121
Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda
oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga
soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida
zaruriy bilimlarga, shuningdek, ish tajribasiga ega bo‗lgan xodimlar
qabul qilinishi mumkin.
Soliq organlariga yangi ishga qabul qilinadigan shaxslar
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi huzuridagi Malaka
oshirish markazida kasbiy tayyorgarlik kurslaridan o‗tadilar.
Soliq
organlarining, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tayinlanadiganlardan tashqari, rahbarlik lavozimlari
tanlov asosida iqtisodiyot, huquq, kompyuter texnologiyalari va
informatika ta‘limi sohasidagi yo‗nalishlar va mutaxassisliklar
bo‗yicha oliy ma‘lumotga ega bo‗lgan
shaxslar tomonidan
egallanadi.
Tanlovlar o‗tkazish, xizmatga qabul qilish va boshqa doimiy
ishga o‗tkazish tartibi mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq
Qo‗mita tomonidan belgilanadi.
Tanlov
quyidagi
bosqichlarda
o‗tkaziladi:
birlamchi
suhbatlashish va hujjatlarni o‗rganish; maxsus tekshiruv;
suhbatlashish.
Qo‗mitaning Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-
o‗rganishlar boshqarmasi va uning hududiy bo‗linmalari xodimlari
tarkibi ta‘limning iqtisodiyot sohasidagi yo‗nalishlar va
mutaxassisliklar bo‗yicha oliy ma‘lumotga hamda soliq organlarida
Qo‗mita markaziy apparat xodimlari uchun - kamida 5 yil va
hududiy bo‗linmalar xodimlari uchun - kamida 3 yil umumiy ish
stajiga ega bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
Quyidagi shaxslar:
O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‗lmagan;
jinoyat sodir etganligi uchun ilgari
sudlangan fuqarolar ularga
nisbatan
jazo
qo‗llanilganligidan,
sudlanganlik
holati
tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti
qo‗llanilganligidan qat‘i nazar,
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati
cheklangan deb e‘tirof etilgan;
mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining
122
tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‗shatilgan
(O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi
ikkinchi qismining 1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni
tashkil etishdagi o‗zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish
xususiyatining o‗zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi; 2)
xodimning
malakasi etarli bo‗lmaganligi yoki sog‗lig‗i holatiga ko‗ra
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‗lib qolishi; 5) o‗rindoshlik asosida
ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati
bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‗ra o‗rindoshlik ishi
cheklanishi sababli o‗rindoshlar bilan mehnat shartnomasining
bekor qilinganligi hollari bundan mustasno), shuningdek boshqa
organ va tashkilotlardan obro‗sini to‗kadigan xatti-harakat sodir
etganlik uchun bo‗shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati
organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
Xizmatga qabul qilayotgan shaxs
bilan tegishli davlat soliq
xizmati organi mehnat shartnomasi tuzadi. Davlat soliq xizmati
organlarida xizmat qilish to‗g‗risidagi namunaviy mehnat
shartnomasi shakli Davlat soliq qo‗mitasi raisi tomonidan
belgilanadi. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul
qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga
asosan, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi
(Ishga qabul qilishda dastlabki sinov) talablariga muvofiq uch oy
sinov
muddati bilan tayinlanadilar, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan shaxslar bundan
mustasno. Davlat soliq xizmati organiga xizmatga qabul qilingan
shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami
beriladi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslariga davlat
soliq xizmati organlarida shtatdagi lavozimlarni egallab turgan
shaxslar kiradi. Davlat soliq xizmati
organlarining rahbarlik
lavozimlari
-
davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv
funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi,
tegishli qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, soliq
organlari faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va
123
tartibga soluvchi, qo‗yilgan maqsadga
erishish hamda soliq
organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlar bilan ta‘minlovchi xodimlari
lavozimlari hisoblanadi. Inspektorlar tarkibi lavozimlari esa-
yuqorida qayd etilgan vakolatlar berilmagan holda soliq organlariga
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq xizmati
xodimlari lavozimlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: