O’zbekiston Respublikasining viloyatlari bo’yicha yanvar va iyul oylarida shamolning yo’nalishi va
tezligining yillik o’rtacha darajasi. 3-jadval
Shamollarning dinamik gullarini qurish
Harakatchan qumlar zonasida yo’llarni loyihalashda relef shaklining noturg’unligi asosiy qiyinchiliklarni tug’diradi [8].
K o’chiriladigan qum miqdori shamolning energiyasiga bog’liq bo’lib, bu energiya shamol tezligining kvadratiga mutanosibdir. Shuning uchun qumlarning ko’chirilish sharoitlarini baholashda “energiya gullarini” yoki “shamollarning dinamik gullarini” tahlil qilish katta foyda berishi mumkin. Ularni yasash uchun har qaysi rumb bo’yicha shamollar tezliklari kvadratlarini ularning qum ko’chirilishi sodir bo’ladigan davrlardagi takrorlanuvchanlik chastotasiga ko’paytmalarining yig’indisi olib qo’yiladi. Qum nam bilan bog’langan yoki qor bilan qoplangan vaqt hisobga olinmaydi. Shamollarning dinamik gullari yo’lni qum bosuvchanligini tanlashda ayniqsa samaralidir. Bir yilda 1 m yo’lga 20...30 m3 qum kelib tushadigan yo’llar qum ko’p bosadigan yo’llar, 10 m3 dan kam qum kelib tushadigan yo’llar qum kam bosadigan yo’llar deb hisoblanadi.
a) b)
Shamollar yo’nalishi: a- odatdagi; b-dinamik;
Shamollarning dinamik gullarini qurish uchun O’zbekiston Respublikasining viloyatlari bo’yicha yanvar va iyul oylarida shamolning yo’nalishi va tezligining yillik o’rtacha darajasi 3- jadval dan foydalangan xolda quriladi
Yo’l ko’ndalang kesimining asosiy o’lchamlari
4- jadval
Yo’l elementlari o’lchamlari
|
Avtomagistral
|
Tezkor yo’l
|
Odatdagi yo’l turi
|
toifasi
|
Ia
|
Ib
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Harakat tasmalarining umumiy soni
|
4 va undan ortiq
|
4 va undan ortiq
|
2
|
2
|
2
|
1
|
Harakat tasmasi kengligi, m
|
3,75
|
3,75
|
3,75
|
3,5
|
3,0
|
4,5
|
Yo’l yoqasi kengligi, m
|
3,75
|
3,75
|
3,75
|
2,5
|
2,0
|
1,75
|
Yo’l yoqasidagi chetki tasma kengligi, m
|
0,75
|
0,75
|
0,75
|
0,5
|
0,5
|
-
|
Yo’l yoqasining mustahkamlangan qismi kengligi, m
|
2,5
|
2,5
|
2,0
|
1,5
|
1,0
|
-
|
Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar o’rnatilmaganda, markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m
|
6,0
|
5,0
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Yo’l o’qi bo’ylab to’siqlar o’rnatilganda, markaziy ajratuvchi tasmaning eng kam kengligi, m
|
2 m + to’siq kengligi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Ajratuvchi tasma chetidagi xavfsizlik tasmasining kengligi, m
|
1,0
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Yo’l poyining kengligi, m
|
28,5 va undan ortiq
|
27,5 va undan ortiq
|
15,0
|
12,0
|
10,0
|
8,0
|
Harakat jadalligi 4000 kelt. dona/sut dan (foydalanishning birinchi besh yilligida erishiladigan) ortiq bo’lgan II toifali yo’llarda, uzunligi 1 km dan va bo’ylama nishabligi 30 ‰ dan ortiq bo’lgan, shuningdek uzunligi 0,5 km dan va bo’ylama nishabligi 40 ‰ dan ortiq bo’lgan III toifali yo’llarda yuqoriga ko’tarilayotgan aralash tarkibli transport oqimlarida yuk avtomobillari harakati uchun qatnov qismda qo’shimcha tasma ko’zda tutilishi kerak [5].
Qo’shimcha tasmaning kengligi butun uzunligi davomida 3,5 m bo’lishi kerak.
A vtomobil yo’lining ko’ndalang kesimi
Do'stlaringiz bilan baham: |