Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta xalqaro va 11 ta respublika ilmiy anjumanlarida muhokamadan oʼtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi boʼyicha jami 25 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8 ta maqola, jumladan, 4 tasi xorijiy va 4 tasi respublika jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, toʼrtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 106 sahifani tashkil etadi.
DISSERTАTSIYNING АSOSIY MАZMUNI
Kirish qismida oʼtkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obʼekt va predmetlari tavsiflangan. Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʼnalishlariga mosligi koʼrsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʼyicha maʼlumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “F. tadshikorum va F. foetida larning biomorfologik xususiyatlarini oʼrganish uslublari va tadqiqot materiali” deb nomlangan birinchi bobida tadqiqot obʼekti – smola saqlovchi F. tadshikorum va F. foetida turlarining botanik tasnifi hamda Oʼzbekistonning fizik-geografik tavsifiga bagʼishlangan boʼlib, Jizzax viloyati Аrnasoy tumani va Qashqadaryo viloyati Dexqonobod tumanlarining tabiati, iqlimi, tuproqlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Tadqiqot obʼekti – smola saqlovchi F. tadshikorum va F. foetida turlari hisoblanadi. Ular monokarp, koʼp yillik oʼsimliklar ekanligi qayd qilingan. Ikkala smola saqlovchi turlarning morfologik belgilari va ularning tarqalishi haqida fikr yuritilgan.
Oʼsimlik ontogenezini va ularning yosh holatlarini aniqlashda T.А.Rabotnov (1950), G.А.Jukova (2007), А.А.Uranov (1967) metodlaridan, oʼsimlikning hayotiy shaklini taʼriflashda I.G.Serebryakov (1951), morfologik xususiyatlarini aniqlashda А.А.Safina (1984) metodlaridan foydanildi. Oʼsimlikning kalendar yoshini belgilashda S.Raximov (2007) va X.Raxmonov (2017) metodlaridan foydanildi. Urugʼlarning laboratoriya sharoitida unuvchanligi M.G.Nikolaeva (1950) va U.Raxmonqulov, O.Аvalbaev (2018) metodlari asosida oʼrganildi.
Dissertatsiyaning “F. tadshikorum va F. foetida ning tarqalish areali va ularning xoʼjalik ahamiyati” deb nomlangan ikkinchi bobida F. tadshikorum va F. foetida turlarining tarqalish areali, Oʼzbekistonning janubiy hududlarida kovrak oʼsimligi oʼsadigan hududlarning hozirgi ahvoli va dorivor xususiyatlari, chorvachilikda ahamiyati haqida maʼlumotlar keltirilgan.
F. tadshikorum turi Oʼzbekistonning janubiy viloyatlari, asosan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining adir va togʼ zonalarida oʼsadi. F.foetida choʼl va adirlar, Qizilqum sahrolari, Mirzachoʼl, Qarnabchoʼlda, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududlarida tarqalgan.
Uchinchi bob “F. tadshikorum va F. foetida turlarining biomorfologik xususiyatlari” deb nomlangan boʼlib, F. tadshikorum va F. foetida turlari ontogenezining turli davr va bosqichlarida biomorfologik xususiyatlari yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |