1.2. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishni hisobga olish usullari.
Aholi bandligini ta`minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim iqtisodiy xususiyatlardan biri hisoblanadi va iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O`zbekistonda aholini ish bilan ta`minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalish sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu tartib hududiy va tarmoq yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi doirasida ish o`rinlarini tezkor va statistik hisobini yuritish va monitoring mexanizmni tartibga soladi.
Ushbu Tartibda qo`llanilgan asosiy tushunchalar:
Ish o`rni – muayyan kasbdagi bir xodimning mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun moslashtirilgan va ishni bajarish uchun ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan jihozlangan joy;
Ish o`rinlari quydagilar hisobiga tashkil etiladi:
Yirik ishlab chiqarish ob`yektlarini yangisini ochish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish orqali;
Tarmoqlarda yangi kichik korxona va mikrofirmalarni ochish orqali;
Yuridik shaxs bo`lmasdan yakka tadbirkorlikni rivojlantirish orqali;
Korxona va tashkilotlarda kasanachilik, hunarmandchilikda va oilaviy biznes sohasida yangi ish o`rinlarini tashkil etish orqali;
Aholi punktlarini obodonlashtirish, ishlab chiqarish va infratuzilmasini rivojlantirish orqali;
Faoliyat yuritmayotgan korxonalarni ishlashini ta`minlash orqali;
Dehqon va fermer xo`jaliklarida chorvachilik, dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va kengaytirish orqali.
Agar ish o`rinlari tezkor va statistik hisobotda ko`rsatilgan bo`lsa, haqiqatda yaratilgan hisoblanadi. Hisob davri – oy, chorak va yillik bo`ladi.
Yangi ish o`rinlarini tashkil etish quyidagicha hisobga olinadi:
Ushbu Tartibga binoan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan tezkor ma`lumotlar;
Korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlari ma`lumotlari;
Hokimiyatlarning tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olish bo`limlari tomonidan yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga olish orqali;
Hisobot davrida korxona va tashkilotlarining yangi ish o`rinlarini yaratilganligi bo`yicha ma`lumotnomasi;
O`z-o`zini boshqarish organlarining oilaviy biznes va hunarmadchilikni tashkil etganlar bo`yicha ma`lumotnomasi;
Hokimyatlarining yangi tashkil etilgan dehqon, fermer xo`jaliklari va shaxsiy tomorqa xo`jaliklari bo`yicha ma`lumotlari;
Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlaridan qoramol boqish, shaxsiy tomorqa xo`jaligini yuritish bo`yicha ro`yxatga olinganlar to`g`risidagi ma`lumotlari;
Yirik tashkilotlarning investitsiya va lokalizatsiya dasturlari doirasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari va Iqtisodiyot boshqarmalarining yangi ish o`rinlarining yaratilganligi bo`yicha ma`lumotlar.
Dastur aholining keng qatlamlari bozor jarayonlarida ishtirokini davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash asosida to`rtta yo`nalishlar bo`yicha:
Kichik biznesni faol rivojlantirish hamda ishlashi uchun, ayniqsa qishloq joylarida;
Bozor infratuzilmasini va sharoitlarini tashkil etish;
Davlatning qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari;
Moliyaviy ta`minot va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirila boshladi.
Ushbu tartibga ko`ra kamchiliklar va boshqa holatlar yuzaga kelganda ular muhokama qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi.
Tashkil etilgan yangi ish o`rinlarini hisobga olish, umumlashtirish va ma`lumotlarni taqdim etish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval)
1-JADVAL
Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini ptahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |