Shеva matеriallarini transkripsiyada yozish ko‘nikmalari to‘g‘risida
Talaba butun amaliyot davomida matеrial to‘plash jarayonida transkripsion yozuv tizimidan foydalanadi. Transkripsiya bilan yozilgan matеriallar shеvaning takrorlanmas xususiyatlarini ko‘rsata oladi. Shuning uchun ham transkriptsion yozuv uchun zarur bo‘lgan harflarni va shartli bеlgilarni qayd qilib o‘tishni lozim dеb topdik. Talaba amaliyot vaqtida bundan bеmalol foydalanish mumkin. Transkripsiya bilan yozish uchun quyidagi transkriptsion bеlgilar ishlatiladi:
Unlilar:
Unli tovushlarni ifodalash uchun quyidagi transkriptsion belgilar olingan:
б – umumturkiy orqa qator, lablanmagan [a] unlisi. Qipchoq guruhidagi ohangdosh shevalarning hammasida uchraydi: vaqt, ata, hamъt.
ә – old qator, lablanmagan keng unli.U o‘zbek xalq shevalarining deyarli hammasida uchraydi: כּkə , kכּttə (Toshkent), əkə , kכּttə (Qo‘qon) , .
כּ – orqa qator, lablanmagan ochiq unli tovush. U ko‘pincha shahar va shahar atrofiidagi shevalarda uchraydi: dכּn, nכּn, כּtə, bכּlə, mכּshъn.
e (ye) – til old qator,lablanmagan tor unli bыlib, shahar va shahar tipli shevalarda uchraydi: kel, bedə , terək , yenвъ , yechkъ , teskərъ , kerək.
e – til old qator, lablanmagan, ochiq [e]unlisi. Bu fonema ohangdoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan shevalarda qo‘llaniladi: eshik, echki, elək , mergən.
є – old qator unli , lablanmagan [e] unlisining ochiq varianti.Bu esa [e] va [ə] o‘rtasidagi bir tovush bo‘lib, Xorazmda gєl, gєt , gєrək , Namanganda nєməsъ , bєli/ tarzida aytiladi.
i – til oldi unli. U odatdagi turkiy so‘zlarda uchraydigan lablanmagan tovushdir.Ohangdosh shevalarda mustaqil fonema hisoblanadi: Tish , kiyim, ilgari, bittə , kitəp .
ъ – lablanmagan unli. U turg‘un tovush [i] va [ы ] tovushlarining birlashishi natijasida kelib chiqqan. ъ fonemasi shahar va ularga yaqin shevalarda qo‘llaniladi: Kъshъ, ъkkъ, bъz, kъm, kъr, kъrъm, chъvъn.
ы – lablanmagan unli. U turg‘un tovush bo‘lib, i unlisiga yaqin talaffuz etiladi va chuqur til orqa tovushlaridan bo‘lgan q, g‘ , x tovushlari bilan yonma-yon keladi. ы – unlisi shahar va shahar atrofi shevalarida uchraydi. Qыrq, qыsh, qыzыq, mыx, /ыsh(/ыsht ).
u – orqa qator, lablangan unli.Turkiy tillarda mustaqil fonema sanaladi.Bu unli o‘zbek xalq shevalarining hammasida ishlatiladi: tumshuq, ulug‘ , quyruq, murun.
y – til oldi qator, lablangan unli. U ohangdoshlik qonuni saqlangan o‘zbek xalq shevalarida uchraydi: Kyil, gyi, ychyn, ych, pyl.
o – til orqa qator, lablangan unli fonema. Barcha shevalarda mustaqil holatda qo‘llaniladi: oraq, qolыnы , qoyыp, bir ming yuz on somga qoy כּldы.
Do'stlaringiz bilan baham: |