O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” fakulteti, “BIOTEXNOLOGIYA” kafedrasi, 5320500-“Biotexnologiya”(tarmoqlar bo`yicha) yo‘nalishi 150-20- guruh
II bosqich talabasi
ABDURASULOV AKBARJON TO’LQIN o`g`lining
“GENETIKA VA GENOMIKA “FANIDAN
KURS ISHI.
MAVZU: FERULA TADSHIKORUM PIMENOV VA FERULA FOETIDA (BUNGE) REGEL TURLARINING BIOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARDAN O’ZBEKISTONDA PLANTATSIYALAR TASHKIL QILISH ISTIQBOLLARI. O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA GENETIK TAHLILI.
Bajardi: 2-kurs 150-20-guruh talabasi ABDURASULOV AKBARJON
Qabul qildi:Mamatqulova .I.E
Himoya qilgan sana:
Baho:
MUNDARIJA.
KIRISH……………………………………………………….……..
Mavzuning dolzarbligi…………………………………………….....
Maqsadi va vazifalari……………………………………………..….
I BOB. Ferula tadshikorum pimenovning biologik tansifi…..…...
1.1. Ferula tadshikorum pimenovning botanik tasnifi va tarqalishi….
1.2. Ferula tadshikorum pimenovning dorivor hususiyati, ildizidan yilim-smola olish usuli va ishlatilishi……………………………...…
II BOB. Ferula tadshikorum pimenovning biotexnologiyasi..……
2.1. Ferula tadshikorum ning tibbiyotda ishlatiladigan qisimlari…….
2.2. Yelim-smolaning kimiyoviy takibi…………………..……….….
III BOB. Ferula tadshikorum pimenovning genetikasi……………
3.1. Ferula tadshikorum pimenov o‘simligining genetik tahlili………
3.2. Ferula tadshikorum pimenovning genlar bankidagi o‘rni………..
Adabiyotlar sharhi ……………………………………………………
XULOSA……………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….
KIRISH.
Bugungi kunda dunyo miqiyosida farmatsevtika sanoatining rivojlanishi natijasida dorivor oʼsimliklarga talab ortib bormoqda. Ularning biologik xilma-xilligini saqlash, noyob va iqtisodiy ahamiyatga ega boʼlgan turlarini aniqlash, bioekologik xususiyatlarini oʼrganish, ulardan oqilona foydalanish global muammolardan biri hisoblanadi. Shunga koʼra, kamayib borayotga oʼsimlik turlarining biomorfologik xususiyatlarini oʼrganish, introduktsiya ishlarini olib borish, ulardan plantatsiyalar tashkil qilish, muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish, ularni saqlab qolish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Jahonda tabiiy va antropogen omillar taʼsiri natijasida dorivor oʼsimlik turlarining kamayib ketish sabablarini aniqlash, ularni saqlab qolish va koʼpaytirish yoʼllarini takomillashtirish boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Аyniqsa, shifobaxsh oʼsimliklardan Apiaceae Lindl. oilasiga mansub Ferula L. turkumi turlaridan Ferula foetida (Bunge) Regel va Ferula. tadshikorum Pimenov oʼsimliklaridan olinadigan dorivor vositalarga boʼlgan talabning kundan-kunga kuchayib borishi oʼsimlikning biologik xilma-xilligi va ularning zahiralari kamayishiga sabab boʼlmoqda. Bundan tashqari ularning tabiiy koʼpayish imkoniyatlarining pastligi, antropogen omillar taʼsiri hamda bosim hududlarida joylashganligi, iqlim oʼzgarishi ularning qayta tiklanishiga salbiy taʼsir qilmoqda. Ferula foetida, Ferula tadshikorum turlarining turli sharoitda oʼsishi va rivojlanishini aniqlash, adir va choʼl mintaqasi lalmi sharoitida urugʼlaridan ekib koʼpaytirish, plantatsiyalar tashkil etish va sifatli xom ashyo yaratishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Respublikamizda dorivor oʼsimliklar biologik xilma-xilligini saqlash, ularni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqishga katta eʼtibor qaratilib, jumladan, Ferula L. turkumining ayrim turlari sistematikasi, karpologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, zahiralari hamda kimyoviy va farmakologik xususiyatlari yuzasidan muayyan ilmiy natijalarga erishilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida “... farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholini va tibbiyot muassasalarini arzon, sifatli dori vositalari bilan taʼminlash”ning muhim vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Ferula foetida, F. tadshikorum oʼsimliklarining biomorfologik xususiyatlarini ontogenezda oʼrganish, urugʼidan ekib koʼpaytirish hamda amaliyotga joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi PQ-3617-son “Respublikada kovrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash, hajmlarini koʼpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu amaliy va nazariy ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |