Amaliy matematika” fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi


Bankning komission (vositachilik) va trast operatsiyalari



Download 188,21 Kb.
bet2/4
Sana21.11.2022
Hajmi188,21 Kb.
#869767
1   2   3   4
Bog'liq
Tijorat banklarining operatsiyalari(1)

2. Bankning komission (vositachilik) va trast operatsiyalari
Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni bunda banklar mijozlarning hisobidanularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o‘tkazish bilan bog‘liq. Bunda mijoz o‘z bankiga uning hisobidagi ma’lum bir summani ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘tkazishni yuklatadi. Operatsiya nihoyasiga etganidan so‘ng bank mijoziga pul o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi yoki beradi. O‘tkazilgan operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi. Komission operatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Komission operatsiyalarning turlari. Akkreditiv operatsiyasidabank o‘z mijozidan uchinchi bir shaxs, ya’ni akkreditiv ochilgan shaxsga (benefitsiarlarga) to‘lov summasini o‘tkazish haqida topshiriq oladi. Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berishi kerak bo‘lgan summani avvaldan bankka qo‘yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo‘lgan hujjatlarni olish sharti bilan tadbirkor o‘z bankiga sotuvchiga pul to‘lashni yuklatishi mumkin. Inkasso operatsiyalari– bank tomonidan mijozlarga ularning o‘z topshiriqlari va o‘z hisoblaridan turli hujjatlar bo‘yicha pul olish jarayonini ta’minlaydi. Inkasso operatsiyalari cheklar, veksellar, tovar hujjatlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umuman, inkasso xaridor hisobvarag‘idan pulsummasini olish bo‘yicha bank harakatini bildiradi. Qimmatli qog‘ozlarni inkassolashtirishda mijoz ularni bankka shu qog‘ozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish uchun beradi.
Faktoring – mijozga aylanma kapital uchun kredit berish bilan birgalikda o‘tkaziladigan savdo-vositachilik operatsiyalariga tegishlidir. Bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizini shu zahoti to‘lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab to‘lash sharti bilan sotib oladi. Vositachilik operatsiyalarining o‘ziga xos yana bir turi ishonch operatsiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig‘i bo‘yicha ma’lum mulkni, pul yoki qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida saqlash, o‘tkazish va Akkreditiv operatsiyalar.
Komission operatsiyalar Inkasso operatsiyalari Faktoring operatsiyalar Ishonch operatsiyalarè Trast operatsiyalar boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Bularga, shuningdek, savdo-vositachilik operatsiyalari – mijoz topshirig‘i bo‘yicha qimmatli metall va qimmatli toshlarning oldisotdisi, qimmatli qog‘ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi. Bankning trast operatsiyalari ham vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng tarqalgan shakli - bu aksiya, obligatsiya va pul mablag‘larini bir egalikdan (shaxsdan)ikkinchi egalikka (shaxs nomiga) o‘tkazishni ham banklar orqali amalgaoshirilishidir. Moliyaviy vositalar va moliyaviy aktivlar summasining ko‘payishi natijasidatijorat banklari trast (ishonchli) operatsiyalarning ko‘lami ham kengayib bormoqda.
Rivojlangan davlatlarda banklarning eng rivojlangan bo‘linmalaridan biridir. Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz topshirig‘iga binoan ishonch bildirgan shaxs huquqlari bo‘yicha ish ko‘radilar. Shuningdek, mijozlarning pul mablag‘larini boshqaradilar va boshqa moliyaviy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar trast operatsiyalarini nafaqat jismoniy shaxslar bo‘yicha, balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar. Jismoniy shaxslar uchun quyidagi trast xizmatlari turlari mavjud: ­ merosni boshqarish; ­ ishonch va vasiylik bilan bog‘liqoperatsiyalarni bajarish va boshqalar. O‘z mijozlarining kapitalini boshqarish bugungi kunda juda keng tarqalgan trast operatsiyalarining bir turidir. Bunda banklar mijozlarining ma’lum pul mablag‘larini boshqarishga oladilar va ularni mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o‘z mablag‘larini ishlatish tartibini belgilaydi. Nufuzli banklarda kapitalni bunday tartibda boshqarishning besh turimavjud. Trast bitimi– muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini ishonch asosida boshqarishga tayanadigan fond bo‘yicha shartnomaviy kelishuv.
Trast kompaniya– xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradigan kompaniya. Trast-vakil – ishonch bildirilgan vakil. Trast bitimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag‘larni qo‘yish va ularning oqibatlari to‘g‘risida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi. Agar salbiy moliyaviy holatlar yuz bersa, bank mijoz oldida javobgar bo‘lmaydi. Buholat asosan aksiyalarga sarflangan mablag‘larga tegishli bo‘lib, ularning bahosi ba’zida oshishi yoki pasayishi mumkin.
Kapitalni boshqarishning turlari Kapitalni boshqarishning turlari
I Z O H 1. Qattiq konservativ ­ mijozning mablag‘lari faqatgina eng ishonchli bo‘lgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga sarflanadi. Bunda zarar ko‘rish xavfi umuman bo‘lmaydi.
2. Konservativ ­ mablag‘larni rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga va yirik xalqaro banklar depozitlariga qo‘yish nazarda tutiladi. Lekin bunda banklarning sinish holati mavjud bo‘lganligi sababli bu tartibda mablag‘larni joylashtirish mijozlarga so‘zsiz foyda olishlarini har doim ham kafolatlamaydi.
3. O‘rtacha konservativ ­ mablag‘larni jahonning asosiy fond birjalarida baholangan aksiyalarga qo‘yish tushuniladi. Investitsiyalashning bu yo‘nalishi foyda bilan bir qatorda zarar ko‘rish xavfini ham tug‘diradi.
4. O‘rtacha agressiv ­ bu mablag‘larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarflanishini bildiradi. Bunda ularning kursi tebranib turadi. Shu tufayli kapitalni boshqarishning bu turi ayrim risklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
5. Agressiv ­ bu mablag‘larni «Osiyoning to‘rt ajdarhosi» (Gonkong, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya) kompaniyalarining aksiyalariga sarflashni ta’minlaydi.
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ko‘rish ham mumkin. Masalan, 1987-yilda Nyu-York fondbirjasidagi aksiyalarning kursi taxminan 2 marta pasaygan. Bunday hollarda mijoz qolgan mablag‘larini olib, ularni boshqarishni boshqa bank departamentiga o‘tkazishi mumkin.
O‘zbekistonda tijorat banklari amaliyotida trast operatsiyalarini qo‘llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormoqda. Komission (vositachilik) operatsiyalarini amalga oshirishda banklar o‘z mablag‘larini biror sohaga yokifaoliyat turiga qo‘ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina o‘z mijozlarining to‘lov topshiriqnomasini bajaradilar, shuning uchun komission operatsiyalar bo‘yicha bank daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo‘ladi.
Tijorat banklari o‘z mijozlarining turli xil to‘lov topshiriqnomalarini bajarishi va o‘zaro operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatadilar.
Masalan, o‘z filiallari yoki bo‘linmalariga ega bo‘lmagan joylarda bank mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini boshqabank orqali, cheklar, akkreditivlar va boshqa shakllar bo‘yicha maxsus korrespondentlik kelishuvini tuzib, amalga oshiradilar. Bunda u korrespondent banklar cheklar, akkreditivlar to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Banklar o‘rtasidagi talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi. Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar tomonidan shifrlar tizimi qo‘llanadi. Teleks xabarlari banklararo munosabatlarda hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bank tizimida qo‘llaniladigan telekslar ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin. Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo‘yicha bank oladigan foizlarning oshirilishi, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalar (qo‘yilmalar) bo‘yicha foiz va dividendlar, hisob-kitob, faktoring, trast va boshqa vositachilikoperatsiyalaridan olinadigan vositachilik mukofotlari, birja bitimlari bo‘yicha valuta operatsiyalaridan keladigan tushumlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu tushumlar bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi



Download 188,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish