Amaliy matematika” fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi



Download 188,21 Kb.
bet1/4
Sana21.11.2022
Hajmi188,21 Kb.
#869767
  1   2   3   4
Bog'liq
Tijorat banklarining operatsiyalari(1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI



Amaliy matematika” fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
Pul va banklar fanidan
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Tijorat banklari operatsiyalari


Bajardi: _926-21 talabasi__Po`latov Ozodjon Olimjon o`g`li__

Jizzax_2022


reja
1. Tijorat banklari operatsiyalari.
2. Bankning komission (vositachilik) va trast operatsiyalari.
3. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari.
4. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari.


1. TIJORAT BANKLARI OPERATSIYALARI
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv vaaktiv-passiv hisob raqamidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Tijorat banklari passiv operatsiyalar yordamida kreditlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini tashkil qiladi.
Birinchi, ikkinchi operatsiyalar tufayli bankning o‘z mablag‘lari yuzaga kelsa, so‘nggi ikki operatsiya tufayli bankning jalb qilingan resurslariyuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lari tarkibiga: ­ bankning ustav kapitali; ­ bankning zaxira kapitali; ­ maxsus fondlar; ­ moddiy rag‘batlantirish fondi; ­ bankning taqsimlanmagan foydasi; ­ boshqa har xil tashkil qilingan fondlar kiradi.
Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z Passivoperatsiyalar Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslarni yig‘ish
Foyda hisobidan har xil fondlarni tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish. Boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb qilish. Depozit operatsiyala-rini amalga oshirish. Bankning o‘z mablag‘lari Jalb qilingan mablag‘lar mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Jalb qilingan mablag‘lartijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Bular: ­ depozitlar; ­ kontokorrent; ­ korrespondent schyotlaridagi mablag‘lardir.
Depozit so‘zi lotincha “depositum”so‘zidan olingan bo‘lib, omonat, asrab qo‘yilgan degan ma’nolarni beradi. Depozitlar – bu: ­ bank va omonat kassalarga qo‘yilgan omonatlar; ­ mijozlarning bankka muayyan talablarini tasdiqlovchi, bank daftaridagi yozuvlar; kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar); ­ bojxona muassasalariga boj va bojxona yig‘imlari tarzidagi to‘lovlar uchun oldindan berilgan badallar; sud va ma’muriy muassasalarga da’voni va sudga kelishini ta’-minlash maqsadida o‘tkaziladigan pul badallari. Demak, depozit banklarda saqlash uchun topshirilgan pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlardir. Depozitlarning quyidagi turlari mavjud: ­ talab qilib olinguncha depozitlar; ­ jamg‘arma depozitlar; ­ muddatli depozitlar; ­ jamg‘arma (depozit) sertifikati; ­ boshqa depozitlar. Talab qilib olinguncha depozitlaryuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlari uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan (talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi) mablag‘-lardir. Bank o‘z omonatchilarining birinchi talabiga ko‘ra, Depozitlar xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarini talab qilinishi bilanoq shartnoma asosida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘langan yohud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytaribberish sharti bilan saqlash uchun bankka qo‘yiladigan omonatlardir. Depozitlar banklarning kredit berish, faktoring operatsiyalari o‘tkazish, investitsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan ssuda fondini tashkil qilish manbayi hisoblanadi. ularning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi lozim.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra, shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin. Bu depozitlar bankning jalb qilingan mablag‘larining salmoqli ulushini egallaydi. Ular bankning eng arzon resurslari hisoblanadi. Mijozning har qanday vaqtda ogohlantirmasdan bu mablag‘larniolishi ehtimoli bankdan yuqori likvidlikni saqlash uchun doimo yetarli mablag‘larni kam likvidli, lekin yuqori daromad keltiruvchi mablag‘lar hisobiga zaxirada saqlab turishni talab qiladi. Shu sababli, bank o‘z omonatchilariga anchagina past foiz to‘laydi. Depozitlarning harakatchanligi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bank ulardan kredit berishda foydalanadi. Jamg‘arma depozitlarningboshqa depozitlardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. Jamg‘arma depozitlar davriy badallar asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda, ma’lum miqdorda pul summasini jamlash maqsadida yuridik vajismoniy shaxslar nomiga ochiladi. Agar shaxs nomiga berilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa, yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga kelib qolsa,bank omonatchining arizasiga ko‘ra unga yangi omonat daftarchasini beradi.
Muddatli depozitlar– yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘laridir. Muddatli depozitlar quyidagi muddatlar bo‘yichatasniflanadi:­ muddati 30 kungacha bo‘lgan depozitlar; ­ muddati 90 kungacha bo‘lgan depozitlar; ­ muddati 180 kungacha bo‘lgan depozitlar; ­ muddati 365 kungacha bo‘lgan depozitlar; ­ muddati 365 kundan ortiqbo‘lgan depozitlar;
Agar muddatli depozit muddati o‘tgandan keyin mijoz tomonidan talab qilib olinmasa, shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan taqdirda, asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Muddatli depozitlar ikki xil bo‘ladi: ­ xususiy muddatli depozitlar; ­ avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yiladigan muddatli depozitlar.
Xususiy muddatli depozitomonatchi tomonidan bank ixtiyoriga shartnoma asosida ma’lum muddatgabutunlay beriladi. Muddat tugagandan so‘ng, qo‘yilma omonatchi tomonidan xohlagan vaqtda olinishi mumkin. Bunday depozit uchun to‘lanadigan foiz depozitning muddati, hajmi va omonatchi tomonidan shartnomaning bajarilishiga bog‘liq.
Avvaldan ogohlantirish sharti bilan qo‘yilgan muddatli depozitni olish uchun shartnomaga ko‘ra,omonatchi qachon va qancha miqdorda mablag‘ini olishi haqida bankka xabar berishi lozim. Xabar berish muddatiga ko‘ra, omonatga foiz o‘rnatiladi. Muddatli depozitlarning hajmi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida o‘zgartirilmaydi. Bu depozitlardan joriy hisob-kitoblar, to‘lovlar uchun foydalanilmaydi.
Jamg‘arma (depozit) sertifikati– bu bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday bo‘limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Jamg‘arma (depozit) sertifikati taqdim etiladigan yoki egasi ko‘rsatilgan bo‘lishimumkin. Jamg‘arma (depozit) sertifikati muddatdan oldin taqdim etilganhollarda, agar depozit shartlariga ko‘ra, foizlarning boshqa miqdori belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bank sertifikati bo‘yicha talab qilib olinguncha depozitlar uchun to‘lanadigan omonat miqdorini vafoizini to‘laydi.
Ko‘pgina banklarda keyingi vaqtlarda mijozlar orasida muddatli depozitlarga bo‘lgan qiziqish juda ortdi va depozitlar umumiy qo‘yilmalar hajmining 80 foizini tashkil qilmoqda. Muddatli depozitlarning turlari orasida yuqori daromadli jamg‘arma qo‘yilmalari, ayniqsa, bozor sharoitidagi o‘zgarishlar tufayli omonatchilar daromadlarining ortib borishiga qattiq ta’sir ko‘rsatuvchi pul bozoridagi depozitlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oddiy, talab qilib olinguncha depozitlar hajmi esa keskin qisqardi.
Pulning qadrsizlanishi, pul muomalasining buzilishi, raqobatning kuchayishi hamda mijozlarbilimi va saviyasining ortishi banklar xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan depozitlar tarkibining anchagina o‘zgarib ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda jahon amaliyotida keng tarqalgan asosiy depozitlarning ikkinchi turi xorijiy davlatlar, u yerdagi biznesmenlar va fuqarolardepozitlaridir. Depozitlarning bunday turlari mamlakatimiz bank tizimi amaliyotida hali uncha keng qo‘llanilmaydi. Lekin bunday depozitlar haqida bilimga ega bo‘lish foydadan xoli emas.
Bunday depozitlar hajmining tez o‘sib borishi, jahon savdosining rivojlanishi va xorijiy investitsiyalarning oshishi bilan bog‘liq. Lekin keyingi paytlarda bunday depozitlarning hajmi qisqarib bormoqda. Bunga sabab mamlakat ichidagi depozitlarga qo‘yiladigan foiz stavkalarining omonatchilar uchun ancha qulay bo‘lib borayotganidir. Asosiy depozitlarning yana bir turi boshqa bank qo‘yilmalaridir. Bularga vakillik xizmatlari haqlarini to‘lash maqsadida bir-birlarining banklaridagi hisobvaraqlarda saqlaydigan mablag‘lar kiradi.
Boshqa banklar mablag‘larini o‘zida saqlaydigan bank bu mablag‘larni o‘z balansida «loro»hisob raqami bo‘yicha qarz deb hisoblaydi (mazkur bankning vakillik hisob raqamidagi qoldiq). Boshqa bankda o‘z mablag‘ini saqlab turgan bank esa o‘z balansida ularni «nostro»hisoblash raqami bo‘yicha aktiv deb belgilaydi (vakil banklarda). Depozit sertifikatikredit muassasasining omonatchiga depozitni olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag‘lari deponent qilinganligi haqidagi yozma guvohnomasidir. Boshqacha qilib aytganda, depozit sertifikati – kredit muassasasining pul mablag‘ini saqlashga topshirilganligi haqida omonatchining depozitni olish huquqini tasdiqlovchi yozma guvohnomasi.
Depozit banki – pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi bank.
Depozit indossamenti– depozitlarni boshqasiga o‘tkazish haqidagi o‘tkazma xat.
Depozit muassasasi– pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa boyliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi muassasa. Depozit muassasalarining umumiy xususiyati shundan iboratki, ular chek yoki jamg‘arma hisobvaraqlarini ochish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qiladi hamda ulardan turli xil kreditlar berish, hukumat va korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlarini olishda foydalanadi.
Depozit moliya muassasalari ikkita katta toifaga bo‘linadi: ­ tijorat banklari; ­ bank bo‘lmagan depozit muassasalar.
Bank bo‘lmagan depozit muassasalari o‘z tarkibiga jamg‘armakredit uyushmalarni, kredituyushmalarini va o‘zaro pul fondlarini oladi. Jamg‘arma-kredit uyushmalarjamg‘arma hisobvaraqlarini ochish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qiladihamda ulardan aniq maqsadga mo‘ljallangan garovli kreditlar berishda foydalanadi. G‘arbda jamg‘armakredit uyushmalarga o‘xshash o‘zaro jamg‘arma banklarikeng tarqalgan, biroq ularning farqi shundaki, bunday banklarning xizmatidan mayda omonatchilar foydalanadi. Odatda ular omonatlarning eng yuqori chegarasini belgilab qo‘yib, omonatlarning barqaror ravishda oqib kelishiga umid bog‘laydi.
Kredit uyushmalarnisbatan mayda jamg‘arma-kredit muassasalar bo‘lib, iste’mol kreditlarini berishgayo‘naltirilgan. Ular diniy tashkilotlar, kasaba uyushmalari va shungao‘xshash tuzilmalar tomonidan tashkil etiladi. Kredit uyushmalar o‘z a’zolarining jamg‘arma hisobvaraqlarini ochadi hamda qarzni ham faqat o‘z a’zolariga beradi, ya’ni kredit uyushmalar omonatchilar tomonidan «jamoatchilik asosida»idora qilinadi.
O‘zaro pul fondlarifoizlar bilan to‘lanadigan omonatlarni qabul qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek bo‘yicha qo‘yilgan omonat summasi kabi hajmi ham ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi.
Moliya muassasasining bunday turiko‘p minglab omonatchilarning mablag‘larini jalb etadi hamda hosil bo‘lgan fond daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanabo‘tilgan moliya muassasalaridan farqli o‘laroq, o‘zaro pul fondlaridagi omonatlar sug‘urta qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag‘iga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar) yuqori likvidli bo‘lgani sababli katta foizlar olib keladigan yetarli darajada ishonchli jamg‘arma vositasi hisoblanadi.
Depozit multiplikatori– bankka qo‘yilgan mablag‘larning har bir pul birligidan ko‘riladigan umumiy daromad hajmining o‘zgarishini tavsiflovchi ko‘rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o‘zidagi mavjud zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir necha barobar ortiq miqdorda ssuda taqdim etishi mumkin.
Bunday hodisa depozitlarning multiplikatsiya tarzida kengayishi (ko‘p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan. Depozitariy depozitlarni saqlash uchunishonib topshirilgan huquqiy shaxs. Depozitariy bankdeganda depozitlar (qimmatli qog‘ozlar)ni saqlash uchun ishonib topshirilgan bank tushuniladi.
Fond boyliklarini saqlash vazifasini amalga oshirishga zamonaviy yondashuv uning ixtisoslashgan tashkilotlar – depozitariylarda markazlashuvini taqozo etadi. Bunday markazlashuv qimmatli qog‘ozlar aylanishida xizmat ko‘rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, hisobga olishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Markazlashgandepozitariy mavjud bo‘lgan taqdirda qog‘ozlarning oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar sertifikatlarini tashib o‘rin almashtirish va kuzatib borishga hojat qolmaydi.
Depozitariyning asosiy vazifasi qimmatli qog‘ozlar saqlash va (yoki) qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqini hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan iborat. Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga egalik huquqini hisobga olishda depozitariy xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb yuritiladi.
Depozitariy va deponent o‘rtasida tuzilgan ularningdepozitariy faoliyatiga oid munosabatlarni tartibga solib turadigan shartnoma depozitar shartnoma (depo hisobvarag‘i haqidashartnoma) deyiladi. Depozitor shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Depozitariy faoliyatini faqat: ­ yuridik shaxslar; ­ fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari); ­ investitsiya muassasalari (investitsiya bo‘yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan tashqari); ­ mutlaq depozitariy faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan depozitariylar amalga oshiradi.
Depozitariyning yaxlit faoliyatini shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin Depozitariyning bajaradigan ishlari. Depozitariyning asosiy faoliyati «depo»hisobvaraqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish hamda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni depozitariy ro‘yxatidan o‘tkazishga qaratilgan. «Depo» hisobvaraqlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar uchun depozitariyda qabul qilingan baholarda mijozdan haq undiriladi, u depozitariy kassasi orqali hisob-kitob varag‘iga kelib tushadi.
Depozitariyning faoliyati I CH K I ­ deponentlarni qabul qilish; ­ hisobvaraq bo‘yicha yozuvlar qayd etish; ­ bitimlarni ro‘yxatga olish; ­ deponentlarga xabar yetkazish; ­ qimmatli qog‘ozlar yuzasidan daromad to‘lash va h.k.
TASHQ I ­ transfer-agentlik operatsiyalari; ­ reyestrda aksiyadordan depozitariyga (nominal saylovchiga) qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va aksincha; ­ emitentdan (ro’yxatdan o‘tkazuvchidan) axborot olish; ­ emitentga axboroto‘tkazish. 1994-yil aprel oyida O‘zbekistonda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida «Vaqt» milliy depozitariysi tashkil etildi. Uning ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, «O‘zmoliyainvest» aksiyadorlik jamiyati, SAMTU «Granit», «Toshkent» respublika fond birjasi hisoblanadi.«Vaqt» AJ aksiyadorlari orasida «Turon» aksiyadorlik tijorat banki, Rossiyaning «Rinako» depozitariysi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bor. Milliy depozitariyning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha muomaladagi qimmatli qog‘ozlarni hisobga olinishi, saqlanishi hamda harakat qilishini ta’minlashdan iborat.
Milliy depozitariy quyidagi ishlar bilan shug‘ullanadi: ­ bozorda muomalada bo‘ladigan jami chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish; ­ aksiyadorlar reyestrlarini yagona texnologik tartibda yuritish; qimmatli qog‘ozlar chiqarilishininaqdsiz shaklda rasmiylashtirish; qimmatli qog‘ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ularni soxtalashtirish va yo‘qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolati; ­qimmatli qog‘ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlarni (sotish, sovg‘a qilish, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish) amalga oshirish yuzasidan topshiriqlarni bajarish;
O‘zbekiston Respublikasidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan yoki chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni hisobga olish.
Hozirgi paytda milliy depozitariy quyidagilarni shakllantirish ustida ish olib bormoqda: ­ elektron pochta tizimi; ­ yirik kompyuter tarmoqlarida elektron imzova kript himoya tizimi; ­ elektron shakllar yordamida ma’lumotlarni elektron ayirboshlash tizimi; ­ abonent o‘rinlaridan foydalanish; ­ elektron pochtamtlar.
Milliy depozitariy boshqa depozitariylar bilan vakillik munosabatlari o‘rnatgan. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning muomalada bo‘lishini tezlashtirish hamda aholi mablag‘larini xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish maqsadida milliy depozitariy tomonidan tanlovasosida davlat mulkining opsion savdosi dasturi ishlab chiqilgan.
Emissiyani joylashtirish va hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazishda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Milliy depozitariy respublikaning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zining filiallari va ro‘yxatga olish punktlarini ochgan. Jahon banklari amaliyotida banklar, odatda, arzon depozitlarni jalb qilish va ularni sotish orqali daromad olishga harakat qiladilar. Aholining chek ko‘rinishidagi depozitlari, shu jumladan, oddiy foizsiz depozitlari eng arzon depozitlar hisoblanadi.
Bunday chek depozitlari bilan ishlash va ularni hisobga olish katta xarajatlarni talab qilgani bilan, mijozlar judakam foiz daromadlari (ba’zida esa umuman foyda olmaydilar) oladilar. Bu esa bankka jalb qilinadigan boshqa mablag‘lar manbalariga qaraganda uning xarajatlarini kamaytiradi. Fuqarolarga beriladigan chek depozitlarga nisbatan tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlari banklar uchun ancha arzonga tushadi. Chunki tijorat firmalariga beriladigan chek depozitlar xarajati xususiy shaxslarga beriladigan chek depozitlar xarajatining yarmini tashkil qiladi. Bundan tashqari, xususiy shaxsning chek depoziti hajmi tijorat firmasining chek depoziti hajmining 1/3 qismidan oshmaydi. Lekin banklar va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar o‘rtasidagi chek depozitlari bo‘yicharaqobatning kuchliligi tufayli banklar bunday depozitlardan keladigan sof daromadni uncha katta deb hisoblamaydilar. Muddatli depozitlar, nafaqahisobvaraqlari, depozit sertifikatlari va pul bozoridagi hisob raqamlar, ularga mablag‘lar qo‘yish yoki ulardan olish yuzasidan kam muddatli depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlariga o‘rnatiladigan foizstavkasining ancha yuqoribo‘lishi tufayli ular jamg‘arma qo‘yilmalar bilan tenglashib qoladi. Yirik bo‘lmagan banklar yirik banklarga qaraganda jamg‘arma depozitlar va pul bozoridagi hisobvaraqlar bo‘yicha katta xarajatlar qilsa ham, muddatli depozit va nafaqa hisobvaraqlari bo‘yicha qilinadigan xarajatlari, yirik banklarga qaraganda ancha kam bo‘ladi.
Banklarning maqsadi anchaarzon depozitlarni jalb qilishdan iborat bo‘lgani bilan, qanday depozitlarni taklif qilish mijozlarga bog‘liq. Mijozlar talablari bilan kelisha olmaydigan banklar ularning talablarini bajarishga rozi bo‘lgan banklar foydasiga mijozlarini yo‘qotadilar.
Depozitlar bo‘yicha xizmatlarning qiymatini belgilash bank boshqaruvchisi uchun murakkab muammohisoblanadi. Chunki ko‘proq mablag‘ talab qilish maqsadida mijozlar depozitlarni sotish orqali ulardan yaxshi daromad olishni hamko‘zlaydilar. Albatta,bu faoliyatni amalga oshirishdagi kuchli raqobat bankdaromadiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli raqobat tufayli depozitlarga bahoni alohida bir bank emas, balki bozor o‘rnatadi. Bunday sharoitda boshqaruvchi bozor o‘rnatganfoiz stavkasidan foydalanib, ko‘proq depozitlarni jalb qilish yoki qat’iy o‘rnatilgan foiz stavkasi negizida ko‘proq depozitlarni jalb qilish yohud o‘rnatilgan foiz stavkalaridan kam miqdordagi foiz stavkalarini taklif qilish bilan depozitlar hajmini kamaytirish ma’qulligi to‘g‘risida bir qarorga kelishi lozim. Chunki bunda boshqaruvchi daromadlilik yoki o‘sishni tanlaydi. Qimmat depozitlarning ko‘p hajmda jalb qilinishi bankning o‘sishini ta’minlaydi, lekin bank daromadi hajmi pasayadi.
Hozirgi paytda depozitlarni baholashning bir qancha usullari mavjud:
1) «xarajat + daromad»;
2) depozitlarga eng yuqori hajmdagixarajatlarga asoslangan holda foiz stavkasini o‘rnatish;
3) alohida qo‘yilmalarga o‘rnatilgan foiz stavkalarini guruhlarga bo‘lish;
4) depozitlar bozoriga kirib borishmaqsadida foiz stavkasi o‘rnatish;
5) yuqori daromadli mijozlarni jalbqilish maqsadida depozitlarga qiymat o‘rnatish;
6) mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlar soni va turiga qarab depozitlarga foiz stavkasi o‘rnatish (qiymatni o‘rnatishning ko‘p omilli usuli);
7) bankning o‘z maqsadlariga erishishini ko‘zlab, depozitlarga baho o‘rnatish usuli.
Hozirgi davrda mijozlarning alohida depozitlar bo‘yicha xizmatlardan foydalanish darajasiga qarab xizmat haqlari o‘rnatish usuli keng qo‘llaniladi. Yirik hajmdagi DS – rasmiy depozit, lekin amaliyotda qarz bo‘yicha berilgan «tilxat»ning bir turidir. Bu tilxat foydalanilmayotgan ortiqcha mablag‘ga ega yirik kompaniyalardan, yuqori daromadli shaxslardan va nihoyat, Markaziybankdan ma’lum bir muddatga ma’lum miqdorda qarz olish uchun beriladi. DS– foizli tilxat bo‘lib, olinayotgan qarzning muddati va hajmiga qarab, kelishilgan holda foiz stavkasi o‘rnatiladi. Yirik hajmdagi DSlaridan qisqa muddatlarda, asosan bir haftadan to bir yilgachamuddatlarda foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, bunday DSni ro‘yxatdan chiqarish muddati kelguncha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning uchun ham, uni «o‘tkazma» DSti deyiladi. Foiz stavkasi o‘rnatilgan DS lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir.
Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni sotib oluvchi xaridorga yillik 8% miqdorida foiz stavkasi va’da qilsa, depozitor 6 oydan so‘ng quyidagi mablag‘ga ega bo‘ladi.
Misolimizda: 180 kun · 0,08 Xaridorga to‘lanadigan summa = 100000 + 100000·360 = 104000 $. Demak, xaridor 6 oyda 4000 dollar foyda topadi. Hisobdan chiqarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan DSlaridan depozitor har 6 oyda foiz daromadi oladi. Depozit bozorining 20 foizini tashkil qiluvchi o‘zgarib turuvchi foiz stavkasi bilan chiqarilgan DSlari ma’lum bir muddat ichida qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi foiz stavkasi depozitlarning ikkilamchi bozorida qo‘llanilayotgan foiz stavkasi asosida yoki banklararo o‘rnatiladigan «libor» foiz stavkasi asosida o‘rnatiladi. DSlarini sotuvchi bank foyda keltiruvchi qarz mablag‘lariga ega bo‘ladi, chunki depozitlar uchun rasmiy zaxira talablari o‘rnatilmagan. Yirik banklarning chek hisob raqamlari uchun esa 10 foizlik zaxira talablari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, DS larining hisobdan chiqarish muddatlari turlicha bo‘lgani va bu muddatdan oldin hisobdan chiqarish qonun bilan taqiqlanganligi tufayli, bank depozitlarining mustahkamligi va barqarorligi ta’minlangan. Lekin yirik hajmdagi DSlarning foiz stavkasi o‘zgarishiga bo‘lgan sezuvchanligi yuqori bo‘lganligi tufayli bunday DS Xaridorga to’lanadigan summa = Asosiy summa + Hisobdan chiqquncha kunlar soni·
Yillik foiz stavkasi Asosiy summa·
Bir yildagi kunlar soni 218laridan muntazam foydalanuvchibanklar daromadining doimo mustahkam bo‘lishini ta’minlash maqsadida ish olib borishlari (hatto foizlarni sug‘urtalash usullaridan foydalanishlari mumkin) lozim. Depozitlar bank mablag‘larini tashkil qilishning asosiy manbayidir. Ammo bankning kreditlari va investitsiyalarini qoplash uchun depozitlar hajmi yetarli bo‘lmasa, bank boshqaruvchisi qanday tadbirlarni amalga oshirishi lozim, degan savol yuzaga keladi. Bunda bank o‘z mablag‘larini nodepozit qo‘yilmalar hisobiga to‘ldiradi. Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida nodepozitlarning quyidagi turlari bank mablag‘lari manbayining asosiylari hisoblanadi: ­ kapital bozoridagi yirik hajmdagi qisqa muddatli depozit sertifikatlari; banklararo depozitlar; qayta sotib olish sharti bilan banklarning qimmatli qog‘ozlari hisobidan ularga Markaziy bank tomonidan beriladigan qarzlar; ­ kliring chek hisobvaraqlari. Bank boshqaruvchisi bank mablag‘larini tashkil qilish bilan passivlarni boshqaradi. Shu maqsaddaboshqaruvchi mijozlar talabini qondirish uchun qanchamiqdorda va muddatga depozit mablag‘lar kerakligini, uning qaytarilishini ta’minlashni hisoblab chiqishi lozim. Bu o‘rinda Markaziy bankning qisqa muddatli qarzlari ancha qo‘l keladi. Chunki bu qarzlar Markaziy bankning boshqa banklar mablag‘-lari jamlanib, saqlanadigan majburiy zaxiralar fondidan olinadi.


Download 188,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish