Ozon muammosi. Atmosferaning 20-30 km oralig‘ida joylashgan o‘ziga xos himoya qobig‘i-ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Yer yuzida dastlab 1970-yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50 foiz ga kamayishi qayd qilindi. Ko‘pchilik mutahassislar ozonning kamayishi texnogen yo‘l bilan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o‘zgarishi tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o‘zgarishi, boshqa omillar ta’sirida ham o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Lekin, sabablaridan qat’iy nazar ushbu muammoni ijobiy hal qilish yo‘llarini izlash, choralar ko‘rish lozimdir.
5 -rasm. Antarktida ustidagi
«Ozon tuynugi».
Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarning zararli ta’siridan himoya qiladi, sayyora-mizni o‘ziga xos isituvchi «qobig‘i» hisoblanadi. Sovutkich-larda ishlatiladigan xlorftorugle-rodlar (freonlar-CFCI3, CF2CIF2, CHCIF2)), azot oksidlari ta’sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi qutblarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Ozonning siyraklashuvi natijasida teri raki kasalligi ko‘payadi, ko‘z kasalliklari ortadi, hayvonlarga, o‘simliklarning fotosinte-tik faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarning oldini olish uchun milliy, mintaqaviy va umumjahon miqyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ozon muammosini hal qilishga qaratilgan Vena Konvensiyasi va mamlakat-larning ozon parchalovchi birikmalarni chiqarishini kamaytirish majburi-yatlarini olish bo‘yicha Monrealь bayonnomalari qabul qilingan.
Viloyatimiz hududida atmosfera havosiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan 46600 dan ortiq transport vositalari va 6700 dan ortiq yirik qo‘zg‘almas manbalar mavjud bo‘lib, ulardan bir yilda o‘rtacha 320000 tonnadan ortiq zararli moddalar atmosferaga chiqarilmoqda. Shundan 212,4 ming t. qo‘zg‘almas manbalarga, 108,2 ming t. qo‘zg‘aluvchan manbalarga to‘g‘ri keladi. Bundan atmosfera havosini ifloslaydigan birinchi darajali obyektlarga quyidagilar kiradi:
1. Muborak gazni qayta ishlash zavodi 55 ming t.
2. Muborak gaz konlari unitar sho‘ba korxonasi 5 ming t.
3. Sho‘rtan neft-gaz unitar shu’ba korxonasi 70 ming t.
4. Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi 15 ming t.
5. Muborak issiqlik elektr markazi 10 ming t.
Bu obyektlardan atmosfera havosiga chiqadigan zaharli moddalar viloyat bo‘yicha 65 foiz ni tashkil etadi.
O‘zbekistonda havoni ifloslanish darajasi buyicha birinchi urinda Olmaliq-145 ming.t., keyingi urinda Angren-126,2, Farg‘ona-88,8, Qarshi-73,4, Toshkent-23,2 va boshqa shaharlar turadi.
Toshkent shahri havosini ifloslantirishda avtomobil transport asosiy urinni egallaydi. Lekin keyingi yillarda avtomobillardan chiqayotgan chiqindilar ancha kamayib boryapti. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hisob-kitobicha, 1998 yilda umumiy chiqarib yuborilgan chiqindilar 354 ming tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, bu korsatkich 1992 yilda 115 ming tonnagacha tushdi.
Ifloslanish maishiy chiqindilar hisobiga ham ortib bormoqda. Aholi yashaydigan joylarda bunday chiqindilar ko‘plab yig‘ilib qoladi, natijada bundan havo, tuproq, suv ifloslanadi.
Inson uzi uchun qulay bo‘lmagan ekologik sharoitda yashashga majbur bo‘lmoqda, bu inson organizmiga ta’sir etmay quymaydi. Olimlarning ma’lumotiga qaraganda, Uzbekistonda keyingi 15 yilda katta yoshdagi aholi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish muntazam o‘sib borgan.
Hozirgi vaqtga kelib, bunday holatlarga va ularni avj olib ketishga inson yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib, kasalliklarning oldi olinmoqda, bemorlar davolanmoqda.
Mustaqil tayyorash uchun savollar.
1. O’rmon resuruslaridan foydalanish va tiklash.
2. Ozon muammosi?
3. O‘zbekistonda havoni ifloslanish darajasi?
Do'stlaringiz bilan baham: |