Amaliy mashg`ulotni o`qitish texnologiyasi Amaliy mashg`ulot rejasi


-ilova “Zig-zag”usuli bo’yicha kichik-guruhlarga vazifa qilib beriladigan



Download 3,13 Mb.
bet4/8
Sana19.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#563602
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oqsillarning xossalari va ularni sinash usullari

4-ilova
Zig-zag”usuli bo’yicha kichik-guruhlarga vazifa qilib beriladigan
ma’ruza matnlari
II MATN
Oqsillarning tuzilishi. Organik kimyoda tadqiqotning tajribaga asoslangan yangi usullarining paydo bo'lishi va rivojlanishi oqsil tuzilishini o'rganishda ancha yutuqlarga erishilishiga sabab bo'ldi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to'rtlamchi strukturalari aniqlangan bo'lib, ular bir-biridan farq qifadi.
Oqsilning birlamchi strukturasi Lining kimyoviy strukturasi, ya'ni ushbu oqsilning polipeptid zanjirida aminokislotalar qoldiqlarming navbatlashib kelishidir.
Oqsilning ikkilamchi strukturasi polipeptid zanjirning fazodagi shakli. Rentgcn-struktura analizi va tekshirishning boshqa fizikaviy usullari yordamida tabiiy oqsillarning polipeptid zanjirlari buralgan holatda-spiral ko'rinishida bo'lishi aniqlangan. Spiral strukrura spiralning yonma-yon o'ramlaridagi aminokislotalar qoldiqlaridagi CO va NH gunihlar orasida vujudga keladigan vodorod bog'lanishlar biian tutib turiladi. Bunday ikkilamchi struktura spiral deb ataladi. Unda vodorod bog'lanishlar spiralning uzun o'qiga parallel yo'nalgan bo'ladi.
Ogsilning uchlamchi strukturasi uch o'lchamli konfiguratsiya bo'lib, pofipeptid zanjirning buralgan spirali fazoda ana shunday shaklga kiradi. Bunday strukturada fazoda bo'rtib chiqqan va botiq joylari bo'lib, funksional guruhlari tashqariga qaragan bo'ladi. Oqsil molekulasining o'ziga xosligi, uning biologik faolligi uchtamchi struktura bilan tushuntiriladi. Oqsiilarda uchlamchi strukturani hosil qiluvchi va saqlab turadigan asosiy omillar aminokislotalar qoldiqlarining yonaki radikallari orasidagi bog'lanishlardir.
Oqsilning to'rtlamchi strukturasi — oqsillarda turli xil funksional guruhlar mavjud bo'igani uchun ularni organik birikmalarning birorta ham sinfiga kiritish mumkin emas. Oqsillarda turli xil sinflarning xossalari umumlashib butunlay yangi sifat paydo bo'ladi. Bir nechta uchlamchi tuzilishga ega bo'lgan polipeptidlardan tashkil topgan oqsillar to'rtlamchi tuzilishli oqsillar deyiladi. Oqsil molckulasidagi uchlamchi tuzilishli polipeptid zanjirlar birgalikda yagona oqsil moddaning xususiyalini namoyon etadi. Bunday to'rtlamchi tuzilishga ega bo'lgan oqsillar oligomerlar deb ataladi.
Oqsillar klassifikatsiyasi. Kimyoviy tarkibi jihatdan oqsillar ikki guruhga bo'linadi;
a) oddiy oqsillar-proteinlar, ular gidrolizlanganda faqat nminokis-lotalargaajraladi;
b) murakkab oqsillar-proteidlar, ular gidrolizlanganda aminokislotalar biian oqsilmas tabiatli moddalar (uglevodlar, nuklein kislotalar va boshqalar) hosil qiladi.
Proteinlar o'z navbatida uchga bo'linadi: albuminlar, globulinlar va proteinoidlar.
Albuminlar suvda yaxshi eriydigan oddiy oqsillar bo'lib, ularning eritmalariga (NH4):SO4 qo'shib to'yintirilganda cho'kmaga tushadi. Albuminlar tuxum oqida (tuxum albukichik), qon zardobida (zardob albukichik), sutda (sut albukichik) ko'p bo'lib, ularning molekula og'irligi kichik bo'ladi.
Globulinlar suvda erimaydigan oddiy oqsillardir, ular 8—10 % li NaCl va MgCO4 eritmalarida yaxshi eriydi. Globulinlar eritmasini suv qo'shib suyultirish yoki eritma konsentratsiyasini tuz qo'shib oshirish yo'li biian ularcho'ktiriladi. Globulinlar sutda (sut globulini), qon zardobida (zardob globulini), tuxumda (tuxum globulini), muskullarda hamda kanop va no'xot kabi o'simliklarda ko'p boladi.
Proteinoidlar suvda, tuzlar, ishqorlar, kislotalar eritmalarida erimaydi, gidrolizga chidamli bo'ladi. Ularga soch, tirnoq, shox tarkibiga kiruvchi keratin, ipak tarkibiga kiruvchi fibroin misol bo'ladi.
Proteidlar tarkibidagi oqsilmas tabiatli moddalar tabiatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: xromoproteidlar, nukleoproteidlar, fosfoproteidlar, glikoproteidlar, lipoproteidlar.
Xromoproteidlar tarkibi oqsil qism va biror bo'yoq moddadan iborat bo'lib, ularga gemoglobin misol bo'ladi. Gemoglobin organizmda kislorod tashish vazifasini bajarib, tarkibi globin oqsili va bo'yoq modda-gemdan iborat. Gem murakkab tuzilishga ega bo'lib, tarkibida azot va temir atomlari mavjud.
Nukleoproteidlar tarkibi oqsil modda va nuklein kislotalardan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va nuklein kislotalar hosil bo'ladi. Nuklein kislotalar gidrolizlanganda esa uglevod, fosfat kislota, purin va pirimidin asoslariga parchalanadi. Nukleoproteidlar ishqorlarda eriydi, kislotalarda esa erimaydi.
Fosfoproteidlar tarkibi oqsil modda va fosfat kislotadan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va fosfat kislota hosil bo'ladi. Fosfoproteidlarga sut kazcini misol bo'ladi.
Glikoproteidlar tarkibi oqsil modda va uglevodlardan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va uglevodlar hosil bo'ladi. Glikoproteidlar suvda erimaydi, suyultirilgan ishqor eritmalarida eriydi. Ularga so'lakda bo'ladigan mutsin misol bo'ladi.
Lipoproteidlar tarkibi oqsil modda va yog' yoki yog'simon moddalardan iborat, ular gidrolizlanganda oddiy oqsillar va yog' yoki yog'simon moddalar hosil bo'ladi.
Bulardan tashqari, oqsillar shakliga qarab ikki guruhga ajratiladi: a) tolali yoki fibrillyar oqsillar, b) globulyar oqsillar.
.



Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish