Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

Xizmatga qabul qilish 
Soliq organlarida xizmatga o‗zlarining kasb malakasi
ishchanlik, shaxsiy va ma‘naviy-axloqiy sifatlariga, ma‘lumoti 
darajasiga va salomatligiga ko‗ra soliq organlariga yuklangan 
vazifalarning bajarilishini ta‘minlashga qodir bo‗lgan O‗zbekiston 
Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. 
Soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o‗rta 
maxsus, kasb-hunar ta‘limi darajasidan kam bo‗lmagan iqtisodiyot, 
huquq, kompyuter texnologiyalari va informatika ta‘limi sohasidagi 
yo‗nalishlar va mutaxassisliklar bo‗yicha ma‘lumotga ega bo‗lgan 
shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi. 


120 
5-chizma 
Shaharlar (tumanlar) DSI larning namunaviy tuzilmasi 


121 
Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda 
oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga 
soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida 
zaruriy bilimlarga, shuningdek, ish tajribasiga ega bo‗lgan xodimlar 
qabul qilinishi mumkin. 
Soliq organlariga yangi ishga qabul qilinadigan shaxslar 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi huzuridagi Malaka 
oshirish markazida kasbiy tayyorgarlik kurslaridan o‗tadilar. 
Soliq organlarining, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tayinlanadiganlardan tashqari, rahbarlik lavozimlari 
tanlov asosida iqtisodiyot, huquq, kompyuter texnologiyalari va 
informatika ta‘limi sohasidagi yo‗nalishlar va mutaxassisliklar 
bo‗yicha oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan shaxslar tomonidan 
egallanadi. 
Tanlovlar o‗tkazish, xizmatga qabul qilish va boshqa doimiy 
ishga o‗tkazish tartibi mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq 
Qo‗mita tomonidan belgilanadi. 
Tanlov 
quyidagi 
bosqichlarda 
o‗tkaziladi: 
birlamchi 
suhbatlashish va hujjatlarni o‗rganish; maxsus tekshiruv; 
suhbatlashish. 
Qo‗mitaning Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-
o‗rganishlar boshqarmasi va uning hududiy bo‗linmalari xodimlari 
tarkibi ta‘limning iqtisodiyot sohasidagi yo‗nalishlar va 
mutaxassisliklar bo‗yicha oliy ma‘lumotga hamda soliq organlarida 
Qo‗mita markaziy apparat xodimlari uchun - kamida 5 yil va 
hududiy bo‗linmalar xodimlari uchun - kamida 3 yil umumiy ish 
stajiga ega bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi. 
Quyidagi shaxslar: 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‗lmagan; 
jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga 
nisbatan 
jazo 
qo‗llanilganligidan, 
sudlanganlik 
holati 
tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti 
qo‗llanilganligidan qat‘i nazar, 
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati 
cheklangan deb e‘tirof etilgan; 
mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining 


122 
tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‗shatilgan 
(O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 
ikkinchi qismining 1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni 
tashkil etishdagi o‗zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish 
xususiyatining o‗zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining 
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi; 2) xodimning 
malakasi etarli bo‗lmaganligi yoki sog‗lig‗i holatiga ko‗ra 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‗lib qolishi; 5) o‗rindoshlik asosida 
ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati 
bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‗ra o‗rindoshlik ishi 
cheklanishi sababli o‗rindoshlar bilan mehnat shartnomasining 
bekor qilinganligi hollari bundan mustasno), shuningdek boshqa 
organ va tashkilotlardan obro‗sini to‗kadigan xatti-harakat sodir 
etganlik uchun bo‗shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati 
organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar. 
Xizmatga qabul qilayotgan shaxs bilan tegishli davlat soliq 
xizmati organi mehnat shartnomasi tuzadi. Davlat soliq xizmati 
organlarida xizmat qilish to‗g‗risidagi namunaviy mehnat 
shartnomasi shakli Davlat soliq qo‗mitasi raisi tomonidan 
belgilanadi. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul 
qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga 
asosan, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi 
(Ishga qabul qilishda dastlabki sinov) talablariga muvofiq uch oy 
sinov muddati bilan tayinlanadilar, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan shaxslar bundan 
mustasno. Davlat soliq xizmati organiga xizmatga qabul qilingan 
shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami 
beriladi. 
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslariga davlat 
soliq xizmati organlarida shtatdagi lavozimlarni egallab turgan 
shaxslar kiradi. Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik 
lavozimlari
-
davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv 
funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, 
tegishli qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, soliq 
organlari faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va 


123 
tartibga soluvchi, qo‗yilgan maqsadga erishish hamda soliq 
organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun 
zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlar bilan ta‘minlovchi xodimlari 
lavozimlari hisoblanadi. Inspektorlar tarkibi lavozimlari esa- 
yuqorida qayd etilgan vakolatlar berilmagan holda soliq organlariga 
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq xizmati 
xodimlari lavozimlari hisoblanadi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish