Amonboyev mahammadsidik bozor infratuzilmasi


B i l i m n i m u s t a h k a m l a s h b o ‘y i c h a n a z o r a t s a v o l l a r i



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/154
Sana22.02.2023
Hajmi3,98 Mb.
#913637
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154
Bog'liq
61a1df565b84c4.81967751

B i l i m n i m u s t a h k a m l a s h b o ‘y i c h a n a z o r a t s a v o l l a r i :
100


5-bob. 0 ‘ZBEKIST0NDA BOZOR
INFRATUZILMASINING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI
5.1. 0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishida
fond bozorining ta’siri
0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirish va sa­
marali faoliyatini ta’minlash natijasida aynan fond birjalarini rivo­
jlantirish hamda savdo aylanmasini ko'paytirishga alohida e ’tibor 
berildi. Natijada Toshkent fond birjasida ikkilamchi bozor shak- 
llantirildi va samaradorligi oshirildi.
Toshkent fond biijasida ikkilamchi bozorda banklar qim­
matli qog‘ozlari sotuvi yillar davomida o ‘sib borganini ko‘rishimiz 
mumkin (5.1.1 -rasm).
100
%
90%
80%
70
%
60
%
50%
40%
30%
20
%.
10
%
0
%
m
boshqa sohalm qimmatli qog’ozlari
banklni qmmintli qoozlan
5.1.1-rasm. 0 ‘zbekistonda tijorat banklarining umumiy birja
aylanmasidagi ulushi.
Rasmdagi ma’lumotlarga ko‘ra fond bozorlarida boshqa so­
halar qimmatli qog‘ozlar ulushi kamayib borganligining guvohi 
boMishimiz mumkin. Buning sababi esa qimmatli qog‘ozlar bo­
zorida moliya sektori, aynan, banklar qimmatli qog‘ozlari narxlari 
va likvidligining ortib borishi hamda banklaming iqtisodiyotdagi 
rolining oshganligi orqali namoyon boMadi. Unga ko‘ra bank­
lar qimmatli qog‘ozlarining umumiy birja aylanmasidagi ulushi
101
2008 у 
2009V 
2010v 
2011 у 1 oktvabr


2008- yildagi 39,1 foizdan 2011- yil 1- oktabr holatiga 62,4 foizga 
yetganini ko'rishimiz mumkin.
Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi 
ko‘p jihatdan qimmatli qog‘ozlaming likvidligi va ulaming daro- 
madligi bilan bog‘liq bo‘lib, banklaming qimmatli qog‘ozlariga 
nisbatan boshqa sohalar qimmatli qog‘ozlarining yetarli darajada 
oshmayotganligi ulaming fond biijalaridagi ishonchliligini ham 
ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz fond bozorining rivojlanishiga bank-moliya 
sohasidagi kompaniyalar, ayniqsa, tijorat banklari o‘zlarining katta 
hissasini qo‘shmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozoriga xizmat qiluvchi infratuzilma 
muassasalari mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o ‘tish munosa­
bati bilan tarkib topayotgan sohalardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasida Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qoshida 
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat 
qilish maqsadida 1996- yilning mart oyida maxsus markaz tashkil 
etilib, unga quyidagi vazifalar yuklatildi:
-m am lakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, 
rivojlantirish, nazorat qilish va bajarish borasida davlat siyosatini 
amalga oshirish;
-m am lakatda ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar 
chiqarilishi va bozor qatnashchilarining, qimmatli qog‘ozlar tuz­
ilmasi va rivojlanishi bo‘yicha m a’lumotlar bankining yagona 
reestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotini tashkil etish, qim­
matli qog‘ozlar muomalasini, bozor qatnashchilarining kasb faoli­
yatini boshqarish;
-qim m atli 
qog‘ozlar 
bozorlarida 
milliy 
va 
xorijiy 
emitentlaming samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur huquqiy 
shart-sharoitlami ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
—qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalami amalga oshiruvchi 
yuridik va jismoniy shaxslar — investorlaming huquq va manfaatla­
rini himoya qilish;
102


-qim m atli qog‘ozlar bozorining holati va uning qatnashchi­
lari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
-qim m atli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini 
tashkil etishda qatnashish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy 
boshqaruv organlarining, birlashmalaming qimmatli qog‘ozlar bo­
zoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga 
binoan 1994- yilda Toshkent fond birjasi tashkil etilib, bugungi 
kunda u respublikamizda 12 ta mintaqalararo bo‘linmalarga ega. 
Toshkent fond birjasining mintaqalararo savdolar qatnashchi­
lari mintaqalardagi savdoga chiqariluvchi aksiyalar hajmi haqi­
dagi axborotga ega bo‘lib qolmasdan, balki bevosita bitim tuz­
ish imkoniga egadirlar. Bunday bitimlar taklif qilingan aksiyalar 
bo‘yicha elektron bankning mavjudligi tufayli Toshkent fond birja­
sida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan maxsus 
telekommunikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mustaqillikning birinchi 10 yilligida Fond birjasini tashkil 
etish bilan bir qatorda investitsiya muassasalari - fond bozorin­
ing ixtisoslashgan ishtirokchilari tarmog‘ini ham shakllantirishga 
kirishildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar bozorin­
ing amal qilishi mexanizmi to ‘g ‘risida»gi Qonuniga binoan qim­
matli qog‘ozlar bozorida maxsus faoliyatni amalga oshiruvchi 
investitsiya muassasalarining 9 ta turi - investitsiya vositachisi, 
investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi, investitsiya 
fondi, boshqaruv kompaniyasi, depozitariy, hisob-kliring tashki­
loti, qimmatli qog‘ozlar egalari ro'yxatini yurituvchi, qimmatli 
qog‘ozlar nominal yurituvchisi belgilab berildi (5.1.1-jadval). Bu 
bozor iqtisodiyotining ilk bozor infratuzilma institutlarini shakllan­
tirish davrlariga to‘g‘ri keladi va ulaming rivojlanishini ta’minlash 
ko‘p jihatdan tadbiqiy xususiyatga ega boMgan. Hozirda bu so­
halami rivojlantirish borasida juda keng ko‘lamdagi iqtisodiy islo­
hotlar amalga oshirilmoqda.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish