Er shari o’rmonlarid O’zbekiston relьefini xar-xilligi tufayli, tuprog’i va o’simlik olami har xil bo’ladi. Eng pastki yerlarda asosan cho’l o’simliklari tarqalgan. Yerlari qum, taqirlardan iborat. Tuproq tarkibi yuqoriga qarab o’zgarib boraveradi.
O’zbekistonda 4150 atrofida o’simliklar turlari uchraydi. O’sadigan yovvoyi o’simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi.
O’zbekiston florasi o’simliklar olamida alohida o’ziga xos o’rin egallaydi. Muzliklar davridan so’ng hosil bo’lgan “Arkto-alьpiyskiy” o’simliklar tog’ va tog’ yon bag’irlarini egallaydi. Bu o’simliklar tekislikdan tog’ tomonga 1500-1700 metrgacha yetib boradi.
Janubiy pastroq zonalarda efemeroidlarga xos. Efemeroidlarni diferentsiatsiyasi va ko’payishi asosan tuproq tarkibiga qarab boradi. Efemerlar yirik formatsiyalar hosil qiladi. Efemeroidlar formatsiyasi bilan bir qatorda tekislik, dasht, qir (stepь) formatsiyalari rivojlanib borgan.
Dasht formatsiyalari boshqa yerlardan farqliroq tog’ va cho’l zonalariga kirib boradi. Tog’ o’simliklari o’ziga xos farmatsiyalar xosil qiladi. Bu farmatsiyalarda uchraydigan assotsiatsiyalar ko’proq kserofit o’simliklardan iborat.
Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, yovvoyi dorivor o’simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari.
Samarqand viloyati respublika markaziga joylashgan bo’lib, Zarafshon sohiliga kiradi. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini relьefi asosida uchga bo’lish mumkin.
- SHimoliy Nurota tog’lari yon bag’ri.
- O’rtasi-Zarafshon sohillari.
- Janubida-Zarafshon tog’ini adirlari.
Nurota atrofidagi vodiylar cho’l zonasiga kiradi. Vodiyga xos farmatsiya- ermon- Artemisia diffusa (polыnь raskidistaya).
Farmatsiya tarkibiga kiruvchi assotsiyatsiyalar: efemero- irisovo-polыnnaya;
irisovoe-adraspano-polыnnaya va eremurosovo-polыnnaya.
Atmosferaning sun’iy (antropogen) ifloslanishi. Atmosfera ifloslaniishning o‘sishi, hattoki inson yashashi kam bo‘lgan joylarda ham deyarli sezilarli ekan. Masalan: AQSH ning Yeluouston—milliy bog‘i — Amerikada eng toza havosi bilan ajaralib turadigan, keyingi 5 yil ichida zarrachalarning o‘rtacha soni 10 marta oshgan.
Kavkaz tog‘lari cho‘qqilarida o‘rnashib olgan chang zarrachalari 1930-1960 yillarda 20 marta ortgan.
Atmosfera ifloslanishining o‘sishi ko‘pigina omillarning hozirga zamon taraqqiyotiga xos bo‘lgan, energaya va metallurgiya sanoati ishlab chiqarishi, avtomobilь va samolyot sonining o‘sishi, minglangan tonna chiqindilarning yondirilishi va hokazoning ta’siri natijasi deb qarash lozimdir.
Yer kurrasida kishilarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda atmosferaga xar yili 500 ming tonna atrofida oltingugurt gazi(SO), sulfit oksidi, azot oksidi, karbonat angidrid va pestitsidlar chiqarilmoqda. Bulardan tashqari sement, ko‘mir, metallurgiya va boshqa sanoat korxonalarida ko‘plab atmosferaga kul, rux, qo‘rg‘oshin. chang va boshqa qattiq, moddalar chiqarilmoqda, shuningdek katta maydonlardagi o‘rmonlarni kesib, yerlarini haydash tufayli tuproq eroziyasi va defolyatsiya kuchaydi, o‘rmon o‘tloqlarida yong‘in ko‘paydi, qishloq xo‘jaligida pestitsidlarni qo‘llanilishi oqibatida atmosfera tarkibida chang, tutun, qurimlar, zaharli ximikatlar miqdorining ko‘payishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |