-Ayg’oqchi3
-Asas4- kechki qorovullar, qidiruv ishlari boshliqlari.
-Askar5-
-Axtochi6-salohdor
-Amir ul-umaro7- amirlar amiri.
-Darakchi8- chopar.
-Darvozabon9-
-Daha amiri10--Dongdochi11- chegara mutasdilarning boshlig’i.
-Dorug’a12- viloyat hokimi, soqchilar boshlig’i.
-Josus13-
-Joxu14- choh qazivchilar bo’linmasi.
-Jevachi15- qurol aslaha saqlovchi.
-Jovang’or amiri16- chap qanot qo’shinlari amiri.
-Zirxdor17- zirxli qo’shin.
-Zobit dorug’a18-
-Posbon19-
-Ichkilar20- hukumdorning xos askarlari.
-Kamondor21-
-Kema haydovchi22-
-Navkar23- otliq.
-Malloh24- matros.
-Nayzador25-
-Nayzador- suvori26-
-Naqbchi27- qal’aga rahna ochuvchilar.
-No’yon28- ulug’ amir ma’nosida.
-Piyoda29-
-Rixtagar30- o’q otar qurollar yasovchi usta.
-Sarboz31-
-Sipohiy32- otliq qo’shin.
-Sipoh mehtar33-
-Suvoriy34-
-Tavochi35- urush vaqtida viloyatlardan qoshin yig’ib beruvchi
-Tavochi amir36-
-Tirandoz37- o’q otuvchilar.
-Ko’xkan38-Tog’ teshar
-Xos ichkilar39- hukumdorning eng yaqin harbiylari.
-Chandovul40- lashkar bo’linmalarining orqa qasmida xizmat qiluvchilar.
-Cho’pdor41- soqchi.
-Yurtchi42- lashkar qo’nog’i uchun joy tanlovchi.
-Yalovbardor43- bayroq ko’taruvchi.
-Qo’riqchi44-
-Ko’rchi45- salohbardor.
-Haram soqchilari46-
-Keshik amiri47-
-Amir hazora48- minglik qo’shin qo’mondoni.
-Harbiy bakovul49-
-Tuman og’asi50- o’n minglik qo’shin qo’mondoni.
-Tuvachi51- qo’shin tuyalari ushun mas’ul shaxs.
-Tug’chi52- bayroqdor.
-Yasoqchilar53- hukmni ijro etuvchi harbiylar.
-Kamonchi54-
-Mingliklar ta’minotchisi55-
-Muhofiz56- qo’riqchi.
-Sipohsolor57- qo’mondon.
-Fidoyi58- suiqasd qilish uchun maxsus tayorlagan qotillar.
-Chopar59-
-Qorovul60-
-G’ajarchi61- qo’shinga yo’l boshlovchi.
-Belchi62- harbiy muhoraba paytida yer kovlovchi
-Jibagar63- qurol yasovchi.
-Mingbegi64- mingliklarning boshlig’i shu nom bilan atalgan.
-Miroxur65- ot va otxona uchun mas’ul shaxs.
2.3. Harbiy rutbalar,faxriy harbiy laqablar,faxriy nom va martabalar.
-Amir66- harbiy boshliq, urug’dagi harbiy boshliq.
-Amiri67 ulus- ulus amiri.
-Botir68-
-Jondor69-
-Mirzo70-
-Muboriz71-
-Munjamon72-
-No’yon73-
-Pandor74-
-Pahlavon75-
-Bahodir76-
-Alamdor77-
-Jang-jang78-
III. Xulosa.
Amir Temur taktika va strategiyani ishlab chiqqan buyuk sarkardalardan biridir. U bahssiz donishmand davlat arbobi sifati va iste’dodli sarkardalikni o‘zida mujassam etgan, o‘z zamonasining muvaffaqiyatli va kuchli harbiy boshlig‘i edi.
Amir Temurning tarixiy buyukligi, unga tarixning o‘zi tomonidan yuklatilgan bir qator burchlarni bajarganligidadir.
Birinchi burch – O‘rta Osiyo hududini yagona markazlashgan davlatga birlashtirish.
Ikkinchi burch – Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning tormor etilishi bo‘lib, shundan keyin cho‘l davlati o‘zining avvalgi qudratini tiklay olmadi. Bu o‘z navbatida uning hokimiyatini rus knyazliklari ustidan kuchsizlanishiga va birlashgan Moskva Rusini mo‘g‘ullar zulmidan to‘lig‘icha ozod bo‘lishini tezlashtirdi.
Uchinchi burch – Amir Temurning 1402 yilda Anqara yaqinida usmoniylar sultoni Boyazidning ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan bog‘liq. Usmoniylar davlati armiyasini tormor etib, Amir Temur shu bilan uni kichik davlatlarga bo‘lib tashladi. Bu davlatning yana yagona bir davlatga birlashishiga uzoq 50 yil talab qilindi.
Mana shu yarim asrlik davr SHarqiy va Markaziy Evropa xalqlari uchun juda muhim bo‘ldi. U usmoniylarning g‘arbga ekspansiyasini yarim asrga kechiktirdi. Mana shu vaqt mobaynida Evropaning tarqoq davlatlari o‘z qudratlarini ancha mustahkamlab oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov, 1996 yil 18 oktyabrda Temuriylar tarixiy muzeyining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, «Amir Temurning o‘chmas xizmatlari, uning bosqinchilarga qarshi turib, ularga uzil kesil zarbalar berganligida, Turkiston erida tarqoq o‘lkalarni va xalqlarni birlashtirib, ozodlik bayrog‘ini baland ko‘targanligida va qudratli markazlashgan davlat barpo etganligidadir»–deb ta’kidlagan edi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Amir Temurning nomi, boy merosi tiklandi. 1996-yil mamlakatimizda Amir Temur yili, deb e'lon qilindi, Sohibqiron tavalludining 660-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda muhtasham haykallari qad rostladi. Ulug' bobomiz sharafiga orden ta'sis etildi. 2011-yili davlatimiz rahbari so'zboshisi bilan "Temur tuzuklari" mukammal holda, yuksak sifat bilan yangidan chop etildi.
Bu yil ulug' bobokalonimizning 680-yilligi keng nishonlanmoqda.
Amir Temur merosi shijoat, mardlik va adolat timsoli sifatida yuksak qadr va e'zozga loyiq. Sohibqiron o'z davrining eng qudratli davlati asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat homiysi, dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk bunyodkordir.
Mamlakatimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, farzandlarimiz uchun hech kimdan kam bo'lmagan hayot barpo etish, yoshlarni jismonan, aqlan va ma'nan yuksaltirish borasidagi barcha islohotlar Amir Temur bobomizning dunyoqarashi va tutumlariga mohiyatan uyg'un. Zotan, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, Amir Temurni anglash – o'zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug'lash – tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
Xalqqa doim mehr-muruvvatli bo'lgan Amir Temur adolat va haqiqat uchun kurashgan, saltanatni ham ana shu mustahkam asosga qurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |