AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI
AQSh, shtat, federal okrug, federativ respublika, kongross, senat.
Geografik o’rni va mamlakat haqida umumiy ma’lumotlar. AQSh yer maydoni butun G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan katta bo’lganligi bilan Rossiyadan keyingi o’rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Arnerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan.
Hozirgi kunda AQSh - Federativ Respublika. Mamlakatda 1787- yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari — Prezident. Qonun chiqaruvchi organ — kongress.
TABIIY SHAROITI VA TABIIY BOYLIKLARI
Mamlakatning materik qismi hududi dehqonchilik va chorvachilikning deyarli barcha tarmoqlarini yetishtirish uchun qulay bo’lgan agroiqlim resurslariga ega. AQShning juda katta maydonini egallagan dasht zonasi mamlakatning eng yirik g’alla makonidir. Qizig’i shundan iboratki, deyarli 100-120 mln. tonna don lalmi yerlarda yetishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6-7 yilda bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg’oqchil kelib, don ekinlari binnuncha zarar ko’radi.
AQSh — tabiiy resurslarning barcha turlariga boy. Mineral resurslarning ba’zi bir turlarining zaxiralari bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarni egallaydi. Shular qatoriga toshko’mir, mis, molibden, aluminiy xomashyosi, qo’rg’oshin-rux, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
Yoqilg’i-energetika resurslari toshko’mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. Toshko’mirning yirik konlari Appalachi havzasida hamda O’rta G’arb rayonida mavjud, bir yilda mamlakatda 900 million tonnadan ziyod ko’mir qazib olinmoqda.
AQSh yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska(Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kaliforniya shtatlarida hamda Meksika ko’rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400-450 million tonna atrofida neft qazib olinmoqda.
AQShda yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kaliforniya shtatlari va Meksika ko’rfazi). Mamlakatda yiliga o’rtacha 500 milliard kub.m. tabiiy gaz olinmoqda.
AQShda qora va rangli metallurgiya tarmoqlari uchun zarur bo’lgan rudali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko’p.
Temir rudasining katta zaxiralari Buyuk ko’llarning sohillaridagi konlarda to’plangan.
Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara gidroenergiya resurslariga boy bo’lib, undan hozirgi vaqtda samarali foydalanilmoqda.
Aholi soni bo’yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so’ng 3- o’rinni egallaydi. Aholi sonini bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o’ynagan.
AQSh aholisining soni 2004- yilning 1- yanvarida olingan ma’lumotga ko’ra 291,0 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,2 foizga teng bo’lmoqda. Aholi soni tabiiy ko’payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o’smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug’ilmoqda, 9 kishi o’lmoqda. Tabiiy ko’payish koeffitsienti 7 ga teng. O’rtacha yashash davri erkaklar uchun 75 yoshni, ayollarda 81 yoshni tashkil etadi.
AQSh aholisining o’rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o’rtacha 1 kv. km. maydonga 29 kishi). Aholi notekis taqsimlangan.
Aholisining soniga ko’ra yirik shtatlar quyidagilar: Kaliforniya (35 mln. kishi), Nyu-York (21 mln. kishi), Texas (20 mln. kishi), Florida (16 mln. kishi). Umuman, mamlakatning iqtisodiy rivojlangan, yuqori darajada sanoatlashgan hududlarida aholining deyarli 2/3 qismi istiqomat qiladi (Bosvash, Chpits, Sansan). AQSh jahonning yirik urbanizatsiyalashgan hududlaridan biridir (shaharlarda yashovchilar ulushi 75 foiz). Millioner shaharlar qatoriga Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Xyuston, Filadelfiya, Detroyt, Dallas, Sietl, Boston, San-Fransisko va boshqalar kiradi.
XO’JALIGI
Jahon mamlakatlari orasidan AQSh singari e’tiborni o’ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul. U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo’lib, ko’p sohalarda jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o’ynaydi. AQSh yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neft, tabiiy gaz. ko’mir va po’lat ishlash bo’yicha u 3 ta yetakchi jahon davlatlari ichiga kiradi. Elektr energiya ishlab chiqarish bo’yicha esa AQSh yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektr texnika, elektronika va aerokosmik mahsulotlari sifati, rivojlanish darajasi bo’yicha, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsozlik tarmoqlarining, kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo’yicha AQSh dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda ikkinchi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi. Amerikaning yirik korporatsiyalari o’zi amalga oshirayotgan ishlari bo’yicha transmilliy xarakterga egadir. Jahonning yirik 500 ta TMK lari orasida 100 dan ziyodi AQShda joylashgan. Ro’yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motor» va «IBM» turadi.
Qora metallurgiya. Sanoatning bu tarmog’ini «muammoga» boy deb aytish mumkin. Boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar singari AQShda qora metall eritish qisqarmoqda (90- yillar boshlarida taxminan 100 mln.t., hozirda 75—80 mln.t.). Bu sohada ishlovchilar soni ham kamayib ketmoqda. Qora metallarni eritish jarayonini mamlakatda bir nechta yirik kompaniyalar nazorat qiladi. Shularning eng mashhuri — «Yunayted Steyts Stil» korporatsiyasidir.
Rangli metallurgiya. AQSh rangli metallarning asosiy turlarini yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Mis, rux, qo’rg’oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida mavjud. Yirik rangli metallurgiya rayoni Tinch okean sohilining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSh sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40 foizi to’g’ri keladi. AQSh mashinasozligini o’n minglab korxonalar va minglab firmalar tashkil etadi, lekin shularning ichida bir nechta yirik monopoliyalar hukmronlik qiladi. Avtomobilsozlikda — «Jeneral Motors», «Ford Motor»; aviasozlikda — «Boing», «Makdonald Duglas», «Lokxid»; elektronikada — «Jeneral elektroniks», kompyuter ishlab chiqarishda — «Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) shular jumlasidandir. Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avtomobilsozlikdir. Avtomobilsozlik tarmog’i AQShning 20 ta shtatida mavjud. Michigan shtatidagi Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning hamma katta shaharlari (Toledo,Chikago, Klivlend, Buffalo va boshqalar) avtomobilsozlikning markazlaridir.
Aviatsiya sanoati — AQSh xo’jaligining yirik tarmoqlaridan bin. Uning tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari; «Boing», «Yunayted Teknolojis», «Makdonald Duglas», «Lokxid». «Boing»esa jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir.
AQShda kemasozlik markaztari Atlantika okeani va Meksika qo’ltig’i sohillaridagi shaharlarda joylashgan.
Elektr texnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSh va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning yirik markazlari — Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston, Pittsburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallas va Fort-Uert.
Kimyo sanoati. AQSh dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon dc Nemur», «Dou kemikl», «Monsanto» va boshqa firmalar yuqori o’rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar (plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk), mineral o’gitlar, bo’yoqlar, tnaishiy-kimyoviy bo’yoqlar, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Oziq-ovqat sanoati AQShda boshqa yirik tarmoqlar bilan bir qatorda turadi. Bu tarmoq mamlakat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga tayanadi. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining katta qismi Shimoliy shtatlarga to’g’ri keladi. Yirik go’sht-konserva zavodlari G’arbiy shtatlardagi shahar va shaharchalarda ishlaydi. Dunyoda «Кока-Kola», «Pepsi-Kola» firmalarining mahsulotlari keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |