0‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shcvalari
0‘zbek tili singarmoniznming qisman borligi, kam saqlanib qolganligi bilan barcha turkiy tillardan farqlanadi. Shuningdek, boshqa turkiy tillarda 9(to‘qqiz)ta unli boMsa, o‘zbek adabiy tilida esa 6(olti)ta unli mavjud. Adabiy til hamma shevalar uchun umumiy bo‘Igan tildir. U ma‘lum qoida va mezonga - maromlarga ega bo‘ladi, shuningdek, jonli tildagi holatlami yozuv orqali ham bera oladi (jonli til esa yozuvga ega emas). Adabiy tilning asosida yotadi. Adabiy til shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmayd¡, uni til qoidalari asosida tartibga soladi. Lekin shevalar adabiy til uchun asos hisoblanadi.
Masalan: Fe’lning -digan formasi shevalarda turlicha talaffuz etilishiga qaramay, uning adabiy tilda yagona shakli mavjud (boradigan):
Boradigon (Toshkent shevasi), b^ratugzn (Samarqand-Buxoro shevalari),
b^rae-bgDn (Qo‘qon shevasi), blrataughJn (0‘rta Xorazm shevalari)
biraln (Qipchoq shevalari), bztratagun (Urganch shevasi)
Hozirgi adabiy til kelib chiqishi jihatidan eski o'zbek tili bilan cliambarchas bog‘liq, shunga ko'ra ular bir-biridan keskin farq qilmaydi, balki bir-birini man-tiqiy jihatdan toMdiradi. Shuni ham hisobga olish kerakki, har bir davrning o‘ziga xos grammatik qoidalari, so‘z ishlatish me’yorlari mavjud. Bunday ó'zgarishlar birinchi navbatda tilning leksikasida yaqqol sezilib turadi: jamiyatdagi ijtimoiy hayotning o'zgarishi, fan-texnikaning taraqqiyoti va boshqa omillar natijasida tilda juda ko‘p yangi tushunchani bildiruvchi so'zlar paydo bo‘ladi - shunga ehtiyoj tug'iladi: mashina, traktor, birtt va b.
Adabiy til shevalardan o'zining leksik xususiyatlari bilan farqlanibgina qol-maydi, balki adabiy tilning grammatik qurilishi shevalarning grammatik quri-lishiga nisbatan murakkab bo‘ladi. Masalan, adabiy tilda murakkab fikrni ifodalash uchun tarkibi juda ham keng bo'igan qo'shma gapdan foydalaniladi, shuningdek, sifatdoshli oborotlar, ergash gapli qo‘ishma gaplar orqali fikrni ifodalash adabiy tilda shevalarga nisbatan ancha murakkab va keng tarqalgan bo‘ladi. Bundan tash-qari, adabiy tilning grammatik tizimi o‘zining shevalar materiallarini birlashtirgan holda me‘yorlashganligi bilan ham har qanday shevadan ajralib turadi. Demak, adabiy tilning qonun-qoidalarini to‘la egallagan kishigina o‘z fikr-mulohazasini yozuv orqali ifoda eta oladi. Yozuvning paydo bo‘ilishi bilan adabiy til umumxalq tili negizida maydonga keladi. Adabiy til, odatda, yozuv bilan bog‘lanadi.
Milliy adabiy tilning maydonga kelishi millatning tashkil topish jarayoni bilan bog’liqdir.
Millatning tashkil topishi uchun, shu millatning hamda a’zolari ^ uchun umumiy, bo'lgan bir tilning bo'lishi shartdir, har bir millatning eng e‘tiborl¡ belgilaridan biri - uning til birligi sanaladi. Demak, millat uchun yagona bo‘lgan umumiy til bu milliy adabiy tildir.
0‘zbek milliy adabiy tili o‘z uzoq tarixiga egadir. Adabiy tilning taraq- « qiyotida ulug‘yozuvchi, shoir va olimlar ijodining ahamiyati juda muhimdir.
A. Navoiy XV asrdagi eski o‘zbek adabiy tilini boyitishga xizmat qilgan bolsa, Furqat, Muqimiy kabi shoirlar XIX asrdagi o‘zbek tilini boyitishga xizmat qilganlar. Abdulla Qodiriy, G‘. G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Odil Yoqubov kabi ijodkorlarning asarlari hozirgi o‘zbek adabiy tilimizni har tomonlama boyitishga hissa qo‘shmoqda.
Shevalar har bir xalqning umumiy milliy tili tarkibiga kiradi, lekin ular shu milliy adabiy tildan o'zining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bilan farq- lanadi. Demak, sheva milliy adabiy tilning bir tarmog‘i sanaladi. O'zbek adabiy tili murakkab tarixiy jarayonda tashkil topgan. Eski o‘zbek tili hududiy tavsifiga ega bo‘lgan, shuning uchun eski o‘zbek tilida yozilgan (XV asr) asarlarda har qaysi yozuvchi asarlarining tiliga ma‘lum bir ma‘noda o‘z shevasining xususiyatlarini asos qilib oigan edi. Shunday qiiib, eski o‘zbek tilida yozilgan asarlar umumxalq o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, ularda turli mahalliy shevalarning xususiyatlari aks etgan edi. Masalan: bir asarda yaqin so'zi uchrasa, ikkinchi asarda esa shu ma'noda yovuq so‘zi uchraydi. Demak, sheva(lar)ga xos bo‘lgan so‘zlarda ham ma‘noviy o‘zgarishlar bo‘lib turadi.
Adabiy tilning orfoepik qoidalari hamma shevalar uchun umumiy bo'lgan bir xil talaffuz me’yorlarini hosi! qiladi. Xuddi shuningdek, adabiy tilning orfografik qoidalari shevalarimiz uchun so‘zlarni to'g'ri yozish me’yorlarini amaliy jihatdan kuchaytirishga yordam bcradi.
0‘zbek adabiy tilini o'zbek xalq shevalari kuchaytirsa, boyitsa-da, ular bir-biridan fonetik, leksik, morfologik,so‘z yasalishi, sintaktik jihatlardan qisman bo‘l-sa ham farqlanib turishi tabiiy hisoblanadi. Bu esa talaffuzda, yozishda quyidagi dialektal xato(shevalargagina xos boigan xato)larni yuzaga keltiradi:
1 .Fonetik xatolar: opa - apa, men man, sen - san, tovuq tuvuq, sovuq
- suvuq, sochiq - ch:c/n>iq, do'ppi - lo'ppb, bichan ptchan, yomon yam^n kabilar.
2. Fonetik-morfologik xatolar: kattaroq - kattarak, aytmoq — aytmak, bo- shoq - b:shaq. taroq - taraq, munchlq - mo ‘yinchDq // bo yinchlq. o qbb - o 'q-bsh - o'g‘i>p, volqbiz - yltgiz y2tqiz - yltg uz - yOlguz - yDtkuz, ichmaydi ishmiyd-b - ichmeyd-b singarilar.
3. Morfologik xatolar: boryapti - bonottb - b:rOpti> foop/t blruttb - b:rajatir, boradigan - baratin, suzagan - suz:ng ‘ich, tomizg'i - damizliq, ketaylik - getalb va boshqalar.
4. Leksik xatolar: luxum mayak - yumirtqa, dovychcha - g'o'ra, narvjn shat’b - zangtj, chumoh, — mor cha, ona (Ina) ena - aya.
Dialektal xatolar umuman olganda ikki xil bo‘ladi:
1) ko'pchilik shevalar uchun umumiy boigan dialektal xatolar, ya’ni umumiy dialektal xatolar;
2) bir shevaning o'zigagina oid bo'lgan dialektal xatolar, ya’ni shevaga xos dialektal xatolar. Bunday xatolar talabalarda ham, o'quvchilarda ham, hatto, katta yoshli ba’zi bir kishilarda ham yozma va og'zaki shakllarda tez-tez uchraydi. Shevalarga xos bo'lgan mazkur xatolarning sabablarini aniqlash jarayonida har bir mahalliy shevaga oid fonetik, morfologik, leksik xususiyatlar hisobga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |