Amir Temur shaxsini idrok etish-tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash-o‘zligimizni anglash demakdir



Download 61,58 Kb.
bet10/12
Sana13.07.2022
Hajmi61,58 Kb.
#785482
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Z.Yoqubov

to’rtinchi toifaga1- amirlar, sarhanglar,sipohsolorlarga majlisidan o’rin berib, martabalarini yuqori ko’tardi. Ular bilan suhbatlashib, maslatlar olar edi. Amir Temur jang maydonida mardona qilich chopishga shijoatli jasur kishilarni xush ko’rardi, jang maydonlariga ot choptirib kirib-chiqish usullarini, g’anim lashkari to’pini buzib, saflarini sindirishni, nayza sanchib, qilich chopishni ulardan so’rar edi. Sipohgarlik shlarida ularga ishonib kengash so’rar edi.
Beshinchi toifa2- sipoh va raiyat bo’lib, har ikkisiga bir ko’z bilan qarar edi. Sipohiylardan chiqqan bahodirlar, dovyuraklarga maxsus faxrli o’tog’, kamar va o’qdon taqdim etib, martabalarini ko’tarar edi. Amir Temur aytadiki “ Har mulk va mamlakatning beklari, ulug’lari, boshliq oqsoqollarini hurmatladim; ularga sovg’a-salomlar berib, xizmatlaridan foydalandim. Sipohiylarimni hamisha jangga tayor holda tutdim; oylik haqlarini so’rattirmay vaqtida berardim. Chunonchi Rum yurishida sipohiylarimga o’tgan va kelajakda qiladigan xizmatlari uchun yeti yillik oziq ovqatlarini bir varakayiga berdim. Sipoh va raiyatni shunday tutdimki, birontasi ikkinchisiga zulm ko’rsatib, oyoq osti qilolmas edi. Boshqa sipohiylarni oz martabalariga va darajalariga qarab shunday saqladimki, ular haddidan oshib ortiqcha qadam qo’yaolmasedi. Ularning martabalarini nako’p ko’tarib hovliqtirdim va na ko’p tushirib ko’ngillarini cho’ktirdim. Qaysi biri biror xizmat ko’rsatar ekan, in’omlar berib, boshqalardan ayricha hurmatladim”. Amir Temur hammani aqli va shijoatini sinov tarozisida tortib ko’rib, boshqalarnikidan ortiqroqligini ko’rsa uni tarbiyasiga olib amirlik darajasigacha ko’tarar edi. So’ngra ko’rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardi.
XV asr mualliffifi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumot berishicha, harbiy safarda har bir jangchi o’zi bilan bir yilga etadigan oziq ovqat, kamoni bilan o’ttiz o’qli sadoq (o’qdon), sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyda bitta zaxira chopqir ot, o’rdugohdagi har bir o’nlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, o’roq, bolta, bigiz, ikkita belkurak, yuzta igna, arqon, bitta oshlangan pishiq teri bolishi shart bo’lgan. Harbiy safarbarlik paytida har bir viloyat oldindan belgilab qo’yilgan asosiy hamda zaxira qisimlarni to’plab bergan. Viloyatlar toshotar, devor buzuvchi, o’t otuvchi kabi moslamalarni ishlatishni biladigan jangchilarni tayorlab bergan. Viloyatlardagi askariy qisimlarni to’plash hamda markazga yoki tayinlangan manzilga jo’natitish bilan tavochi lavozimidagi amaldor shug’ullangan.Qo’shindagi har bir harbiy,- xoh amir, xoh oddiy sipohiy bo’lsin,belgilangan nizomni qat’iy bajarishga majbur bo’lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo’lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomila qilishi hamda adolatli bo’lishi lozim hisoblangan.
Sohibqiron qo‘mondonlik safiga yuqori talablarni qo‘ygan. U qo‘mondonlik safining doimo o‘zlarining jangovar, ma’naviy psixologik sifatlarini doimo takomillashtirishini kuzatib borgan.

Amir Temurning shaxsan o‘zi sarkardalarni tanlagan va tarbiyalagan. O‘n begilar, yuz begilar, ming begilar va tuman begilarni to‘g‘ri tanlash armiyaning jangovar muvaffaqiyatini aniqlab bergan. Amir Temur tajribali jangchilarga alohida e’tibor bergan. Ko‘pgina yirik janglarda ishtirok etgan va harbiy harakatlarni o‘zining asosiy mashg‘uloti deb bilgan tajribali jangchilar safardan oldin bir joyga yig‘ilgan. Ular davlat maoshlarini oluvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.


Qo‘shin o‘nlikka, yuzlikka, minglikka va o‘n minglikka (tumanga) bo‘lingan. Iste’dodli harbiy boshliqlarni tanlashga katta e’tibor berilgan.
Amir Temur turli unvondagi harbiy boshliqlardan jasurlik, sezgirlik, topqirlikni talab qilgan.
Har bir harbiy boshliq o‘zining o‘rinbosariga ega bo‘lgan. Agar harbiy boshliq safdan chiqsa uning o‘rnini o‘rinbosari (noibi) egallagan.
Amir Temur katta jasoratlari uchun turli xil rag‘batlantirishlardan foydalangan. Uning «Tuzukot»ida: «Men, dushmanning podsholigini zabt etganligi yoki uning armiyasini tor-mor etganligi uchun amirlarga uch turdagi mukofotni o‘rnatdim, unga «qo‘rqmas» unvonini berdim... Men uni o‘zimning kengashimga kirishiga ruxsat berdim va keyinchalik chegarbo‘yi viloyatlaridan birini boshqarishni topshirdim.
Qandaydir bir shahzodaning qo‘shini ustidan g‘alaba qozongan amir xuddi shunday mukofotga sazovor bo‘ladi».
Amirdan unvoni kichik bo‘lgan boshqa komandirlar uchun ham har xil moddiy va ma’naviy mukofotlar belgilangan.
Boshliqlarni tanlashga Amir Temur katta e’tibor bergan. «Hukmdorligi – degan edi u – qamchi va tayoqdan past bo‘lgan boshliq unvonga munosib emas». O‘nliklar o‘n begilar tomonidan tanlangan, yuzliklar, mingliklar va yuqori boshliqlar qo‘mondon tomonidan tayinlangan.
Amir Temur qo‘shinining asosini ko‘chmanchi qabilalar tashkil etib, ular otliqlar va kamonchilarni etkazib bergan. O‘troq xalq armiyaga piyodalarni va yordamchi xo‘jaliklar uchun ishchilarni va shaharlarni qamal qilish uchun jangchilarni, ya’ni katapultalarni ishlatuvchi, taranlarni uruvchi, yonib turgan kamon o‘qlarni va neft aralashmasidan tayyorlangan yonuvchi granatalarni otuvchi askarlarni etishtirib bergan.
Amir Temur armiyasidagi jangchilarga doimiy maoshlar to‘langan. Maoshning hajmi xizmatni qanday olib borilishiga bog‘liq bo‘lgan. Oddiy askar 2 tadan 4 tagacha otning bahosiga teng bo‘lgan maoshni, o‘n begi – o‘z o‘nligining maoshiga teng miqdordagi maoshni olgan (shuning uchun u o‘z jangchilarining yuqori maoshga erishishlariga manfaatdor bo‘lgan); yuz begiga oltita o‘nlikning maoshiga teng miqdordagi maosh to‘langan va hokazo. Intizomiy jazolarning turlaridan biri maoshning o‘ndan bir qismini ushlab qolish bo‘lgan.
2.2. Harbiy unvon,mansab va vazifalar hamda ularga tayinlash tartibi va ulufa berish.
Harbiy lavozim,unvon,vazifalar, ijtimoiy tabaqalar,kasblar, epitafiyalarni 2ga bo’lib yoritayotganimizning sababi kelib chiqishi harbiy bo’lgan kishi davlat oldida hech qanday vazifa bajarmagan yoki qaysidir amalda xizmat qililgan bo’lishi ham mumkin. Manashundan kelib chiqqan holda biz ushbu sohadagi titullarni 2 guruhga ajratib ko’rsatishga harakat qildik.

Download 61,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish