Amaliy matematika” fakulteti, “biotexnologiya” kafedrasi, 5320500-“Biotexnologiya”(tarmoqlar bo`yicha) yo‘nalishi 150-20- guruh II bosqich talabasi abdurasulov akbarjon to’lqin o`g`lining



Download 0,57 Mb.
bet4/14
Sana09.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#761975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi songisi

Geografik tarqalishi.
Kovrak turkumiga mansub turlar Kavkaz, O‘rta Osiyo respublikalarida (O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Qozog‘iston), Gʻarbiy Sibirda, O‘rtayerdengizi mintaqalarida, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy hamda Hindistonda keng tarqalgan. Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi xududlarida qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda o‘sadi.  Ferula tadshikorum Pimenov Pomir – Oloy endemik turi hisoblanadi. Uning areali Janubiy Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy hududlaridir.
Ferula tadshikorumning tibbiyotda ishlatiladigan qisimlari.
Tibbiyotda ildizi va ildiz yelimi-smolasi qo‘llaniladi. Ildizidan olingan yelim-smola (qurigan sut shirasi) “Assa-foyetida” smolalardan, yelimdan, efir moyidan va boshqa birikmalardan (umbelliferon kumarin, ferulakislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) dan tarkib topgan. Yelim smola efir moyi tarkibida o‘simlikga sarimsoq hidi beruvchi organik sulfidlar, pinen, kumarinlar va boshqa birikmalardan tashkil topgan.
 
Kovrak ildizidan yilim smolaning ajralishi
Yelim-smolaning kimiyoviy takibi.
Yelim-smola tarkibi 9.35-65.15 % gacha smolalar, 12-48% yelim va 5.8-20% efir moyidan tashkil topgan. Smolalardan ferul kislotasi, asarezen, asarezenatanol, asarezinol va ularning ferul kislota bilan hosil qilgan efirlari hamda farniziferol va umbelliferon birikmalari ajratib olingan. Efir moyi asosan organik sulfidlardan (65% gacha) tashkil topgan bo‘lib, tarkibida pinen va oksikumarin ham bo‘ladi.Ildizi tarkibida 9% gacha smolalar bor. Smolada 0.4% gacha efir moyi bo‘ladi.
.Kovrak ildizidan yilim-smola olish usuli
Kovrak ildizidan smola olish may oyidan boshlanib kuzgacha davom etadi, shuning uchun ham smola olish davrlari bahor va yoz fasllari davrlariga bo‘linadi.Bahorgi bosqich bu tayyorgarlik ko‘rish davri hisoblanada. Bu bosqichda yelim-smola tayyorlanadigan maydon belgilanib, kovrakni umumiy zahirasi aniqlanadi va yelim-smola olinadigan o‘simliklar belgilanib chiqiladi. Kovrak, eslatib o‘tganimizdek, monrokarp o‘simlik bo‘lganligi uchun barcha tupida poyasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘simlikning ildizini poya va yer ustki barglardan tozalab, smola olishga tayorlash lozim. Buning uchun, kovrak ildizi atrofini 5-10 sm chuqurlikda va 20-25 sm kenglikda kovlab, ildizning tepa qismi ochiladi, yomg‘ir suvlaridan himoya qilish uchun ariqcha ochib qo‘yiladi.Ma’lumki, kovrakning ildizi yo‘g‘on, 1-1.5 metr va undan ham uzunlikga ega bo‘lib yerga chuqur joylashgan, tashqi ko‘rinishdan oqish va jigarrang ko‘rinishda bo‘lib, ildizining ichki tomonlari ko‘pgina tomirlardan iborat bo‘lib, bu tomirlardan sutga o‘xshagan yelim-smola biologik aktiv modda ajralib chiqadi. Kovrak ildizini ustki qismi ochilgandan so‘ng, smola olish uchun kesib qo‘yiladi va ildiz usti quyosh nuri va tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun maxsus kesilgan karton bilan berkitib qo‘yiladi. Shu tariqa yelim-smolani ildizdan yuqori kesilgan tomon ko‘tarilishga imkon yaratiladi, 5-6 kun o‘tgandan so‘ng, birinchi va uchinchi kesimda sifatli “donak” shirasi yig‘iladi va to‘plangan yelim yig‘ishtirib olinadi, so‘ng yana yangi joydan kesib qo‘yiladi, mavsum davomida, o‘simlik ildizining katta-kichikligiga qarab 20-30 marotaba kesish mumkin. Yozgi bosqichda ham smola tayyorlash ishlari xuddi bahorgi bosqich kabi davom ettiriladi, yozgi bosqichni bahorgi bosqichdan farqi shundan iboratki, yozda o‘simlik poyalari va barglari qurib, ildizdan o‘zlari ajraladi, qolgan ishlar xuddi bahordagidek davom etdiriladi. Mavsum tugagandan keyin har bir tupni
ustini tuproq bilan yopib qo‘yish kerak, keyingi yilga yana shira yig‘ish uchun. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, usti yopilgan o‘simliklar maydonidan 80-85% shira beradi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish