3. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari Banklar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bankfaoliyati to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni xuquqlarini himoyaqilish to‘g‘risida»gi qonunlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq, shuningdek, «Tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir tavsiyalar» (1996-yil 26 apreldagi 211-sonli yo‘riqnoma) asosida amalga oshiradi.
Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy litsenziya asosida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishadi. Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro‘yxatida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi faoliyat turlari qayd etiladi. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish vasotish hisobini yuritish, ularni saqlash; qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish; mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash; dilerlik, depozitor va aksionerlar reyestrini yuritish va saqlash; tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarnibajarish va maslahatlar berish; mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish va h.k.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan faoliyat turlari. Mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashturli xil qimmatli qog‘ozlar: oddiy va imtiyozli aksiyalar; obligatsiyalar; davlat qarzdorlik majburiyatlari; depozit sertifikatlari; veksel va boshqalarga mablag‘larni qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Alohida olingan davlatlarda bank tizimining rivojlanishi va banklar o‘tkazadigan operatsiyalarning turlari va ko‘lamiga qarab ularning investitsion faoliyati turli yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lishi va shu operatsiyalar turlari bo‘yicha olinadigan daromad salmog‘i ham turli bo‘lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlikka ega va ular bo‘yicha to‘lanmaslik riski nolga teng bo‘lib, bozor stavkasining o‘zgarish riski ham kichik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o‘z mablag‘larini munitsipalitetlarning qimmatli qog‘ozlariga ham qo‘yishadi, chunki ular bo‘yicha to‘lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi. O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar: bank akseptlari; qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat qog‘ozlari; brokerlik ssudalar; tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo‘yishadi.
Daromadlilikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga qo‘ygan holda banklar o‘z mablag‘larini ba’zi bir hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsiyalarning birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar.Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning investitsion faoliyati daromad keltirishi nuqtayi nazaridan bank daromadi tarkibida keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish amaldagi qonunlarga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishlari mumkin: ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar; o‘z qarz majburiyatlari: obligatsiyalar, depozit va omonat sertifikatlari; qo‘shimcha zayom mablag‘larini jalb qilish maqsadida chiqariladigan veksellar. Barcha chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar ularning miqdori investorlar sonidan qat’iy nazar Markaziy bank qaydnomasidan o‘tkazilishi shart. Tijorat banki chiqargan aksiyalar 35 yoki undan ortiq foizning yoxud 50 foizdan ortiq aksiyadorlarovozini ta’minlovchi aksiyalarning bir shaxs tomonidan yokibir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi shaxslar guruhi tomonidan sotib olinishi O‘zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organi subyektlarning bir-birlarimol-mulkini nazorat qiluvchilar deb e’tirof etilishi tartibi va qoidalarni belgilab qo‘yadi.
Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilinishi qayd qilish tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd (registratsiya) qilinmaydigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul qilish; qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishini qayd qilish; qimmatli qog‘ozlarni qayd qilish; chiqarilgan qimmatli qog‘ozlaryakunini qayd qilish. Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd qilinadigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul qilish; emissiya prospektini tayyorlash; emissiya prospekti va chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd (registratsiya) qilish; emissiya prospektini chop etish vaqimmatli qog‘ozlarni chiqarish haqida ommaviy-axborot vositalari bilan e’lon qilish; qimmatli qog‘ozlarni sotish; chiqarilgan qimmatli qog‘ozlaryakunini qayd qilish; chiqarilgan qimmatli qog‘ozlaryakunini chop etish.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha qarorni amaldagi qonunchilik bilan kafolatlangan bank boshqaruv organlari qabul qiladi. Emissiya prospektini bank boshqaruvi tayyorlaydi. Boshqaruvraisi va bosh buxgalter imzo qo‘yadi.Tikilib, sahifalar raqamlanadi va bank muhri bilan muhrlanadi. Bu prospekt xolis auditorlik firmasi tomonidan ma’qullanishi shart. Emissiya prospekti quyidagilarni yoritishi kerak:
a) emissiya to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni;
b) emitentning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlarni;
v) kelajakda chiqarilishi ko‘zdatutilgan qimmatli qog‘ozlar haqidagi ma’lumotlarni.
Aksiya chiqaruvchi bank so‘nggi uch yil davomida yoxud tashkil topganiga uch yil to‘lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo‘lishi kerak. Yangi tashkil topgan bank bo‘lsa, u holda eng kamida mazkur moliyaviy yilda rentabelli bo‘lishi shart.
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin:
a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu korxonaning boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmasining miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. Ushbu me’yor bir emitentning ham «investitsiyalar» hisobvaraqlari, ham «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» hisobvaraqlari bo‘yicha nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmalarini hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi;
b) bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qilgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlarigaqilingan bank qo‘yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, bank istalgan korxona (moliyaviy institutlardan tashqari) ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘iga to‘g‘ridanto‘g‘ri yoki bilvosita (sho‘ba korxonalari orqali) egalik qilishi mumkin emas.
Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan bank investitsiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda bank tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank istalgan emitent qimmatli qog‘ozlariga bank tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega. Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog‘ozlar olingan hollarda bank bir oy muddatichida olingan qimmatli qog‘ozlarni sotishi shart. Agar qimmatliqog‘ozlar ko‘rsatilgan muddatda sotilmasa, ular «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» yoki «investitsiyalar» hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar zarur monitoring va operatsiyalarni amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog‘ozlar portfeli bo‘yicha ichki hisobotlar: qimmatli qog‘ozlar turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha bo‘linishini; sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini; xarid (sotish) sanasini; foiz stavkalarini; imtiyozlarini; olingan dividend foizlarini; oldi-sotdi bitimlari bo‘yichafoydani o‘z ichiga oladi.
Bankning turli bo‘limlari o‘rtasida majburiyatlarning keraklicha taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir cheklovlar belgilash bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar buxgalteriya operatsiyalarini amalgaoshirmasligi, pul mablag‘lari, tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o‘tkazmalarini taqqoslamasligi lozim; buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur; barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo‘lishi lozim; hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring to‘lovlar, bitimlar yoki buxgalterlik o‘tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan muntazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi kerak.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan bajariladigan barcha operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning turlari, operatsiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog‘ozlar narxi va soni ko‘rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak. Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli qog‘ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli quyidagicha bo‘ladi:
Qimmatli qog‘ozlar emitenti anketasi
1. Emitentning nomi.
2. Qimmatli qog‘ozlarning turlari va toifasi.
3. Qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati.
4. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati.
5. Qimmatli qog‘ozlar soni.
6. Bitim summasi.
7. Qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi.
8. Avvalgi dividend to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumotlar.
268
9. Foizli to‘lovlar stavkasi, summasi va muddati.
10. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish sanasi.
11. Qimmatli qog‘ozlarni to‘lash sanasi.