MAQSADI VA VAZIFALARI.
Ushbu mavzuning maqsadi ferula tadshikorum pimenov o’simligining dorivorlik xususiyatlari va genetik tahlilini o’rganish. Ferula foetida, Ferula tadshikorum turlarining turli sharoitda oʼsishi va rivojlanishini aniqlash, adir va choʼl mintaqasi lalmi sharoitida urugʼlaridan ekib koʼpaytirish, plantatsiyalar tashkil etish va sifatli xom ashyo yaratish smola saqlovchi Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarining biomorfologik xususiyatlarini aniqlash va ulardan Oʼzbekistonning adir hamda choʼl mintaqalarida plantatsiyalar tashkil qilishni amalga oshirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarining plantatsiya sharoitida biomorfologik xususiyatlarini ochib berish;
Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarining turli muhitda oʼsish va rivojlanishini aniqlash;
Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarining adir hamda choʼl mintaqasida plantatsiyalarini tashkil qilish, oʼsimlik individlarining yillar davomida saqlanib qolish holatini aniqlash;
Ferula tadshikorum va Ferula foetida tabiiy kovrakzorlardan ilmiy asoslangan holda samarali foydalanish hamda ulardan unumli smola olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
ADABIYOTLAR SHARXI.
Ushbu kurs ishi asosiy qismi Xalquzieva Moxira Аsatullaevna Smola saqlovchi Ferula tadshikorum Pimenov va Ferula foetida (Bunge) Regel turlarining biomorfologik xususiyatlari va ulardan Oʼzbekistonda plantatsiyalar tashkil qilish istiqbollari
Ushbu kur ishida qo’shimch malumotlar olishda Rahmonov Xayriddin Safarovich ning “biologiya va resurslar ferula tadshikorum Pimen. Janubiy tojikistonda’’ nomli desertatsiyasidan foydalanildi.
FERULA TADSHIKORUM BOTANIK TANSIFI.
Kovrak-(Ferula) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar)-Apiaceae(Umbelliferae) oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t o‘simligi. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, sobiq ittifoq xududida 110 turi, O‘rta Osiyo respublikalarda esa 104 turi uchraydi. Kovrakni mahalliy aholi turkumining xar xil turlariga qarab sassiq kovrak, rova, rovshak, kamol, mo‘rchakamol va boshqa nomlar bilan atashadi. Smola-yelim olish uchun asosan 10 turi ishlatiladi, bular F.foetida, F.tadshikorum, F.Tenuisecta va boshqalar. Morfologik jihatidan bu turlar bir-birlariga juda xam o‘xshab ketadi. Shuning uchun xam biz,tabiatda keng tarqalagan sassiq kavrak (Ferula foetida) va tojik kavragi (Ferula tadshikorum) to‘g‘risida fikr yuritamiz. Kovrakning bo‘yi 1.5-2 metrgacha yetadi, ildizi yo‘g‘on 15 sm gacha yetadi, lavlagisimon chuqur joylashgan.O‘simlik poyasi 7-8 yildan so‘ng bir marotaba o‘sib chiqadi va gullaydi. Poyasi tik o‘suvchi,yo‘g‘on, ichi kovak,yuqori qismi shoxlangan. Barg bo‘laklari cho‘zinchoq yoki lansetsimon. Poyadagi barglari maydaroq, tashqi tomoni juda ko‘p tuklar bilan qoplangan bo‘lib,poyada qini bilan ketma-ket o‘rnashgan. Gullari murakkab soyabonga to‘plangan, och sariq,kosachasiz, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali pastda joylashgan. Mevasi ikki bo‘lakli donacha. Mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-mayda pishib yetiladi. O‘simlikning yer ustki qismlari o‘sish muhiti va ob-havo sharoitga qarab 1.5-2 oy yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |