilmasining aksiyadorlik jamiyatlarining soni 2004-
yildan
boshlab 2010- yilgacha oldingi to ‘rt yillikka nisbatan deyarli ikki
marta kamayib ketgan. Ushbu tendensiya 2005-2010- yillarda
ham davom etib, 2010- yil holatiga ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari
soni 1402 tani tashkil etgan. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan
chiqarilgan aksiyalar sonida ham 2003- yilga nisbatan 2009- yilda
deyarli besh barobarga, ular tomonidan amalga oshirilgan emis
siya miqdorida esa 1,5 barobarga pasayish kuzatilgan. Ushbu ho
lat so‘nggi yillarda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondiga
qo‘yilgan talablaming o ‘sishi bilan bog‘liq.
Ammo ulaming soni
o ‘sishi kamaygani bilan ustav fondlari miqdori so‘nggi yillarda
barqaror oshgan. Ushbu talablar aksiyalar birlamchi bozori savdo
sining so‘nggi yillarda faqat ortishiga imkoniyat yaratadi. Ammo
korporativ obligatsiyalaming savdosi so‘nggi yillarda rivojlan
maganligi ushbu tizimning muammolaridan sanaladi. Buning asosiy
sabablaridan biri respublikamizda 2004- yildan boshlab faqat ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari korporativ obligatsiyalar chiqarish huquq-
ining kiritilishi hisoblanadi. 2004- yildan oldin boshqa shakldagi
korxonalar ham obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega edilar. Bu
respublikamiz tomonidan bozor infratuzilmasining tartibli ishlash-
ini ta ’minlovchi
chora hisoblansa-da, obligatsiyalar savdosining
birmuncha kamayishiga olib keldi. So‘nggi yillarda qabul qilingan
qonun va huquqiy-me’yoriy xujjatlar tijorat banklari obligatsiyalari
emissiyasining bir necha o ‘n barobarga ortishini ta’minladi. 2010
-yilga kelib, obligatsiyalar savdosi (2010- yilda 203,8 mlrd. so‘m,
112
2009- yilda esa 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan) ning tez sur’atlar
bilan o ‘sishiga xizmat qildi.
Toshkent respublika fond birjasining infratuzilmasidan
biri bo‘lmish listingda aksiyalaming ko‘payishi esa bu sohadagi
muammolardan hisoblanadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, Toshkent respublika fond birjasi 2010- yilda respublikada
mavjud 1402 ta aksiyadorlik jamiyatidan bor-yo‘g ‘ i 90 tasi Toshkent
respublika fond birjasi listingi ro‘yxatidan joy oigan.
Bu esa biija
faoliyati uchun juda ham kichik ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan
birga, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi umumiy holatni ifodalovchi
birja indeksining aniq va real hisoblanishi imkoniyatini bermaydi.
Buning uchun esa mamlakatimizda ikkilamchi bozorning faol
ligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Hozirda respublikamizda
qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushmagan bozorining o‘sishi o‘z
navbatida qimmatli qog‘ozlar birlamchi bozorining o'sishi hissasi-
ga to‘g ‘ri keladi. Bizga m a’lumki, jahon qimmatli qog‘ozlar bozori
savdo tizimining rivojlanganlik darajasi qimmatli qog'ozlarning
ikkilamchi bozori savdosining rivojlanishi bilan belgilanadi. Bun
dan ko‘rinadiki, respublikamizda qimmatli qog‘ozlar
ikkilamchi
bozorini rivojlantirish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Shuningdek, aytish kerakkki, qimmatli qog‘ozlar bozorida
umumiy o ‘sish tendensiyalari kuzatilmoqda, lekin ulaming mam
lakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi past darajada qolmoqda.
Buning uchun respublikada bir qancha islohotlar amalga oshirilmo
qda. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: