Amaliy matematika” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


II-BOB.”O’zbekistonda ish bilan bandlikni ta’minlashda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning konsentual asoslari”



Download 286 Kb.
bet6/10
Sana19.04.2022
Hajmi286 Kb.
#562212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bandlik sohasidagi davlat siyosati va mehnat bozorini tartibga solish.

II-BOB.”O’zbekistonda ish bilan bandlikni ta’minlashda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning konsentual asoslari”.
2.1. Pandemeya sharoitida bandlikni ta’minlashda xizmat ko’rsatish va kasanachilikni rivojlantirish.
Mamlakatimizda karantin tufayli 196 mingta korxonada ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish hajmi keskin kamaygan. Karantin tufayli, tabiiyki, ishsizlar soni ham oshdi.
Biroq, shu bilangina cheklanib qolib bo'lmaydi. Kun sayin o'zgarayotgan vaziyat aholi bandligini ta'minlash va muhtoj oilalarni ijtimoiy himoyalash bo'yicha qo'shimcha choralar ko'rishni talab etmoqda.
Yig'ilishda karantin cheklovlari sababli vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni moddiy qo'llab-quvvatlash masalasi Samarqand va Namangan viloyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar misolida muhokama qilindi.
Tadbirkor va fermerlar kambag'al oilalarga tomorqada ekin ekishga yordam berishi, takroriy ekin uchun o'z yeridan joy ajratishi, kasanachilikni yo'lga qo'yishda ko'maklashishi lozimligi ta'kidlandi. Davlat esa bunday sub'ektlarga soliqni bo'lib-bo'lib to'lash, muddatini kechiktirishga ruxsat beradi yoki kredit ajratadi.
Misol uchun, Samarqand viloyatida “Agromir” korxonasi rahbari bir mingta oilani qaramog'iga olib, 600 gektarda yangi tokzorlar barpo etish ishlarini boshlagan. 500 dan ziyod kambag'al oilani kooperativga doimiy ishga olib, yangi tokzorlar orasini ularga bo'lib bergan va qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo'lga qo'ygan. Qirq kunda hosil olsa bo'ladigan bodring urug'ini tarqatib, ekish harakatlarini boshlagan. Qurilish ishlariga yana 100 ta odamni ishga olgan.

O’zbekistonda aholiga xizmat ko’rsatish xajmi o’sishining dinamikasi(trln so’m)3

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasiga Inqirozga qarshi jamg‘armadan 200 milliard so‘m ajratildi. Bu mablag‘lar pandemiya sharoitida odamlarni ish bilan ta'minlashga yo‘naltiriladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bilan suhbat ayni shu mavzuda bo‘ldi.


Prezidentimizning maxsus farmonlariga muvofiq, “karantin davrining iqtisodiyotga salbiy ta'sirlarini yumshatish bo‘yicha bir nechta chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shu bilan birgalikda, ishsiz bo‘lgan fuqarolarimizni jamoat ishlariga jalb qilish maqsadida vazirligimizga ham Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 200 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi”4.
Barcha hududlarda investitsiya dasturi asosida ijtimoiy soha obektlari qurilmoqda. Andijon viloyatida joriy yilda 118ta ijtimoiy soha obektlarini qurish uchun mablag‘lar ajratilgan va bu ishlar boshlangan. Bu bilan yaxshi bir tizim bo‘ldiki, ish beruvchiga va ish izlovchiga imkoniyat paydo bo‘ldi. Tadbirkorga esa rag‘bat. Ya'ni, ijtimoiy soha obektlarida qurilish ishlarini olib borayotgan tadbirkor ishchilarni ko‘paytirish orqali tez fursatda obektni sifatli topshiradi. Jamoat fondidan esa qo‘shimcha jalb qilingan mablag‘ evaziga ishchilarga ish haqlarini qoplab berish ko‘zda tutilgan.
Yana bir tomoni, inqirozga qarshi kurashish ishchi guruhining qarori bilan karantin davrida jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarimizga ish haqlarini oy davomida avans yoki oylik qilib emas, har 5 kunda to‘lab borish tartibini belgilab olindi.
Tumanlardagi harbiy xizmatni o‘tab kelgan va ishsiz bo‘lgan yoshlarimizni jamoat ishlari orqali ishga jalb qilib, jamg‘armadan ularga haq to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Ular kirish-chiqish postlarida ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda, xalq posbonlari sifatida ish olib borildi.
Fuqarolar yoki xonadonlar karantinga olingach, hamshira biriktirilishi kerak. Shu bois yana bir yo‘nalish paydo bo‘ldi. Tibbiy ma'lumoti bo‘lsa-da, ishsiz bo‘lgan fuqarolar yoki tibbiyot yo‘nalishini tamomlagan yoshlarimiz tuman sog‘liqni saqlash tizimi orqali ishga jalb qilinib, hamshira va patronaj sifatida ish olib borildi.
Karantin vaqtida ayrim vazirliklar tizimi ishlari ozgina cheklangan bo‘lsa, bizning vazirlik xodimlari oldidagi mas'uliyat bir necha karra oshdi. Chunki, biz his qilyapmizki, uyida o‘tirgan fuqarolarimizning bandligini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Birinchidan, oilani daromad manbayiga ega qilish kerak. Ikkinchidan, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha bozorlarda mahsulotlar yetarli bo‘lishi masalasi turibdi», – deydi Nozim Husanov.
Band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilishning samarali vositalaridan biri bo‘lgan kasanachilikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy mashina, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslar bilan foydalanishni kengaytirish orqali oila byudjetlari daromadlarini ko‘paytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining Toshkent shahrida tijorat banklari tomonidan “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” mas’uliyati cheklangan jamiyatini (keyingi o‘rinlarda Konsorsium deb yuritiladi) 50,0 milliard so‘mlik boshlang‘ich ustav kapitali bilan tashkil etish va uni ishtirokchilari orasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlash borasidagi takliflari ma’qullansin.
2.“Mahalla” xayriya jamoat fondi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
kasanachilar bilan korxonalar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, shu jumladan, korxonalar buyurtmalarini uy sharoitlarida bajarish istagini bildiruvchi mahallalar aholisini aniqlash faoliyatini jadallashtirishni;
aholi orasida kasanachilik afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha jadal targ‘ibot ishlari amalga oshirilishini ta’minlasin.



Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish